14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:33
Adabiyot 👁 242

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Virusni yengamiz

Butun jahon ahli, yana hayratda,

Dunyoda nimalar, nelar boʻlmoqda?

Quloq eshitmagan, koʻzlar koʻrmagan,

Bizga yana qanday sinov kelmoqda?

 

Oʻz kuchin koʻrsatib “koronavirus“,

Uchinchi yildirki, yer yuzin oldi.

Niqoblarni endi tashladik desak,

“Omikron” degan balo chang soldi.

 

Kimlar amal qilmay qoidalarga,

Koʻplar har xil joyda bemalol yurdi,

Yaratganning qahri keldimikan yo,

Bizga bu kunlarni nega koʻp koʻrdi?

 

Oʻttiz kishilik toʻy uch yuzta boʻldi,

Bayram, bazm, toʻylar oʻsha-oʻsha hol.

Bozorda, koʻchada, gavjum joylarda,

Parvo qilmay yurdi barcha bemalol.

 

Maktablar ochildi, bogʻcha ochildi,

U kun unutildi, hamma koʻngli toʻq.

“Kovid” yonimizda kezib yuribdi,

Birorta insonda lekin niqob yoʻq.

 

Kimlar chetga ketib, kimlardir keldi,

Tirikchilik gʻami, hammada axir.

Xom sut emgan banda, bilmaydi buni,

“Virus” kimga, qachon qiladi qahr.

 

Mehr-oqibat yoʻq joylarga asli,

Alloh yuborarkan kulfat-balosin.

Insofli, iymonli bandasi qator,

Doim saqlar emish yaxshi – aʼlosin.

 

Odamlar, uygʻoning! Gʻaflatda qolmang,

Kimning avlodimiz, barin bilamiz.

Barchamiz bir boʻlib, kurashsak albat,

Gʻalaba qilamiz, gʻolib boʻlamiz.

Shomurod Xoʻjanov, Doʻrman ovuli.

 

YIGITLARGA TABRIK

Haqiqiy er yigit boʻlmoqlik uchun,

Kamdir oʻgʻil bola boʻlib tugʻilmoq.

Kerak sinovlarga dosh berib avval,

Soʻng Vatan xizmatin burchim deb bilmoq.

 

Bugun yurtimiz tinch, koʻngil xotirjam,

Dilda shukrimizning yoʻq nihoyasi.

Bularning bariga garovdir shaksiz,

Sarhadlarda mard oʻgʻlonlar himoyasi.

 

Yigit bor joylarda bogʻlar gullaydi,

Yigit bor uylarda yangraydi kulgu.

Shu sabab keksalar koʻnglida muqim,

Yigitlar sogʻ boʻlsin degan bir tuygʻu.

 

Qut va barakaning sababi ular,

Mehnati tufayli dasturxon toʻkin.

Kamolin tilagan ota-onaga,

Ularning mardligi beradi taskin.

 

Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, yigitlar,

Eng ezgu tilaklar armugʻon sizga.

Elning baxti uchun qoʻshilsin doim,

Bilimga bilim-u, kuch kuchingizga!

Ahmad Nafasov.

 

Ota-onam

Otam bor, deb quvonaman,

Otam bilan dunyo goʻzal.

Onam bor deb dilim yayrar,

Onam bilan qalbim goʻzal.

 

Gʻam chekmayman, oʻkinmayman,

Suyanchigʻim – otam bor.

Mehr izlab, yoʻl yurmayman,

Mehri daryo onam bor.

 

Gar yiqilsam, qoyaday,

Otam meni suyaydi,

Goho koʻnglim singanda,

Onajonim siylaydi.

 

Shu tabarruk dunyoda,

Ota-onam sogʻ boʻlsin.

Umrin qilgin ziyoda,

Allohim, Hoji boʻlsin!

Elyorbek Erkinov,

57-maktab oʻquvchisi.

 

ShAMOL

Shamolning dardi yoʻq, dardi yoʻq,

Odammas u, hech kimni sogʻinmaydi.

Shamolning gʻami yoʻq, zavqi koʻp,

U hissiz, baxtli va mangu yashaydi!

 

“Shamol, kel, meni ham olib ket,

Men ham sendek boʻlgim keladi”.

Shunday desam, unga yuzlanib,

Tushunganday yuzim siladi.

 

Shamol boʻlmoq baxt va zavqli,

Yer-u osmon va olam kezasan!

Na chegara bor, na bir toʻsiq bor.

Ey shamol, istagim qachon sezasan?!

 

Men sevaman seni, sevaman behad,

Men bilan qolsang gar, keladi ilhom.

Oʻshal dam boʻlgancha oʻzimcha xursand,

Oppoq qogʻoz uzra ashʼor boʻlar jam.

Raʼno ISMOILOVA.

 

Birinchi qor

Osmondan tushar ukpar,

Kumushrang kapalak qor.

Hamma yoq oppoq rangda,

Bogʻ-rogʻlarga qarang-a!

 

Hamma xursand, hamma shod,

Bolalar qor bilan band.

Ularni koʻrgan hamma,

Koʻngli toshar shu damda.

 

Qor zavqi boshqachadir,

Oʻynab-oʻynab toʻymaysan.

Qish yasar kumushrang taxt,

Har dilga yor quvonch, baxt.

Yorqinoy KENJABOYeVA, 11-maktab oʻquvchisi.

 

Qish

Sovuq ayoz boʻlmoqda,

Qor ham yogʻar erkalab.

Ariqlar ham muzlagan,

Ayt, bu nimadan darak?

 

Boʻlsa-da sovuq havo,

Bolajonlar koʻchada.

Kimdir uchar chanada,

Kimdir yasar Qorbobo.

 

Ayozli kunlar keldi,

Derazaga gul chizdi.

Dalalar oppoq tusda,

Oʻynaymiz, mazza qishda.

Ruhshona Saidmambetova, 61-sonli maktab oʻquvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019