Deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik” ni namunali ötkaziş böyiça yiğiliş bölib ötdi
10-mart kuni tuman hokimligining majlislar zalida deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik”ni namunali tarzda ötkazişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Agrar, suv xöjaligi va tabiatni muhofaza qiliş masalalari qömitasi raisi Duysenbay Utambetov, Özbekiston Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisining birinçi örinbosari, apparat rahbari Şarap Utemisov, tumanimizdan saylangan Jöqorği Kenges deputatlari, tuman Kengaşi deputatlari, partiyalarning tuman Kengaşi rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça darajadagi deputatlarning faolligini yanada oşiriş böyiça 9-martdan 19-martgaça “Dolzarb 10 kunlik” eʼlon qilingani aytib ötildi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Agrar, suv xöjaligi va tabiatni muhofaza qiliş masalalari qömitasi raisi Duysenbay Utambetovning “Dolzarb 10 kunlik” loyihasinining işlab çiqiliş sabablari hamda uşbu tadbirni namunali taşkil etiş böyiça tavsiyalari tinglandi.
“Dolzarb 10 kunlik”ni ötkaziş böyiça tasdiqlangan rejaga asosan har bir deputat öz saylov okrugida saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkazib, «2022-2026-yillarda Yangi Özbekistonni ivojlantiriş Strategiyasi”ning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida hamda davlatimiz rahbarining şu yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpoğistonga qilgan xizmat safari davomida berilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş böyiça qilinayotgan işlar haqida tuşuntiriş-tarğibot işlarini olib boradilar.
Qolaversa, Navröz umumxalq bayrami oldidan deputatlar öz saylov okrugidagi kam taʼminlangan va yordamga muhtoj aholi bilan muloqotda bölib, ularning holidan xabar olişi va yordamga muhtoj fuqarolarga ijtimoiy kömak körsatişi belgilangan. Deputatlar öz saylov okrugida sayyor qabullar, uçraşuvlar va turli köngiloçar tadbirlar taşkil qilib, aholiga yaxşi kayfiyat ulaşiş borasida ham faollik körsatişi zarur.
Şu örinda aytiş kerakki, pandemiya davrida karantin çeklovlari tufayli deputatlarning xalq bilan yuzma-yuz muloqot jarayonlari biroz susaydi. Galdagi vazifa esa aholi bilan yaqindan muloqotda bölib, muammolarini tizimli va samarali tarzda hal qilişdan iboratdir.
Maʼlumot uçun, Amudaryo tumanidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga 6 nafar deputat saylangan bölsa, tuman Kengaşida 30 nafar deputat faoliyat olib boradi.
Yiğiliş davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisining birinçi örinbosari, apparat rahbari Şarap Utemisov aholining tomorqadan foydalaniş samaradorligini oşiriş, yerdan unumli foydalaniş, “Yaşil yillik” aktsiyasi doirasida daraxt köçatlarini ekiş borasida ham deputatlar boşqalarga örnak hamda namuna bölişi lozimligini taʼkidladi.
Uşbu tadbirlar xalq vakili sifatida faoliyat olib borayotgan deputatlarning öz saylovçilari bilan yanada yaqin muloqotda bölib, joylardagi muammolarni hal qilişda muhim ahamiyat kasb etişi şubhasiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶