ZULFIYaXONIM TAVALLUDINING 108 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN KEÇA ÖTKAZILDI
Bahorning ilk kunida yurtimiz böylab şoira Zulfiyaxonim tavalludi nişonlanadi. Öz ijodi va maşaqqatli hayot yöli, oqila hamda olijanobligi bilan özbek ayollarining yorqin timsoliga aylangan Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan 36-sonli maktabda ham maʼnaviy-maʼrifiy keça ötkazildi.
Maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi O.Xudoyberganova hamda ona tili va adabiyot fani öqituvçisi U.Jumaniyozovalar tomonidan ötkazilgan uşbu tadbirda 9-sinf öquvçilari, “Yoş jurnalistlar” tögaragi aʼzolari iştirok etişdi.
Suhbat tarzida ötkazilgan tadbir davomida şoira Zulfiyaxonimning benazir şeʼriyati haqida söz yuritildi. Şoiraning betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyğusini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum qilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti hamda ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirişga qöşgan ulkan hissasi eʼtirof etildi. Öquvçi-qizlar şoira Zulfiya ijodidan parçalar öqib berdilar. Şundan söng, şoira hayoti va ijodiga bağişlab esse yozdilar.
Öquvçilar öz ijod namunalarida uluğ isteʼdod sohibi bölgan şoira öz eliga sidqidildan xizmat qiliş barobarida salmoqli asarlari bilan özbek adabiyotida yorqin iz qoldirgani, bir umr öz yoriga sadoqat bilan yaşab, "Hijron kunlarida", "Örik gullaganda", "Körganmiding közlarimda yoş?", "Sensiz", "Izlayman" kabi şeʼrlarida Hamid Olimjonga bölgan çeksiz mehr-u sadoqatini, sof sevgisini ifoda etganligini tasvirlab, şoiraga bölgan ehtiromini bayon etdilar.
Yoşlarda öz ajdodlaridan faxrlaniş tuyğularini va ularga munosib voris bölişga intilişni kuçaytiriş, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida ötkazilgan tadbir barçaga manzur böldi.
Javlon Örozaliyev, “Yoş jurnalistlar” tögaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶