Jamiyatning ilğor ayollari: sanʼatga oşno uyşinlik yoşlar ustozi
Sönggi yillarda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiluvçi yurtdoşlarimizning madaniy dam oliş şaroitlarini yaxşilaş, namunali madaniy xizmat körsatiş darajasini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, joylarda faoliyat olib boruvçi madaniyat markazlari xodimlari tomonidan turli bayram sanalari munosabati bilan xalqqa manzur köngiloçar tadbirlar taşkil etilib, sanʼatga ixlosmand, alohida qobiliyatli yoşlarning öz iqtidorlarini namoyon qilişlari uçun zarur şaroitlar yaratib berilayotgani eʼtiborga molik.
Amudaryo tumanining Uyşin mahallasidagi Madaniyat markazi tomonidan ham yoş sanʼatsevarlar bilan işlaşiş böyiça öziga xos tizim yaratilgan. Madaniyat markazida 2014-yilda raqs tögaragi rahbari sifatida öz faoliyatini boşlagan Palzada Ubbiniyozova atrofiga raqs sanʼatiga qiziquvçi yoşlarni töplab, ularni qobiliyatiga yaraşa milliy-anʼanaviy va zamonaviy raqs guruhlariga bölib, astoydil şuğullandi. Juda qisqa vaqt içida uyşinlik raqqosa qizlar jamoasini şakllantirgan Palzada Ubbiniyozova öz raqs jamoasi bilan tuman miqyosidagi xalq tadbirlarining doimiy iştirokçisiga aylandi.
Taşabbuskor va tinib-tinçimas Palzada Ubbiniyozovaga tuman madaniyat bölimi rahbariyati katta işonç bildirib 2016-yilda Uyşin madaniyat markazi rahbarligiga tayinlaşdi. Zimmasidagi çuqur masʼuliyatni his etgan Palzada Ubbiniyozova madaniyat markazi faoliyatini yanada jonlantiriş maqsadida tögaraklar böyiça maşğulotlar uzviyligini taʼminlaşga, tögaraklar aʼzolarining ota-onalari, mahalla ahli örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga harakat qildi. Ayni paytda markazda milliy va anʼanaviy, zamonaviy raqs tögaraklari, milliy-anʼanaviy qöşiqçilik va estarada xonandaligi, şaxmat-şaşka, sozandalik, rassomlik yönalişlari böyiça tögaraklar faoliyat olib bormoqda.
Madaniyat markazi huzuridagi kutubxona esa hamişa kitobxonlar bilan gavjum böladi. Kutubxona aʼzolari orasida hududdagi 75-sonli va 18-sonli maktablarning öquvçi-yoşlaridan taşqari, ularning ota-onalari ham bor. Kutubxonada tez-tez ötkazilib, turiladigan “Uç avlod uçraşuvi”, “Mahallam – oltin ostonam”, “Şu aziz Vatan – barçamizniki!” kabi vatanparvarlik mavzusidagi tadbirlardan taşqari, “Eng bilimdon kitobxon”, “Eng yoş kitobxon”, “Eng namunali kitobxon oila”, “Milliy allalar” kabi körik-tanlovlar, “Zakovat” bellaşuvlari mahallada milliy-maʼnaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlaş, millatlararo totuvlik va bağrikenglik tamoyillarini hayotga keng tatbiq etiş, bilimdon va salohiyatli yoşlar safini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qaysiki jamoada rahbar talabçan, taşabbuskor, fidoyi, eng muhimi, xalqparvar bölsa, özi rahbarlik qilayotgan jamoa faoliyatining haqiqiy lakomotiviga aylanadi va jamoa oldiga qöygan marralarni albatta zabt etadi.
Tinib-tinçimas, serqirra faoliyat sohibasi Palzada Ubbiniyozovaning özi tögarak aʼzolari bölgan uyşinlik yoşlarga ham ustoz, ham ibrat. U 2021-yilda ötkazilgan “Milliy alla” körik-tanlovida tumanda birinçi örinni egalladi va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida sovrindor böldi. Şuningdek, tuman xotin-qizlari örtasida 2021-yilda ötkazilgan şaxmat sporti musobaqalarida tumanda 1-örin sohibasi, musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida “Ğalabaga bölgan qatʼiy intiliş” nominatsiyasiga ega böldi.
Ayni paytda Palzada Ubbiniyozovadan sanʼat sirlarini örganayotgan uyşinlik yoşlar talaygina. Dilşodbek Töraboyev, Şodiyor Bekberganov, Behruz Açilov, Gulruh Abdullayeva, Sevinç Bozorboyeva, Gulşirin Gulmirzayeva, Sevinçoy Nurullayevalarning intilişlariga körsatilayotgan rağbat va eʼtibordan ularning ota-onalari ham xursand.
Nafaqat Uyşin madaniyat markazi xodimlari, balki uyşinlik yoşlar ham Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarorini kötarinki kayfiyatda kutib oldilar. Qarorda taʼkidlanganidek, endilikda umumiy örta taʼlim muassasalarida milliy musiqa çolğularidan kamida bittasida kuy ijro etiş mahorati örgatilişi kun tartibiga qöyilgani yoşlarning qalbiga quvonç bağişladi. Markaz rahbari Palzada Ubbiniyozova mazkur Qarorning mazmun-mohiyatini mahalla hududidagi umumtaʼlim maktablarining öquvçilariga tuşuntirgaç, markaz huzuridagi rubob çolğusi tögaragiga aʼzo bölişni xohlovçilar safi keskin oşdi. Yoşlarning talab va istaklaridan kelib çiqib, milliy çolğular böyiça tögaraklar sonini köpaytiriş, xususan, dutor, nay, doira yönalişlari böyiça tögaraklar faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilgan. Zero, Prezidentimiz aytganlariday: “musiqa va sanʼatga oşno bölib ulğaygan yoşlar qalbida vatanparvarlik, ezgulik tuyğulari hamişa ustun böladi”.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶