Jayxun ilhomlari
Hayot falsafasi
Dunyoning işlari töqson-u töqqiz,
Heç qaçon, heç vaqt u bölmagan yuz.
Qölingda arabiy taqdir xati bor,
Çap qölda sakson bir, öngda ön sakkiz,
Ikkisin qöşib kör, bölar bir kam yuz.
Baʼzilar boylikning izidan ketdi,
Qanoat fazilatin ular unutdi.
Dunyoning boyligi qölida bölgan,
Sulaymon ham dunyodan qöli böş ketdi.
Yaratgan Allohni Bir-u Bor bil,
Bergan neʼmatiga şukronalar qil.
Şukr qilsang yana beraveradi,
Şukr qilmasang gar, neni beradi.
Yomon va yaxşilik besamar ketmas,
Yaxşilar olajak ajr-savobin.
Bu dunyo işlari hisob-kitobli,
Kim yomon, u dunyo olar jazosin.
Baraka böladi hamjihatlikda,
Oğzi ola yerda çiqadi nizo.
Qars – ikki qöldan, biridan çiqmas,
Oğizlar birligin sevadi Xudo.
"Bismilloh", deb aytib, yegil taomni,
Taomdan söng ayt "Alhamdulillah"ni.
"Bismilloh" sözida bordir baraka,
Şukronalik bor "Alhamdulillah"da.
Odil Olloyorov.
Dunyo qiziq ekan...
Bu beş kunlik dunyo kimlardan qolmas,
Sinov daftariga kimlar yozilmas.
Dunyo gözal, dunyo gaştli şunçalar,
Daryo tölqiniday bir tekis emas.
Goh xayolan kelajakning yöllarin,
Tekislaymiz goho ör va qirlarin.
Dunyo baʼzan beoqibat şunçalar,
Kutmaganda otar çaqir toşlarin.
Goho munğayamiz hayotdan bezib,
Salgina aççiq söz yurakka tegib.
Dunyo bir tugundir, yeçmoq imkonsiz,
Yaxşi-yomon qalam yotar bellaşib.
Yer dumaloq olti qitʼasi bilan,
Okean, dengiz, yurt – qalʼasi bilan.
Ming bitta qirrali ekan bu dunyo,
Inson yaşar zolim, sarasi bilan.
Uç yuz oltmiş beş kun – bir yillik yölda,
Tört arava sudrar ob-havoni.
Dunyo sirlariga tutgança yelka,
Tört fasl aylanar ming xil maʼvoni.
Tong otar, kun botar Alloh qudrati,
Hayot asli uning uluğ neʼmati.
Insonga kuç bergan va umr bergan,
Dunyo gözalligi – Haqning sanʼati.
Onadan tuğilib, aql kirganda,
Hayotga mustaqil qadam qöyganda.
Barça yöllar bizga kulib boqqanda,
“Çida”, deb bu dunyo sinovin boşlar.
Umr! Qatʼiy nizom bilan boşqarar –
Ona tabiatning öz qonuni bor.
Yaşamoq sururi dilni östirar,
Xudoyimning amri mangu ustuvor.
Daqiqalardan to asrga qadar,
Vaqtning hukmi ustun erur har safar.
Dunyo qiziq, armonlidir şunçalar,
Ertasini bilmay yaşar insonlar.
Liza QALMURATOVA, Nazarxon ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶