AMU ELIDAGI ZULFIYaXONIM IZDOŞI
Prezidentimizning 2023-yil 6-mart kungi qaroriga köra tumanimizdagi 35-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Samandarova Barno Tozaboy qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Maşaqqatli ijod maydoniga ilk qadam qöyayotgan murğak köngilli şoir-u şoiralarning köngil keçinmalariga oşno inson sifatida mamnuniyat bilan ayta olamanki, Amudaryoday jöşqin tabiatli aziz xalqim orasida nozik didli, ötkir salohiyatli, bilimdon, şeʼriyatga ixlos va hurmati baland yoşlar bisyor. Barnoxon Samandarova ana şunday navnihol, pokiza dil, salohiyatli yoşlardan biri. U ilk şeʼrini tahririyatga olib kelganida 10 yaşar qizaloq edi. Şunçaki havaskor bölib tuyulgan bu qizaloq öqib-örganişdan, izlanişdan aslo çarçamaydigan, bilmaganini söraşdan aslo töxtamaydigan öta tirişqoqligi bilan mehrimni qozondi.
U şunçaki qoğoz qoralamasdi, hayotni, turfa xulq-atvorli odamlarni kuzatiş, dunyoqaraşini boyitiş orqali ijodda öz uslubiga ega böliş uçun intildi. Ana şu intilişlari Barnoxonga mohiyatan gözal tuyğular ato etdi, fikri teranlaşdi, ijod maşaqqatini zimmasiga olib, bu maşaqqatlardan zavqlangan sari yangi-yangi, biri-biridan gözal şeʼrlar ijod etdi.
Biz Barnoxon bilan har bitta söz, har bir satr şeʼr qadrini oşiriş yölida birga izlandik. Har gal şeʼrlar töla daftarlarini kötarib tahririyatga kelganida şeʼriy talablar, ijodkorlik masʼuliyati, söz yukini çin yurakdan his etiş borasida jiddiy maşğulotlar ötkazdik. “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati, “Jayxun ilhomlari” NNT Barnoxonning haqiqiy ijod uyiga, ijodiy jamoa esa uning fidoyi öqituvçilariga aylandi.
U nafaqat Amudaryo tumani, balki Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati miqyosida öz ijodi, hatto jamoatçilik faoliyati bilan tanildi. U xalqaro bolalar UNICEF taşkilotining U-Report yönalişi böyiça reportyori sifatida yoşlarni turli oqimlardan himoya qilişga qaratilgan, ijtimoiy faollikka daʼvat etuvçi maʼruzalar öqidi. Özi taʼlim olayotgan 35-sonli maktabda esa tengdoşlariga örnak, namunali lider öquvçiga aylandi.
U Vatanga munosib farzand, ijodda Zulfiyaxonimning sodiq izdoşi bölişdek ezgu orzu oğuşida yaşadi va maʼnaviyat böstoniga bir azim daraxtdek ildiz qöyişga intildi. Ana şu ezgu orzusi yölida jurʼat bilan amudaryolik ijodkor qizlar qatori “Zulfiya qizlari” körik-tanlovining tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarida muvaffaqiyatli iştirok etdi. Barnoxon Samandarovaning nomzodi Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga loyiq körilgani haqidagi Prezident Farmoni barçaga xuşnudlik baxş etdi.
Barnoxon Samandarova öz ijodi bilan el-yurt, ustozlari işonçini oqladi va men bundan çeksiz quvonçdaman.
Barnoxon qizimga, Amu elining birinçi Zulfiyaxonim qiziga ijodiy parvozlar tilayman. Mukofot muborak bölsin, şoira qizim!
Robiya YÖLDOŞEVA, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶