Jayxun ilhomlari
Özbek ayoli
Bir umr farzandiga jonini berar,
Dard çeksa, yonida darmoni bölar.
Bolam, deb har doim yonida bölar,
Onalar bunçalar mehribonsizlar!
Onalar bilan dunyolar gözal,
Vujudidan yaralgan bolalar şirin.
Sizning çehrangiz oydan-da gözal,
Sizning sözlaringiz boldan-da şirin.
Onalar, dunyoda tengi yöqsizlar,
Yakka-yu yagona mehribonsizlar.
Sizlarni qiyoslab fariştalarga,
Şoirlar yozadi qança aşʼorlar.
Özbekning ayoli soğ-omon bölsin,
Közida nurlari bevaqt sönmasin.
Yuragida mehri toşgan ayollar,
Borgan joyi doim nurlarga tölsin.
Mahliyo JUMABOYeVA,
82-maktab öquvçisi.
Bahor tavsifi
Bahor şunday gözal faslki,
Yoşligingni esga soladi.
Bahor fasli gözal, aslki,
Seni maftun etib oladi.
Yoşarasan, kuçga tölasan,
Olib ijod, mehnat ilhomi.
Özi kabi doim kulasan,
Oçilişib, yaşnab mudomi.
Bahor fasli şunday faslki,
Orzularga qanot beradi.
Bahor fasli şunday aslki,
Yoz, kuz, qişga xizmat etadi.
Bahor, bahor, yaşna kundan-kun,
Hamma kabi men ham oşiğing.
Xasis bölma, yaşirma mendan,
Bergil, kuylay yangroq qöşiğing.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
Onaizor
Eşikka möltirib ötirar kun-tun,
Ötirar farzandim kelarmi, deya.
Onaizor öğlini kutadi har kun,
Oh, öğli tinçlikka jonin bergan-a...
Işonmas heç kimning aytgan söziga,
Pahlavon öğlini kutaveradi.
“Menga vaʼda bergan qaytaman”, deya,
Öğlining sözlarin eslayveradi.
Onaizor xörsinib yiğlaydi goho:
“Mard öğlim, dilbandim, jigarim mening.
Qaytadi bir kuni mening yonimga.
Öğlimning diydorin qömsab yaşayman.
Uruş, senga laʼnat, ming bora laʼnat!
Seni deya qança qurbonlar böldi.
Farzandlar zavolin onalar kördi...”
Söng töxtab yiğidan, sergaklanar u,
Öğlini tong-u şom kutaverar u.
Adolat OLLAYoROVA,
84-maktab öquvçisi.
Beğuborim mening
Beğuborim, baʼzida
Közlaringiz bölar nam.
Holingizni sörasam:
«Yaxşiman», deysiz, onam.
Soçlaringiz iforin
Hidlaganimda har dam ‒
Bolalik çoğlarimni
Dilim qömsaydi, onam.
Yuragimdan öçadi
Barça taşviş, ğam-alam ‒
Köksingizga boş qöyib,
Uxlasam bir bor, onam.
Sizsiz ‒ mening hayotim,
Sizsiz ‒ mening davlatim.
Poyingiz ostidadir
Bor-u yöğim, jannatim.
Şahzoda XALILOVA,
30-sonli maktab öquvçisi.
Onamga...
Ona, bahor keldi ‒ har kuni bayram,
Men-çi, yöqlolmadim bayramingda ham.
Sening duolaring ijobat bölib
Soğ-omon yuribman, betaşviş, beğam.
Töğri, tuni bilan söz ulab sözga,
Maktublar yozaman anovi qizga.
Sening xayollaring tun-u kun menda,
Mening xayolimda sen emas ‒ özga...
Kunlar ötaverar bahor bor, kuz bor,
Köksimda yurakmas ‒ toşmi yo muz bor.
Meni kim yöqlardi sen bölmaganda?!
Yaxşiyam sen borsan, yaxşiyam siz bor...
Onajon, qadringni keç anglayapman,
Hayot yöllarida alanglayapman.
Özimdan keçgandim kimlar uçundir,
Ular uçun hamon yalangoyoqman!
Onajon, oz qoldi, ertami, keçmi,
Oyoğing quçgali yoningga borgum.
Sendan boşqa bilmas, boşqa tuşunmas
Dardga tölib turgan könglimni yorgum...
Bir bor yöqlamagan öğlingni keçir...?!
Komronbek Kamol.
Barça ona bolam, der
Ona ‒ u zot möʼtabar,
Alla aytar tong qadar.
Kasal bölib qolsam gar,
Qarşimda parvonalar.
Dard yutib, ming qiynalib,
Voyaga yetkazgan u.
Endi baxtin köray deb,
Turmuşga çiqazgan u.
Şukr-u rahmatim bisyor,
Meni tuqqan onamga.
Ming yoşlarni tilayman,
Qilgan har bir duomda.
Yuz-közim öxşar kimga,
Sizgami yo otamga.
Munosib avlod bölay,
Ota-bobo, ajdodga.
Har bir ona bolam der,
Teng körar farzandlarin.
Soğlik-salomatlikda,
Körgaysizlar baxtlarin.
Dildora RAJABOVA.
Bahorday yaşang!
Mehr ila ulğaytdingiz,
Dilga suyanç sözlaringiz.
Döstlaringdan kam bölma deb,
Kelajagim közladingiz.
Qadoq böldi qöllaringiz,
Mehnatga yor yöllaringiz.
Keça-kunduz tinim bilmay,
Orzularga yölladingiz.
Onajonim, omon böling,
Köngli obod, bardam böling.
Bahor kabi gullab-yaşnab,
Baxt-u iqbollarga töling.
Muhabbat Örinbosarova,
3-sonli maktab öquvçisi.
Onaizor
Eşikka möltirib ötirar kun-tun,
Ötirar farzandim kelarmi, deya.
Onaizor öğlini kutadi har kun,
Oh, öğli tinçlikka jonin bergan-a...
Işonmas heç kimning aytgan söziga,
Pahlavon öğlini kutaveradi.
“Menga vaʼda bergan qaytaman”, deya,
Öğlining sözlarin eslayveradi.
Onaizor xörsinib yiğlaydi goho:
“Mard öğlim, dilbandim, jigarim mening.
Qaytadi bir kuni mening yonimga.
Öğlimning diydorin qömsab yaşayman.
Uruş, senga laʼnat, ming bora laʼnat!
Seni deya qança qurbonlar böldi.
Farzandlar zavolin onalar kördi...”
Söng töxtab yiğidan, sergaklanar u,
Öğlini tong-u şom kutaverar u.
Adolat OLLAYoROVA,
84-maktab öquvçisi.
Iqror
Onalarni qöllasin Yaratgan egam,
Qiyinçilik bermasin ularga heç ham.
Onalar oyoği ostida jannat,
Azizlar, onani qilaylik hurmat.
Onalar bölmasa odam bölmaydi,
Onalar bölmasa dunyo bölmaydi.
Onalar kulganda gullar oçilib,
Samolarda quyoş porlaydi.
Yorqinoy Kenjaboyeva,
11-sonli maktab öquvçisi.
Maktub
Betob bölsam boşimda,
Yiğlab çiqardi onam.
Allohimga yolvorib,
“Tuzalsin, - derdi, - bolam...”
Onajonim, bilyapman,
Ona bölib köryapman.
Yoşligimda tuşunmay,
Men endi tuşunyapman.
Onajonim, soğ böling,
Baxtimga omon böling.
Sayyora qizingizga,
Kunda tanbehlar bering.
Onajonim, özingiz,
Bebahodir, sözingiz.
Sizga jon bermoqqa şay,
Sayyoraxon qizingiz.
Sayyora YaLĞAŞEVA.
Farişta
Onamga erkalanib,
Yoniga köp borardim.
Yiqilib, qoqilsam gar,
Ona, deya yiğlardim.
Tunlari uxlolmasam,
Onam alla aytardi.
Mehr berib yonimda,
Hatto uxlab qolardi.
Xato qilsam, tuzatgan,
Töğri yölni körsatgan.
Mehr berib östirgan,
Farişta mening onam.
Oç qolmasin bolam, deb,
Kam bölmasin bolam, deb.
Men haqimda qayğurib,
Doim bedor yaşagan.
Bilib qöying döstlarim,
Mansabini onamning.
Fariştalar yaşaydigan
Köngli jannat onamning.
Behzod Xalillayev, 48-sonli maktab öquvçisi.
Tösiqlar
Onajon – onajonginam!
Sizga köp talpindim.
Tösiq böldi –
Baʼzan erim, bolam,
Baʼzan qaynonam,
Sizga köp talpindim,
Yaşirin yöllar,
Na arzirli sabab topoldim,
Ötaverib yillar,
Qarib ketdingiz.
Oh, ilingim kelar quvonç, kutdingiz.
Sizga köp talpindim,
Kuyib turdim,
Uzoq-uzoqdan.
Çiqolmadim ammo
Tuşgan tuzoqdan.
Afsus!
Yöllar oçildi,
Tösiqlar çekindi.
Siz yöq!
Mehribon Işayeva,
Qiliçboy qişloği.
Keçiring...
Öjarliklar qilib men,
Dangasa qiz bölibman.
Sizni xafa qilibman,
Ona, meni keçiring.
Soçingiz oqaribdi,
Yuzga ajin tuşibdi.
Belingiz bukilibdi...
Ona, meni keçiring.
Bilib-bilmay söz aytsam,
Dilingizni ğaş qilsam.
Sönggi puşmonda qolsam,
Ona, meni keçiring.
Yaxşi farzand bölmoq-çun,
Intilaman tun-u kun.
Hali körasiz, bir kun,
Orzular osmonida,
Porloq yulduz bölaman,
Şaraflar keltiraman!
Malika KLIMBOYeVA, 60-maktab öquvçisi.
Bu dunyo...
Qalbingdan joy olsa umid-birdamlik,
Tört fasl içra yöq aslo sitamlik.
Tabiat aslida şunday yaralgan,
Qiş – sovuq, yoz – issiq, kuz-bahor – namlik.
Kuzning ham öziga yetar taşvişi,
Bahor şunga masʼul – kökarmoq işi.
Bağri butun emas dillar nazdida,
Yozi muzlab yotar, yonadi qişi.
Dunyoning işlarin dema biri kam,
Mağrur yaşa, qadam qöyib mustahkam.
Hayot tösiqlarin yengib öt, aslo
Umiding söndirma, erkatoy ukam!
Sen nega noliysan, tan-u joning soğ,
Yugursang yetasan, quvsang tutasan.
Salgina fikr qil va teran öyla,
Bir kun albat, asal-bollar yutasan.
Gulnora Abdullayeva,
Qizilçoli mahallasi.
Mehrsizga
Oq yuvib, oq taragan onang,
Boşlaringni silagan onang.
Soçlarida oqlar körindi,
Sendan mehr körmagan onang.
Ona mehri oqar daryodir,
Bu daryoga dunyolar tengdir.
Şul daryoga çömilib ösding,
Neçun bugun uni unutding?
Maʼyus közi kökka tikilib,
Hamon baxting tilaydi onang.
Ana, qara, qoldi bukilib,
Sendan mehr körmagan onang...
Sanjar Olimov, 40-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶