Adabiyot
👁 2,659
Saylovga keling!
Keksamisiz, tengqur yoki yosh,
Omad boʻlsin sizlarga yoʻldosh.
El baxtiga boʻlib tilakdosh –
Ovoz bering, saylovga keling!
Boʻlib elga hamnafas, hamdam,
Boʻlmayin deb boshqalardan kam,
Ayni shu kun, shu kutilgan dam –
Ovoz bering, saylovga keling!
Bu manzilda topdikmi makon,
Masʼuliyat bizlarga har on,
Bosh Qomusda berilgan imkon –
Ovoz bering, saylovga keling!
Buyuk davlat boʻlar bir kuni,
Yangi avlod qurajak uni,
Oʻylab yoshlar kelajagini –
Ovoz bering, saylovga keling!
Tinch-totuvlik millatlar aro,
Boʻlsin deya shior oʻzaro.
Ahd qilaylik yana bir bora –
Ovoz bering, saylovga keling!
Ahmad Nafasov,
Kuyuk koʻpir ovuli.
(Foto - http://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶