28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:11
Adabiyot 👁 259

AMUDARYoLIK ZULFIYaXONIM QIZI MUNOSIB KUTIB OLINDI

AMUDARYoLIK ZULFIYaXONIM QIZI MUNOSIB KUTIB OLINDI

Amudaryoliklar uchun bu yilgi bahor oʻzgacha fayz, tarovat bilan boshlandi. Koʻngillarga quvonch ulashuvchi xushxabarlar bilan har bir xonadonga, koʻngillarga bahoriy fayz, havas va halovat baxsh etgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami Amu eli uchun qoʻshaloq bayramga aylanib ketdi. Prezidentimizning Farmoniga muvofiq Amudaryo tumanining eng chekka, Xolimbeg qishlogʻidagi 35-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Barnoxon Samandarova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi boʻldi. Barnoxon erishgan bu yutuq nafaqat u taʼlim olayotgan 35-sonli maktab oʻqituvchilar jamoasi va oʻquvchilari, balki barcha amudaryoliklarni toʻlqinlantirib yubordi.

Amu elidan chiqqan birinchi Zulfiyaxonim qizi – Barnoxon Samandarovani 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunida ustozlari, maktabdosh doʻstlari, hamqishloqlari shod-u xurramlik bilan kutib oldilar. Barnoxon taʼlim olayotgan 35-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisi shu kuni bayramona bezatilib, tadbirga amudaryolik Zulfiyaxonim qizini yuksak davlat mukofot bilan tabriklash uchun Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimligi masʼullari, Barnoxon Samandarovaning hurmatli ustozlari, xolimbeglik ota-onalar, OAV vakillari tashrif buyurdilar.

Tantanali marosimni Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va Barnoxon Samandarovani, uning ustozlarini, xolimbeglik ayol-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami hamda maktab pedagogika jamoasini shogirdlari erishgan yuksak Davlat mukofoti bilan tabrikladi.

– Barnoxon Samandarova butun Amu elining faxri. Uning adabiyot, sheʼriyat boʻstoniga qoʻyayotgan qadamlari yanada zalvorli boʻlishiga ishonaman. Shu bilan birga Barnoxon erishgan bu yutuq butun Amu elining iqtidorli qizlari uchun ibrat, namuna boʻladi va uning izdoshlari safi yanada oshadi, – dedi Sultonboy Yoʻldashev oʻz tabrik nutqida.

Tadbir davomida Sultonboy Yoʻldashev Barno Samandarovaga va uning ota-onasiga Amudaryo tumani hokimligi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovgʻalarni topshirdi.

Shundan soʻng, Barnoxonning ijoddagi ustozi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Xonimjon Rajabova, faxriy ustoz Ziyodboy Tangirberganov, 35-sonli maktab oʻqituvchilaridan Tozaboy Norimmatov, Gulasal Xoʻjanova hamda  Barnoxonning birinchi oʻqituvchisi Liza Rajabovalar soʻzga chiqishib, Barnoxon Samandarovani chin dildan muborakbod etishdi. Ayniqsa, maktab oʻquvchilari 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida sport sohasida ham katta yutuqlarni qoʻlga kiritganlari xususida toʻlqinlanib soʻz yuritdilar.

Darvoqe, 35-sonli maktabda ayni paytda 692 nafar xolimbeglik yoshlar taʼlim-tarbiya olishadi. Ularning bilim asoslarini puxta egallashlari uchun 66 nafar malakali pedagog xodimlar fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda. Oʻqituvchilarning 35 nafari ayol-qizlar boʻlib, 4 nafar oʻqituvchi oliy, 9 nafari birinchi, 22 nafari ikkinchi toifaga ega.

Maktabda taʼlim-tarbiya ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, sport-sogʻlomlashtirish ishlari, oʻquvchilarning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli maktab oʻquvchilari orasida turli sport musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari safi oshib bormoqda. Xususan, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida, 3-4-mart kunlari Xoʻjayli shahrida boʻlib oʻtgan sportning futzal turi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiligi musobaqalarida maktabning futzal jamoasi faxrli 2-oʻrinni egallab, musobaqaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Barnoxon Samandarova Prezidentimiz bilan uchrashuvi, yuksak davlat mukofotini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosimdan olgan hayajonli taassurotlari haqida ustozlariga, maktabdosh doʻstlariga faxrlanib hikoya qildi va yanada yaxshi oʻqishga, yangi-yangi sheʼrlar ijod etishga, ijod maydoniga kirib kelayotgan qizlarni qoʻllab-quvvatlashga soʻz berdi.

Mehmonlari va ustozlarining dil soʻzlari, quvonchlari bilan maroqli oʻtgan tadbir yakunida Barnoxon Samandarovani tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasi Tozaboy Samandarov va Rayhon Samandarovalarga minnatdorchilik ramzi sifatida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev oʻz sovgʻalarini hadya etdi. Oʻz navbatida Barnoxonning ota-onalari koʻrsatilayotgan hurmat va eʼtibor uchun barchaga chin dildan minnatdorchilik bildirdi.

Muyassar Xalillayeva.

 

ZULFIYa IZDOShI - BARNOXON QIZIM!

Oliy maqsad qoʻyding oldingga, qoʻrqmay,

Ijodga shoʻngʻiding, baʼzan tuz totmay.

Qiyinchiliklarni yengding tap tortmay,

Mukofot muborak, Barnoxon qizim,

 

Sheʼr-u baytlaringda yurtingni kuylab,

Har satringga Vatan mehrini joylab.

Samarasin kutding necha yil, oylab,

Mukofot muborak, Barnoxon qizim,

 

Azim poytaxt - Toshkent chorladi seni,

Bilmasding tayyorlab qoʻyganin neni,

Ajoyib xabar-xushlading dilni,

Mukofot muborak, Barnoxon qizim,

 

Ustozlaring qutlar, koʻzlarida yosh,

Senga havasdadir barcha - qari, yosh.

Xolimbegning faxri sendek qalamqosh,

Mukofot muborak, Barnoxon qizim,

 

Niyatingga yetgin, Alloh qoʻllasin,

Yuzingdagi tabassum aslo soʻlmasin.

Qalbingda hech qachon armon qolmasin,

Zulfiya izdoshi - Barnoxon qizim,

Tozaboy Narimmatov, 35-sonli maktabning geografiya fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026