28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:59
Adabiyot 👁 313

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Betoblikdan soʻng...

Hayot kechar pastli-balandli,

Goho ziyod, goho kamdamiz.

Dard qachonki yoqadan tutsa,

Sogʻlik qadrin bilar bandamiz.

 

Shunda bizga yordamga kelar,

Dilda mehr-u shafqati borlar.

Borligingiz uchun ming shukur,

Qalbi qordek oq shifokorlar.

 

Siz borsizki kelajak bilan,

Bizni umid bogʻlab turadi.

Koʻp yashasin shifokorlar deb,

Sogʻayganlar xursand yuradi.

 

Doridan zoʻr muomalasi,

Hamshiralar, sizga ming rahmat.

Elga qilgan xizmatingizdan,

Gippokrat ham xursanddir albat.

 

Ruh bagʻishlar har bir insonga,

Qadrin topsa qilgan xizmati.

Bir kalomda namoyon boʻlar,

Kimning kimga hurmat-izzati.

 

Asli elning nafi uchundir,

Yangi qabul qilingan qaror.

Bu qarorda mujassam sizga,

Yurtboshidan boʻlgan eʼtibor.

 

Hammamizga  omadlar kulsin,

Yuraylik sogʻlikning shukrida.

Balolardan omon oʻtaylik,

Degan tilak hamma fikrida.

 

"Sogʻligimiz ishonchli qoʻlda",

Dillar umid bilan toʻliqdir.

Bu ishonchning bor boʻlishida,

Sizning hissa juda ulugʻdir.

 

Omon boʻling, hamisha siz ham,

Oʻz kasbining fidokorlari.

El sogʻligʻin maqsad deb bilgan,

Oʻzbekiston shifokorlari!

Ahmad Nafasov. 

 

Armon

Yigit koʻrkam edi, barvasta,

Bexos bir dard yiqdi birpasda.

Oʻgʻil-qizin chaqirib asta,

Shivirladi bemajol, xasta:

– Quvnab hayot boshlaganimda,

Men ham koʻproq yashaganimda,

Koʻp ishlarga ulgurar edim...

 

Bu dunyoda armonsiz zot yoʻq,

Bevaqt oʻlim, gʻamga isbot yoʻq,

Taqdirimda demak omad yoʻq.

Quvnab yashay boshlaganimda,

Yana bir yil yashaganimda,

Koʻp ishlarga ulgurar edim...

 

Betob yotdim, balki bilmadi,

Koʻp doʻstlarni  kutdim, kelmadi,

Yoki nazar-pisand qilmadi.

Quvnab yashay boshlaganimda,

Yana biroz yashaganimda,

Koʻp ishlarga ulgurar edim...

 

Hayotimdan koʻnglim toʻq edi,

Hech kimsadan  ginam yoʻq edi.

Yana... Sal-pal yashaganimda...

Oʻrozali REYIMOV.

 

Xush kelding...

Sening taʼrifingni kuylamoq uchun,

Qancha sheʼrlar bitsam shuncha oz, bahor.

Qalblarga jo etgan muhabbatingni,

Shoir yoza olmas, kuychi tili lol.

 

Eng goʻzal faslsan, yashash faslimsan,

Goʻzallik ilohi, oʻtkinchi xayol.

Senga qiyoslanar azizim, bahor,

Mehri chashma boʻlgan jamiki ayol.

 

Noziksan shunchalar, qiz koʻngli misol,

Qalblar uygʻonadi yashillikka yor.

Qalbimning bir kemtik dil parchasida,

Isming yozilajak, atalib bahor.

 

Bahor, bahor deya sayraydi bulbul,

Yerdan bosh koʻtarar goʻzal boychechak.

Oʻrik gullarining ifori shirin,

Bahor salom berar misli kelinchak.

 

Onamga tutaman bir dasta lola,

Quvonib oʻpgancha koʻzga suradi.

Togʻlarning boshiga chiqaman asta,

Shukrona aytadi esib shabada.

 

Xush kelding elimga, yasharish faslim,

Quvonch-u shodlikka toʻldirib qalbim.

Yurtimga shodliklar olib kel, bahor,

Dillarga baxt, omad sururini sol.

Feruza Rahimova,

39-maktab oʻquvchisi.

 

Bolalik

Bolaligim – boychechak,

Bahorlarni boshlagan.

Oq koʻylagiday oppoq,

Nahorlarni boshlagan.

 

Qum koʻchalarda changga,

Koʻmilgan bolaligim.

Ariqlarda baliqday,

Choʻmilgan bolaligim.

 

Yozning oʻt quyoshida,

Poʻlat boʻlib toblangan.

Xivich toychoqni minib,

Kelajakka otlangan.

 

Bolga toʻlgan bogʻlardan,

Quvvat olib bilagi.

Boychechakday boylangan,

Ona yerga yuragi.

Poʻlat Xudoyberganov,

faxriy jurnalist.

 

Vatan

Vatan nima degan savol eng gʻalati savoldir,

Vataningni bilmaslik eng xijolat ahvoldir.

Vatanni oʻrganmoqqa tarix oddiy misoldir,

Manguberdi yuzidan tomchilagan ter – Vatan!

 

Yovlarning koʻzi qizib qoʻshin tortib ot surgan,

Bu azim chinorlari ne-ne janglarni koʻrgan.

Ming-ming yilki buzilmayin, qalʼalari tik turgan.

Temur bobomdan meros har bir qarich yer – Vatan!

 

Tun boʻyi qalam ushlab sheʼr daftarin yopmagan,

Vatan, deb yozay desa, hech omadi chopmagan.

Hatto Navoiysi ham taʼrifini topmagan,

Eng mashhur shoirga ham poyoni yoʻq sheʼr – Vatan!

 

Ona yurtning har gardi, tuprogʻi ham suyukdir,

Bobur Kobulda qolib hamon koʻngli kuyukdir.

Shonli tarixi buyuk – kelajagi buyukdir,

U bamisli onadir, nuqul bolam der – Vatan!

Komronbek Kamol.

 

Yomgʻir

Tong bilan turdim,

Dalaga boqdim.

Roʻyi zamin loy,

Toʻlib oqar soy.

 

Yomgʻir yogʻardi,

Dilga yoqardi.

Tomda kabutar,

Menga boqardi.

 

Yomgʻir tingan payt,

Gulladi hayot.

Oftobga boqib,

Bitdim sheʼriy xat.

Akrom Koʻklanov,

5-maktab oʻquvchisi.

 

Bahor

Tabiat borliqqa inʼomin berib,

Quyosh nurin sochdi, qorlar ham erib.

Koʻm-koʻk yashillikka burkab olamni,

Mana bahor keldi, bagʻrini kerib.

 

Bulbullar basma-bas qilishar xonish,

Oshiqlar qalbida oʻzgacha yonish.

Bahor – yangilanish, yasharish fasli,

Bahordan boshlanar doim uygʻonish.

 

Ariqlarda toʻlib suvlar oqadi,

Navbahor shukuhi dilga yoqadi.

Osmonda varraklar galasin quvlab,

Shoʻx-shodon bolalar sokin boqadi.

 

Qir-adir bagʻrini lolalar bezar,

Samoda bulutlar aylanib kezar.

Muzlar erib-bitib, bahor kelganin,

Bahor darakchisi – boychechak sezar.

 

Baxshilar qoʻlida doʻmbira, sozi,

Avj olar qizlarning ishva-yu nozi.

Shoirlar yuragi ilhomga toʻlib,

Qoʻlidan tushmaydi qalam-qogʻozi.

 

Dalaga yoʻl oldi bobodehqonlar,

Orzu qilib togʻdan baland xirmonlar.

Koʻklamga yetkazdi ming bor shukur, deb

Qoʻllari duoda aziz insonlar.

Shomurod XOʻJANOV,

Doʻrman ovuli.

 

Seni uchratdim

Farishtadek tozadil doʻstim,

Orzulari osmon qadar keng.

Ming bor shukur, seni uchratdim,

Fidoyisan, matonatga teng.

 

Hayotingga xayolim tutash,

Koʻz tegmasin qadd-u boʻyingga.

Yomonlarga boʻlmagin yoʻldosh,

Tashlamasin tuzoq oʻyingga.

 

Yolgʻonlardan yiroq boʻl, yiroq,

Ota-onang duosini ol.

Koʻngilginang bilmasin firoq,

Ishq bogʻida sen manguga qol.

 

Yaxshilarning qoʻlidan tutgin,

Hasadgoʻylar yonsin qovrilib.

Bu hayotning zavqini totgin,

Ho-yu havaslarga ketma sovrilib.

 

Farishtadek tozadil doʻstim,

Ming bor shukur, seni uchratdim.

Munira Karimova,

42-maktab oʻquvchisi.

 

Shoir doʻstimga

Bir asov daryodek kechmish umr bu,

Bir shamol kuchidan toʻlqin kabi u.

 

Bir yomon, bir yaxshi damlardan gʻolib,

Yashaysan ilohdan berganin olib.

 

Yashamoq yaxshidur har ne boʻlganda,

Hattoki ustingdan nomard kulganda.

 

Hayotning otiga qamchi bos, doʻstim,

Hali ham choʻt emas togʻ-u tosh, doʻstim.

 

Keksaydim, deyishni minbaʼd aytma,

Qalam tut, ijodiy yoʻlingdan qaytma.

Jumaboy Hidoyatov, Qizilcholi ovuli.

 

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston deya atalmish,

Ozod diyorim mening.

Gullar ochgan chamanim,

Bogʻ-u boʻstonim mening.

Bunda qushlar yayraydi,

Mayna, bulbul sayraydi.

Bolajonlar yayrashib,

Quvnoq qoʻshiq kuylaydi.

Shahrizoda Tozaboyeva,

43-maktab oʻquvchisi.

 

Ona yurtimda

Serquyosh Vatanimda,

Barcha millat inoqdir.

Chunki ona yurtimiz,

Yomonlikdan yiroqdir.

Oʻzbek degan nom ila,

Dunyolarga tanildi.

Har bir soha boʻyicha,

Rekordlar oʻrnatildi.

Prezidentimiz doim,

Izlanishdan charchamas.

Kelajak avlodni deb,

Bor kuchini ayamas.

Yorqinoy Kenjaboyeva,

11-maktab oʻquvchisi.

 

Marvarid mehmon

Osmon moviy koʻylagin,

Bugun yechib tashladi.

Marvariddek tomchilar,

Yerga tusha boshladi.

 

Osmonning koʻz yoshini,

Shamol artib qoʻyadi.

Yigʻloqi bulutlarni,

Endi kim ham suyadi.

 

Yomgʻir sira unutmas,

Bu baxtiyor onlarni.

Dov-daraxtlar olqishlar,

Marvarid mehmonlarni.

Marjona Dehqonova,

55-maktab oʻquvchisi.

 

Bahor kelganda

Bogʻlarga borgim kelar,

Qoʻshiq kuylagim kelar.

Yayrab oʻynagim kelar,

Goʻzal bahor kelganda.

 

Sochpopuklar taqaman,

Quvonib-la boqaman.

Shildir soyda oqaman,

Goʻzal bahor kelganda.

 

Bulbuljonga qoʻshilib,

Sayragim kelar toʻlib.

Atrofga qaray kulib,

Goʻzal bahor kelganda.

 

Ilhom keladi toshib,

Sheʼrimga mehr qoʻshib.

Yozgim keladi joʻshib,

Goʻzal bahor kelganda.

Jumagul Adamboyeva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026