BOZOR RASTALARIDAGI MEVALAR, OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI NAZORAT QILINDI
Köpçiligimiz bozorlarimiz turli meva-çeva, oziq-ovqat, poliz mahsulotlari bilan tökin böladigan, dehqonlar mehnatidan yaralgan neʼmatlar arzonlab qoladigan yoz mavsumini juda yaxşi köramiz. Ayrimlar oqar suvlarda çömilib, quyoşda toblanib, çiniqib köngilli dam oliş tarafdori bölsa, ayrimlar turli mevalardan va sabzavotlardan kompot, konserva mahsulotlari tayyorlaşga kirişadilar.
Bunday jarayonda ayniqsa uy şaroitida konserva mahsulotlari tayyorlaşda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinmasligi köpgina köngilsizliklarni – ovqatdan zaharlaniş va botulizm kasalligiga çaliniş holatlariga sabab böladi. Kasallik bakteriya, virus, mikroorganizmlar toksinlari bilan zararlangan mevalar, oziq-ovqatlarni, konserva mahsulotlarini isteʼmol qiliş oqibatida yuzaga keladi.
Bunday hollarning oldini oliş uçun yozning issiq haroratli kunlarida bozorlar rastalarida turib qolgan, teriş, taşiş jarayonida urinib qolgan meva, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilmaslik, ovqatni toza mahsulotdan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda yaxşi pişiriş lozim.
Tuman Davlat sanitariya epidemiologik osoyiştaligi va jamoat salomatligi bölimi xodimlari dalalarda pişib yetilgan mevalar, qişloq xöjaligi mahsulotlarining bozorlarda sifatli sotilişi, zararlangan, aynigan mahsulotlarning sotilişining oldini oliş, aholining ovqatdan zaharlanişiga yöl qöymaslik borasida mavsum mobaynida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar rejasini işlab çiqib, şunga muvofiq iş olib borayapti. Bölim şifokorlari bozorlarda, savdo örinlarida mevalar, sabzavotlar va oziq-ovqat mahsulotlarining sotilişi ustidan nazorat tadbirlari ötkazmoqda. Aholi orasida, mahallalarda, mehnat jamoalarida ovqatdanzaharlaniş va botulizm kasalligidan saqlaniş borasida tarğibot olib borişmoqda.
Yaqinda oliy toifali şifokor Munavvar Kaşkarova boşçiligida bölimning bir guruh xodimlari Manğit dehqon bozorida sotilayotgan oziq-ovqat, qişloq xöjaligi mahsulotlarining sifatini közdan keçirdilar. Hududdagi savdo dökonlaridagi mahsulotlarning yaroqlilik muddati ötgan-ötmaganini, saqlaniş holatini nazorat qildilar. Aynan saqlaş qoidalariga amal qilmaslik mahsulotlarning sifati buzilişiga va isteʼmol qilgan odamning zaharlanişiga sabab bölişini aniq dalillar bilan tuşuntirdilar.
Nazorat tadbirida yöllar böylarida, köçalarda muzqaymoq, salqin içimliklar sotayotgan tadbirkorlar faoliyati ham közdan keçirildi. Şifokorlar tomonidan ularga muzqaymoq va salqin içimliklar bilan savdo qilişda sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qiliş, muddati ötgan mahsulotlarni savdoga çiqarmaslik lozimligi tuşuntirildi. Xaridorlar ham oziq-ovqat, qişloq xöjaligi mahsulotlari, mevalar xarid qilişda öta huşyor bölişlari lozim. Çunki har kimning soğliği öz qölida. Çindan-da tarovatli, tökinçilik yoz faslini osoyişta, tinç-xotirjam ötkaziş har kimning öziga boğliq.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶