Jayxun ilhomlari
Köngilli keçmoqda
Fasli yoz oyida – oxirgi hafta,
Köngilli keçmoqda, bu harna gap-da.
Kiçik bir şeʼr bundan unsa ham mayli,
Şunçaki havasda, ilhom tufayli.
Ajoyib oçilgan xuş böyli gullar -
Bilan band ötadi kunlar-u tunlar.
Ösişin köraman özim aylanib,
Suhbatlar quraman suyib-boylanib.
Qum yuzin kuydirgan harorat ketdi,
Soğinçli suydirgan faroğat yetdi.
Bolalar, yoş-yalang suvga tuşdilar,
Çömilib, salqinlab quvonç quçdilar.
* * *
Uçarlar ustidan quşlar galasi,
Ortidan termulib qolar bolasi.
Otizlar içida oyqizlar ğayrat –
Mehnat qiladilar – ğanimat fursat.
Köksida havaslar barq urgan ösmir –
Yigitlar yelişar bahs urib bir-bir.
Körganning sira ham töymaydi közi,
Ular mard yigitlar, bir bölar sözi.
Jumaboy Hidoyatov,
Qizilçoli mahallasi.
Mahallam
("Nuroniylar tanlovi"da kuylangan qöşiq")
Daryoböyi derlar manim mahallam,
Köçalari körkam, ravon mahallam.
Odamlari işçan, böston mahallam,
Hamjihat insonlarga makon mahallam.
Boğlarga burkangan, suvlari toza,
Qizlari Barçinoy bari ozoda.
Alpomiş öğlonlar ulğaygan bunda,
Yangi Özbekiston aro tanho mahallam.
Jayhundan suv içgan "yaşil makon"im,
Rahbarlari ilğor, nurli böstonim.
Boğlarida ulğayar avlodlar xurram,
Taraqqiy qilaver doim, mahallam.
Nuroniylar hurmat-izzatda bugun,
Yurtboşimiz Qarori amalda har kun.
Obod yurtda yoşlari kezmoqda olam,
Vatan içra buyuk Vatan – mahallam!
Baxtiyor JÖLLIBOYeV,
Daryoböyi MFY faoli.
Közmunçoq
Mitti quşdek, gözal muştipar,
Köngil siri pinhona özing.
Şöring qursin qizaloqqina,
Öz uyingga mehmonsan özing.
Omonatdir ota uy senga,
Barin taşlab ketasan yiroq.
Qölingdagi şu mittigina,
Közmunçoqdek qolasan, faqat.
Hamma senga aql beradi,
Gangib qolding şu on, soniya.
Könglingdagi kim borligini,
Hatto onang ham bilmaydi-ya.
Qiz bolasan, palaxmon toşi,
Qayga otsa ketaverasan.
Könglingdagi qolib oxiri,
Öz yoringni sevaverasan.
Sen bir quşsan, sen bir hikoya,
Baxt quşiga erişmoq qiyin.
Yozsa hamki yöqdir nihoya,
Sening kuying kuylamoq qiyin.
Munisa TOJIBOYeVA,
20-sonli maktab öquvçisi.
Yolğon döst
Sen döstingga fidolar bölsang,
Bilmasa u juda ham yomon.
Ğamlariga yelkalar tutsang,
Tanimasa, bu senga armon.
Bobom aytar: “qora kuningda,
Yonlaringda turmagan döstmas.
Paydo bölib yaxşi kuningda,
Quçoq oçsa, bilgin, odammas”.
Odamlarning sarasi asli,
Ayirmaydi şoh-u gadoni.
Kelganida tanlamoq fasli,
Tanlar döstga joni fidoni.
Maftuna Qurbonboyeva,
36-sonli maktab öquvçisi.
Tilaklar
Behuda gaplarni qilib muxtasar,
Tilaklarim aytay, bordir birtalay.
Yozganlarim öqib, ey aqli raso,
Özing çiqar undan bir-bir xulosa.
Köngilda borini çiqardim tilga,
Zero, maʼqul bölsa şeʼrlarim elga.
Endi men asosiy maqsadga ötay,
Aytay tilaklarim, bordir birtalay:
Tillardan tuşmagay bir söz erta keç,
Noming öçsin uruş! Dunyo bölsin tinç!
Daryo bölib oqsin, hosil bölsin möl,
Xirmonlar, omborlar donlarga tölsin.
Dasturxonga bersin fayz-u baraka,
Soğ-omon yetkazsin har nurli tongga.
Xonadonlar obod, oilalar tinç,
Xalqimiz salomat, xotirjam bölsin.
Kelinlar vafoli, yigitlar suyanç,
El-u Vataniga toğ-qalqon bölsin.
Töylarda yangrasin doimo yalla,
Beşiklar ustida aytilsin alla.
Kişilar birodar, qarindoşlarday,
Örtasida bölsin mehr-oqibat.
Nizolar yöq bölib, uning örniga
Döstona yaşasin aka-ukaday.
Qarilarga imon, yoşlarga umr,
Baxtiyor yaşasin, qolmasdan armon.
Har kişi ketarda foniy dunyodan
Rozi bölib ketsin, ketsin bearmon.
Iloho tilaklar ijobat bölsin,
Barça xonadonlar şodlikka tölsin.
Odil OllAyorov, mehnat faxriysi.
Çidadim
Bölib ketganim yöq ğam içra ado,
Ğururimni heç yöqotmadim.
Köp narsamdan bölsam-da, judo,
Men tökilib, erib ketmadim –
Çidadim...
Yaqinlarim ögirsa-da, yuz,
Payqamasa, körib turgan köz.
Qaqşatib ketsa-da, aççiq söz,
Yiğlab-yiğlab qurib ketmadim –
Çidadim...
Gunohimdan gap boşlasalar,
Könglimni köp ğaşlasalar,
Hatto yurak-bağrim tilsalar,
Ğam yukidan ölib ketmadim –
Çidadim.
Nodira Yangiboyeva,
Örta qalʼa ovuli.
Qodiriy bobo
"Ötgan kunlar" kitobin öqib,
Çömib qoldim ğamgin xayolga.
Bobomizning oğir qismati,
Kömib qöydi mungli savolga.
Xalqin dilga köçirgan bobom,
Fido bölib yaşagan bobom.
Söngra qilgan gunohin bilmay,
Aybsiz aybdor otilgan bobom.
Ötgan kunlar ötib boradi,
Siz kutgan kun keldi-ku, bobo.
Mustaqillik epkinlarida,
Qalbimizda yaşaysiz bobo.
Sevinç QODIROVA,
57-sonli maktab öquvçisi.
Bir kosa şarob...
Döstlar davrasida mayxörlik qildik.
Jom içra tomçilar sözlardi göyo.
Bizdan zöri yöq ekan biz şuni bildik,
Bir kosa şarobga yengildi dunyo.
Unutdik bir nafas gözal qizlarni,
Xazonlarga tölgan öşa kuzlarni.
Siz bizdan keçdingiz nimayam derdik,
Unutdik şu ondan biz ham sizlarni.
Yöllarim poylagan ey onaizor,
Öğlingdek körnamak yana qayda bor?
Yuzingdagi ajinlar taqdir çiziği,
Boşingdagi soçmi yoki oppoq qor?
Onajon, onajon, nega bundaysan,
Qanoti yöq fariştaga öxşaysan.
Umring ötib ketdi bolangni öylab,
Qaçon sen ham özing uçun yaşaysan?
Bilmam, nega şu on seni öyladim,
Dilimda borini bordek söyladim.
Mastlik bu aslida rostlik degani,
Farzand bölib seni ança qiynadim.
Içişni qöy deding, hamon qöymadim...
Faxriddin Saʼdullayev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶