12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:11
Maqolalar 👁 843

«BIZNING PAYTIMIZDA BOŞQAÇA EDI...» YoXUD KELINLIK OĞIR MASʼULIYaT (MI?!)

«BIZNING PAYTIMIZDA BOŞQAÇA EDI...» YoXUD KELINLIK OĞIR MASʼULIYaT (MI?!)

«Tur qizim, işga keç qolasan», «tur qizim, dugonang keldi, darsga keçikmay bor», «tur qizim, çoyingni içib olaqolgin...», «Tur dedim senga, ertaga kelin bölsang nima qilasan???»

Erka qizlarning onasidan eşitadigan ayrim gaplaridan misollar edi bular. Bu gaplardan xulosa çiqargan ayrim qizlar hayotda öz yölini topib, «odam» bölib ketadi. Xulosa çiqarmaganlari esa... Ular uçun boşqalar xulosa çiqaradi.

Eʼtibor berganmisiz, deyarli hamma qaynonalar öğlini uylantirişdan oldin kelin olganidan keyin unga öz onasiday bölişini, bilmaganlarini örgatişini va orzu-havaslari haqida mahalladagi xotinlarga tölqinlanib gapirişadi. Bölajak kelinlar ham dugonalariga qaynonani onasiday qabul qilişini aytib, mukammal qaynona portretini xayolida çizib olişadi. «Niyating – yöldoşing» deydi dono xalqimiz. Köpçilik ana şu orzu-havaslarga yetadi, baʼzilarning esa bu orzu-havaslari xayolligiça qolib ketadi: yaʼni qaynona kelinni tuşunolmaydi yoki kelin qaynonaning köngliga yöl topolmaydi. Qiziq, qaynonaning köngliga olib boradigan yöl qayerda? Bu yöl çaqqonlik va dangasalik kesişgan nuqtadan ötadi, deydi kimdir. Kimdir oşqozon orqali ötadi, deydi. Kulgili, agarda kimningdir qalbiga yöl oşqozon orqali ötsa, u holda oşpazlar dunyodagi eng baxtli odamlar bölsa kerak!..

Qaynona-kelin munosabatlari. Eskirmaydigan mavzu, asrlar oşsa ham öz dolzarbligini yöqotmaydigan mavzu. Milliy qadriyatlarimizda qaynona-kelin, kelin-kuyov, kelin-qaynsingil, kelin-qaynopa, kelin-ovsin kabi tuşunçalar, ularning bir-birlari bilan özaro munosabatlari gözal tarzda oçib berilgan. Kelin qanday bölişi kerakligi, uning vazifalari va majburiyatlari qiz bola dunyoga kelişi bilan uqtirila boşlanadi. Quvonarlisi, diniy qadriyatlarimizda ham, milliy qadriyatlarimizda ham özaro munosabatlar hurmat-ehtirom, mehr-oqibat, mehr-muhabbat degan gözal tuşunçalar bilan birga keladi. Ammo bugun bu qadriyatlarga neçoğlik amal qilayapmiz? Özi amal qilayapmizmi? degan savollar tuğiladi baʼzan. Oilalarda sodir bölayotgan uruş-janjallar, qöydi-çiqdilar baʼzan biz kötargan mavzuda yanada kengroq muşohada yuritiş zarur ekanligini isbotlaydi. «Bizning paytimizda boşqaça edi...» deya gap boşlaydigan buvijonlarimiz, onaxonlarimiz, qaynonajonlarimiz omon bölişsin! Ularning hayot yöli, turmuş va rözğor tutişdagi tajribalari yoşlar uçun hamişa ibrat. Köpni körgan, oq-qorani tanigan onaxonlarimiz yoşlar tarbiya olsin, xulosa qilsin, deya soliştiradi-da ikki davrni. Biroq afsuski, bizni paytimizda unday qilardik, biz kelin paytimizda bunday qilardik, deb bus-butun oilani ostin-ustin qilib yuboradigan qaynonalar ham jamiyatda uçrab turadi. Aslida esa insonning baxtli bölişida, oilaning mustahkam bölişida va kelin-qizning yangi xonadonga singib ketişida makon bilan zamonning nima aloqasi bor?!

Tan oliş kerakki, köpçilik oilalarda qiz bola tuğilişi bilan kelinlikka tayyorlanadi: epli kelin bölişing kerak, kamroq gapirişing, köproq işlaşing kerak, rözğor işlarini sekin bajaradigan kelin heç kimga kerak emas...

Natijada qiz bolada kelinlik oğir MASʼULIYaT degan tuşunça paydo böladi. Va kimlardir şu jihatdan turmuşga çiqişni keçiktirib yuradi, baʼzi qizlar turmuşga çiqsa ham yuqoridagi talablarga javob bera olayapmanmi, deya hadik bilan yuradi. Baʼzilar esa bu «masʼuliyat»dan butunlay voz keçadi...Ha, biror qadriyatni yoşlar ongiga töğri singdira biliş, ularda töğri tuşunçani şakllantiriş ham bir sanʼat. Yangi uy ostonasidan ming hayajon va olam-olam orzular bilan hatlayotgan yoki hatlaş arafasida turgan qiz-kelinlarga yangi oila endi uning haqiqiy maskani ekani, qaynona begona emas, u uçun ona ekani, kelinlik masʼuliyati faqat törtta piyolani yuvib, hovli supurişdan iborat emasligi köp hollarda notöğri talqinda uqtiriladi (baʼzi oilalarda).

Men bir ayolni taniyman. Egizak öğillarning onasi bölgan bu ayol ana şu öğillari hali gödaklik paytida qöli sinib, keyinçalik qölining singan joyi notöğri holatda tuzalgan edi. Şörlikning qölining suyagi hozirgaça notöğri tomonga qarab egilibroq turadi. Qiziqib qaçon bunday bölganini sörasam, u kelinlik paytida, yaʼni tönğiç egizaklarini dunyoga keltirib, uyiga kelgan kunlari baxtsiz hodisa bölganini aytdi. Emişki, ayolning qaynonasi yaqinda tuğuruqxonadan çiqqan keliniga hadeb yotavermasdan rözğor işlarini qilişini, kelinning dam olişga haqqi yöqligini aytib, ertalab hovli supurtirgan. Şörlik kelin suv sepayotib oyoği toyib ketgan-u, qöli şu ahvolga kelib qolgan. Baʼzan, kelinlar vazifasi haqida yuqoridagidek bemaʼni tuşunçaga yopişib oladigan qaynonalarni özlarining kelinlik payti qanday keçgan ekan-a, deb öylab qolaman. 

Qiziq, ular kelinlik «imtihon»idan qanday ötişgan ekan?! Dunyoda mukammal xilqat yöqligini hisobga olsak, demak, ular ham yoşligida uquvsiz bölgan. Balki, ular ham kelinligida hayajonlangandir, ular ham ovqat qilaman, deb yoğni yondirib yuborgan bölsa ajab emas? Va albatta, ular bugun ana şunday xatolardan xulosa çiqarib, tajribasi ortib, gözal bir oilaning sevimli bekasi, uquvsiz kelinning uquvli qaynonasi bölib, katta hayotiy tajribaga ega onaxon degan şarafga muşarraf! Qaynonajonlarni qoralab, qiz-kelinçaklarni oqlaşdan yiroqmiz. Tan oliş kerak bölgan bir haqiqat borki, qiz bola rözğor yumuşlariga va kelinlikka tayyor bölsa, işçanligi va gözal xulqi hayoti davomida öziga faqat va faqat rahmat keltiradi, heç qaçon uyaltirib qöymaydi. Xolbuki, oqila qizni va oqila kelinni uyğotişga ne hojat? Özi oqila kelin qanday böladi? Oqila qiz, kelin çoşgohgaça ğaflat bosib yotmaydi. Ularni ertalab «budilnik» emas, vijdon uyğotadi...

Qayiq bitta eşkak bilan manzilga yetolmaydi. Qaynona-kelin munosabatlari ham şunday: qaynona qayiqning bir eşkagi bölsa, kelin ikkinçi eşkagi. Baxt manziliga boriş uçun har ikkala tomon bir-birini tuşungan holda, murosa ila harakat qilsa, baxt saroyining eng töri ularniki. Tuşunişib yaşaşda esa gap köp. Zero, piyola sinsa sinsin-u, köngil sinmasin...

Yaşiringul.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026