Qiliçboylik mohir boğbon
Ota-bobolarimiz “Yaxşidan boğ qoladi” – deb bekorga aytişmagan. Ekilgan har bir niholda insonning qalb-qöridagi butun mehri, mehnati mujassam böladi. Ekilgan öşa nihollar vaqtlar ötib, mevali yoki manzarali daraxtga aylanadi. U boğbonga tökin meva-çevalar hadiya etib, daromad manbaiga aylaniş bilan birga xalqimiz dasturxoni tökin bölişini taʼminlaydi.
Yer bilan tillaşib, uning barça sir-asrorlaridan xabardor bölgan amudaryolik Hamro Rajabov mana 8-yildirki, boğdorçilik bilan şuğullanib keladi.
Rajabovlar oilasining saʼy-harakatlari bilan tumanizning olis hududlaridan biri − Qiliçboy ovulida fayzli va körkam boğ yaratilgan. Umumiy yer maydoni 40 sotixni taşkil qiluvçi uşbu boğda ayni kunlarda sarxil mevalar pişib yetilib, manzarali daraxtlar kökka böy çözgan. Boğbon boğdagi har bir daraxtga özgaça mehr beradi, asrab-avaylaydi, parvariş qiladi. Öz navbatida dehqon ham yerdan va boğdan möl hosil olib, farovon turmuş keçirmoqda.
Hamro Rajabov har yili 10 ming tupdan ortiq köçatlar yetiştirib, hamqişloqlarini hamda tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiluvçi aholini sifatli va hosildor köçatlar bilan taʼminlab keladi. Boğda olma, uzum, şaftoli, örik, anjir, anor, umuman jannatmakon yurtimizda yetiştiriladigan köpçilik mevalarning turli navlari bor.
Boğbon uşbu körkam va fayzli boğ orqasidan har yili 50 mln. sömdan ortiq daromad köradi. Bugungi kunda mevali va manzarali daraxtlardan payvandlaş orqali yetiştirilgan köçatlar, mevali daraxtlardan olingan hosil oila iqtisodiyoti barqarorligiga xizmat qilib kelmoqda.
Boğbon Hamro Rajabov topilgan daromad ortidan farzandlarini öqitgani, uyli-joyli qilgani, yengil avtomobillar sohibi bölganini mamnuniyat bilan eʼtirof etadi. 80 tup örik, 20 tup olma, 200 tup şaftolini parvariş qiliş, undan olinadigan hosilni nest-nobud qilmay yiğib-terib oliş katta mehnat, tajriba hamda masʼuliyat talab etadi.
Boğning yanada gullab-yaşnaşi uçun boğbon har bir agrotexnik tadbirni keçiktirmasdan, öz vaqtida hamda maromiga yetkazib bajaradi. Daraxtlarni kerakli mineral öğitlar bilan vaqtida oziqlantirib turadi, yerni yumşatib, zararkunandalarga qarşi kuraş işlarini ham öz vaqtida amalga oşiradi.
Bugungi kunda Hamro Rajabov tumanimiz aholisini xavfsiz hamda arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaşga, narx-navo barqarorligiga hamda tuman iqtisodiyotining gullab-yaşnaşiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Qişloq xöjaligining boğdorçilik yönalişi böyiça özining tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Hamro Rajabov mahalladoşlariga örnak va namunadir.
Azaldan ota-bobolaridan meʼros qolgan mehnatkaşlik va oqköngillik, rostgöylik va saxiylik fazilatlari tufayli u bugun mahalladoşlari orasida alohida hurmatga va eʼtiborga ega.
Boğbonga hosili möl bölişini va yana uzoq yillar xalqimizni sarxil mevalar va manzarali daraxtlar köçatlari bilan taʼminlaşda davom etişini, qilgan mehnatlarining rohatini köriş nasib qilişini tilaymiz!
F. Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶