Jayxun ilhomlari
QALBI YoNIQ QORAQALPOQ FARZANDI
(Musa Yerniyazov xotirasiga bağişlayman)
Yaxşilarning men yaxşisin aytayin,
Hammaga teng boşçi eding kamtarin.
Öylading sen doimo elning ğamin,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Yigit eding arslonday tuğilgan,
Xalq işiga belin mahkam boylagan.
Sen kelding xabar ham keldi-ku suvdan,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
El oğziga elak tutib bölmaydi,
Hammaning ham köngli birday tölmaydi.
Halol mehnat heç vaqt yerda qolmaydi,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Elim degan er yigitning birisan,
El buyursa, doim tayyor eding sen.
Fidoyilik namunasi özingsan,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Işga qöşib ikki ulkan zavodni,
Örta Osiyoda maşhur, qudratli.
Elaro qozonding eʼzoz, hurmatni,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Rejasin bajarib paxta, buğdoyning,
Qoraqalpoq xalqi şaʼnin kötarding.
Bandasi ekansan suygan Xudoning,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
“Qahramon” unvoni berilgan onda,
Işonç bildirdi Prezident senga.
Imkonsiz umrni qaytarmoq izga,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Behişt bölsin Oğa, örningiz yotgan,
Panohiga olgan bölsin Yaratgan.
Saqlaymiz nomingiz çiqarmay yoddan,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Angsatbay QARAJANOV, huquqşunos.
Qoraqalpoq tilidan
Oygul RAJABOVA tarjimasi.
Öşa yangi yil
Bir-birin quvlaşib yillar ham ötdi,
Xotira boğiga möralar köngil.
Esingdami dildor, qaysi yil edi.
Bizni uçraştirgan öşa Yangi yil.
Dillarga zavq berib bahori, yozi,
Qalbimga nur bölib kirdi bitta gul.
Yurakka öt yoqib işvasi, nozi,
Majnun qilib ketgan, öşa Yangi yil.
Sirli nigohlaring, közlaring qömsab,
Devona oşiqning yuragi savil.
His-tuyğu ummoni bağrimni örtab,
Telba qilib ketgan, öşa Yangi yil.
Xotira sandiğin titkilab sekin,
Avaylab eslayman, ötsa ham qirq yil.
Şörlik yuragimga heç öçmas, metin,
Tamğa bosib ketgan, öşa Yangi yil.
Odil ŞOMURODOV.
SAYLANMASI SAYRAGAN DILDAN
(Ustozim Saʼdulla Xöjaniyozovning “Körganlarim, eşitganlarim” otliq kattagina kitobidan ilhomlanib aytgan baytlarim)
Saylanmasi sayragan dildan,
Ötar hali tillarga tildan.
Körganlari eşitganlari,
Sayqallab söz pişitganlari.
Bulbul kabi menimça, aniq,
Sohir sözi öziday yoniq.
Saʼdulla aka deb ul ustozni,
Jonday tutgan qalam-qoğozni.
Ixlos oşib qilaman hurmat,
Vasfin aylab borida fursat.
Qalbim toşib qilaman eʼzoz,
Qalbim qaynab beraman ixlos.
Evaziga ibrat olaman,
Şogird şoir bölib qolaman.
Er yigit-u qiz kitobxonlar,
Elidagi biz – kitobxonlar.
Örganamiz örgatmoq uçun,
Körgizay deb kitoblar kuçin.
Yana qaytay öz ustozimga,
Jarang qöşib bor ovozimga.
Kibri yöğ-u, kamtarligi bor,
Har dardliga hamdardligi bor.
Bezorligi bor pastkaşlardan,
Andişasiz hazilkaşlardan.
Yozganlari samimiy, sodda,
Neki bölgan bölsa hayotda.
Öqib körgan bilar beşubha,
Bölganligin tuzuk bir tuhfa.
Kitobdagi hikoyalar ham,
Nafosatli, nazmdan emas kam.
Xullas, öqing, köngil joy bölgay,
Öqib körgan maʼnan boy bölgay.
Jumaboy HIDOYaTOV.
Amudaryomsan
Jayhun böylarida gullab-yaşnagan,
Amuni jilovlab, köprik taşlagan.
Tökin dasturxonda dehqon mehri jam,
Mening ona yurtim, Amudaryomsan.
Bobolar quvvatin bergan bu makon,
Yuzing yoruğ bölsin, elim har qaçon.
Mustaqil bu Vatan tinç turgay, omon,
Mening ona yurtim, Amudaryomsan.
Oqqoş, beşak, gurvak qovun senda bor,
Olma, anjir, uzum boğlar senda bor.
Ipagu surp ham bari senda bor,
Mening ona yurtim, Amudaryomsan.
Yurtboşim körsatgan yöldan boraver,
Yuksak marralarga qadam qöyaver.
Mangu omon bölgin, mangu gullayver,
Mening ona yurtim, Amudaryomsan.
Rahimboy Prmilov.
Işq fasli
Bugun kökdan xörsinib,
Qaytayapti yerga qor.
Garçi erib ketsa-da,
Qalbida bir sevinç bor.
Yerga qöyganda mehr,
Mayli erib ketsa ham.
Töyolsa visoliga,
Rozi edi şunda ham.
Tört faslda bir bora,
Oşiqlar körişardi.
Qor eriydi na çora,
Yer ham közin yoşlardi.
Yer bir "Majnun" misoli,
Kutar edi "Layli"sin.
Könglin bosardi ğubor,
Öylasa söng erişin.
"Layli" muhabbat uçun,
Rozi edi erişga.
Bir lahzalik visolga,
Barçasiga könişga.
Şundan buyon har yili,
Laylisini kutar yer.
Qor erib ketayotib,
Yerga qarab, bir söz der:
– Hijronga heç öksima,
Sevgi dardga öxşaydi.
Olis bölsak ikkimiz,
U qalblarda yaşaydi.
Qahraton deb öksimang,
Qişning qalbi pok asli.
Siz, öylamang bahor deb,
Aslida Qiş işq fasli.
Gözal Karimova,
41-maktab öquvçisi.
Vatan
Ona Vatan, hur Vatan,
Mehri daryoyim Vatan.
Özbekiston bağrida,
Amudaryo gul-çaman.
Özbek, qozoq va turkman,
Qoraqalpoq jon-u tan.
Bir yuz-u qirq millatga,
Özbekiston hur Vatan.
Dilrabo Murodova,
24-maktab öquvçisi.
Fasllar
Qiş ötib, bahor kelar,
Navröz gullari bilan.
Izida yoz gurkirar,
Tökin boğlari bilan.
Kuz kelar horib-tolib,
Xirmonlarni yelkalab.
Söngra uç oy qiş ğolib,
Muzlar yöl-u yölaklar.
Farruh Amanboyev, 24-maktab öquvçisi.
Yangi yil
Qişning birinçi oyi,
Ayni qor yoğar çoği.
Eski yildan keçamiz,
Yangi yilni kutamiz.
Yangi yilning şukuhi,
Hamma yerlarni kezar,
Jajji-jajji bolalar,
Köçaga bezak berar.
Hamma yoqda oppoq qor,
Qişdan daraklar berar.
Yana biroz vaqtdan söng,
Yangi yil kirib kelar.
Sohiba Şaripova,
41-maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶