EL BIRDAMLIGI - KATTA KUCh
Men mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy yigʻilishidagi nutqini butun diqqat-eʼtiborim bilan tingladim. Yurtboshimizning mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulugʻvor ishlarga baho berib, kelgusida oldimizda turgan muhim vazifalarga deputatlar eʼtiborini tortib, "Bugungi kunda biz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishiga qaratilgan olis va ogʻir yoʻlning faqat bir qisminigina bosib oʻtdik, xolos. Uning hal qiluvchi qismi hali oldinda, yaʼni bu yoʻlda oʻz yechimini kutib turgan vazifalarimiz kamaygani yoʻq, aksincha zamon talabi bilan ularning koʻlami va miqyosi tobora kengayib bormoqda. Albatta, barchamiz bu haqiqatni yaxshi tushunamiz va bu yoʻlda qanchadan-qancha kutilmagan qiyinchiliklar, turli sinovlar boʻlishi mumkinligini ham oʻzimizcha tasavvur qilamiz”, degan soʻzlari ayniqsa, qattiq taʼsir qildi.
Ha, oldimizdagi vazifalar mashaqqatli. Biroq mening nazarimda istiqlolning ilk davrlarida mamlakatimiz tanlagan oʻziga xos va oʻziga mos taraqqiyot yoʻliga butun xalqimiz ishondi va mehnat qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi, iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, shu yoʻl porloq istiqbolga eltishiga ishonib, ertagi kuniga ishonib, boriga qanoat qilib yashadi xalqimiz. Duch kelgan qiyinchilikka barobar yelka tutdi. Bularni yengishga undagan, xalqimizni birlashtirgan kuch–Vatanimiz kelajagiga, tanlangan taraqqiyot yoʻliga ishonch edi. Va bu yoʻlning istiqbol yoʻli ekanligini bugun butundunyo tan oldi. Dunyo xaritasida Oʻzbekiston deya ataluvchi iqtisodi baquvvat, farzandlari hech kimdan kam boʻlmagan, yil oʻn ikki oyi quyoshli mamlakat oʻz oʻrni, mavqeiga ega boʻldi.
Hayot–harakat demakdir. Birbiri bilan ogʻaini, doʻst-birodar xalqimiz oldimizdagi rejalangan ishlarning ham yakdillik bilan uddasidan chiqadilar, deb ishonaman.
Nafisa SAFARBAYeVA,
31-maktab oʻqituvchisi.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶