Jayxun ilhomlari
Alişer Navoiy monologi
Dunyo ekan bevafo, keksaygan çoği bildim,
Körgan-keçirganlarim keçroq xulosa qildim.
Şohning dösti ersam ham, raqiblarim köp böldi,
Qança xato qilsa ham, alar işi xöp böldi.
Kayfu safo turganda döstlik bir tiyin ekan,
Bundoq öylab qarasam, yaşamoq öyin ekan.
Sadoqat saqlamoqlik tanga xöp ozor ekan,
Sotiş-u sotib olmoq - bu azaldan bor ekan.
Hasadgöy, baxillarning dovi kelib turarkan,
Muttaham, muğombirning ovi kelib turarkan.
Xalq aslida olomon, tomoşa etar ekan,
Özgalar taqdiriga qöl siltab ketar ekan.
Bildirib, bildirmasdan ustingdan kulişarlar,
Imkoni kelgan oni pöstingni şilişarlar.
Köp kitob öqib rosa osmon uzra çiqibman,
Haq hamda şaʼma gapga quloğimni tiqibman.
Keçikkan puşaymondan topmoqda qalbim ozor,
Tan olay, endi berar, vujudga orom mozor.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV,
faxriy jurnalist.
Bobur sulolasi
Ona yurtdan uzoq manzilgoh,
Bobur uçun bölgandir dargoh.
Bir öt bilan örtanar qalbi,
Yon atrofga taşlarkan nigoh.
Hijron dardi – Vatan soğinçi.
Ğazallari, köngli ovunçi.
Özga yurtda topdi kamolot,
Begonadek bölsa ham garçi.
Movarounnahr – muqaddas tuproq,
Bobur-çi, undan juda ham uzoq.
Bir sulola ötida yonib,
Fikrlari bölmişdir tözğoq.
Hind elida Bobur nomini,
Saqlaşurlar - dil ehtiromini.
Buyuk işlar şohdan esdalik,
Unutmaslar, yurt sultonini.
Uç yuz yildir, buyuk sulola,
Köp işlarni qildi havola.
Tojmahaldek körkam inşootlar,
Maşhur erur butun elaro.
Özga yurtdan özga manzilgoh,
Bobur uçun bölgandir dargoh,
Hind elida nomin ardoqlar,
Ötgan edi, deya, Boburşoh.
Xudoybergan JUMAMURODOV.
Bobur va Navoiy
Buyuk zotlar ötdi tarixda yakto,
Tinçlik, deb Vatan, deb çekdilar nido,
Ortlarida giryon, ğam çekdi Turon,
Avliyo deb tan oldi, jumlai jahon.
Şoirimsan, kuraşlarda şer bölgan,
Daydi bobom, ota yurtda xor bölgan,
Samarqandni taşlab ketib Qobulga,
Toğasining insofiga zor bölgan.
Boyqaro davlatida humo bölgan,
Sultonali, Behzodga padar bölgan,
Turkiy tilni buyuk safo qilgan,
Navoiydur, söz mulkida şoh, pirim.
Diydorlarga zor böldi-ku qaroqlar,
Sandiqlarda qolib ketdi nomalar,
Samarqanddan Hirotga yetdi nolalar,
Navoiyni körolmagan Boburim.
Oqib ötgan suvlar qayta oqmaydi,
Zahiriddin Bobur endi qaytmaydi,
Lek Hirot sayragan quş, bulbullar,
Alişerning navolarin kuylaydi.
Fotima Yeşimbetova.
Yoşlarmiz
Ertangi kun egasimiz,
Har işda eng sarasimiz.
Biz yoşlarmiz, yoşlar,
Kelajak bizni çorlar.
Istiqloldan kuç olib,
Intilib yaşaymiz har on.
Öqib, izlab, örganib,
Yurtga bölarmiz qalqon.
Örganamiz ilm-u hunar,
Kelajakda bu asqotar.
Biz yoşlarmiz, yoşlar,
Istiqlolga tengdoşlar.
Diyorbek Nurjonov,
84-maktab öquvçisi.
Ota va ona
Otang – boşingda osmon,
Ham quyoşdir çaroğon.
Bağrida undirguvçi,
Onang – zamin mehribon.
Bilki, ular bölmasa,
Aslo unib-ösmassan.
D.ABDURAHMONOV.
Döst
Sirlaringni saqlovçi dösting,
Dardlaringni tinglovçi dösting.
Yiqilsang köz yoşingni artib,
Senga tirgak böluvçi dösting.
Döstsiz hayot maʼno-mazmunsiz,
Yöllaringda qolmas nurli iz.
Taʼmi totli döst-la yegan oş –
Bu riştani aslo uzmangiz.
Olmoşgul ŞOMURODOVA,
48-maktab öquvçisi.
Yulduzlar oğuşida
Tun keladi asta-sekin,
Boşlanar xayol-möʼjiza.
Çaqnab turar xira lampa.
Hilol – oyning yuzida.
Maftun bölar köngillar,
Paydo bölsa yulduzlar.
Suzib nur dengizida,
Yulduzlar oğuşida.
Körkam oy yoğdusida
Qiş tunlarin quçaman.
Oppoq qor sahrosida,
Qorday yengil uçaman.
Baxtiyor RahimbeRgAnov, 76-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶