ISSIQXONALARDA QIŞDA HAM YoZ NEʼMATLARI YeTILMOQDA
Qişloq aholisining asosiy qismining bandligi taʼminlanayotgan qişloq xöjaligiga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ilğor texnologiyalar joriy etilayotganligi mahsulot yetiştiriş hajmi oşişiga, ekin maydonlaridan samarali foydalanişga asos bölayotir.
Ayniqsa keyingi yillarda issiqxonalarda turli sabzavotlar yetiştirilayotgani, ertagi ekinlar köçatlari yetiştirilib, oçiq maydonga köçirib ötqazilayotgani sabzavot va poliz mahsulotlarining erta yetilişini, bozorlarimiz tökinligini taʼminlayapti.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida boğdorçilik, uzumçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida issiqxonalar quriş hamda ularni tijorat banklari, lizing kompaniyalari orqali aholiga lizing va kredit şartlari asosida beriş nazarda tutilgan. Şuningdek issiqxona xöjaligini rivojlantirişda oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyiş, ularni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş yöl-yöriqlari bayon etilgan.
Bu kabi imkoniyatlar yurtimizda issiqxonalar ekin maydonlarining hajmi oşişiga, soni köpayişiga va mahsulot yetiştirişning köpayişiga zamin yaratmoqda.
Amudaryo tumanida ham bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar tufayli bozorlarimizda sabzavot, meva-çevalar serob. Yangi uzilgan pomidor, bodring, bulğor qalampiri, turli kökatlar izğirinli qiş havosida ham yoz taftini, pişiqçilik davrini esimizga soladi.
Keyingi yillarda tumanimiz ovul va mahallalari aholisi öz tomorqa yerlarida kiçik konstruktsiyali zamonaviy issiqxonalar qurib, sabzavotlar, ertagi sabzavot ekinlari köçatlari yetiştirişga alohida eʼtibor qaratişmoqda.
Xolimbeg ovulida tomorqa yerlaridan möl hosil yetiştiriş hadisini olgan, daromad manbalarini yaratib, oila aʼzolarining bandligini taʼminlayotgan tadbirkor dehqonlar köp. Karimboy Örozboyev ham şularning biri. U öz tomorqasida “Mikrokreditbank” tuman filialining 100 million sömlik imtiyozli krediti hisobiga 10 sotix maydonda zamonaviy issiqxona barpo etdi. Issiqxona “Asaka innovatsion tomorqa” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan qurildi.
Tajribali dehqon uşbu issiqxonasiga “Stat elegant” navli nomidor uruğini ekib, farzandlari, kelinlari kömagida parvariş qildi.
Hozirgi kunda har sotixida 300-350 dona pomidor köçatlarining hosili pişay deb turibdi. Har bir tup pomidor poyasidagi mevalarni körgan köz quvonadi.
Karimboy Örozboyev dehqonçilikda ulkan tajriba töplagan, ekinlardan möl hosil olişda özi xos bilim va malakaga ega inson.
U endilikda issiqxona ham daromad manbai ekanligini, farzandlari, kelinlari bandligini taʼminlabgina qolmay, oilasi farovonligini ham taʼminlaşi mumkinligini öz faoliyatlarida kördi.
Hozirgi kunda pişib yetilay deb turgan pomidorlar xalqimiz dasturxoni tökinligiga munosib hissa bölib qöşiladi. Ha, ularning issiqxonasida izğirin, qor-qirovli kunlarda yoz nematlari yetilmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶