Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi masʼullarining sayyor qabuli bölib ötdi
Aholining muammolarini örganiş, aniqlaş va ularni bartaraf etişda joylarda taşkil etiladigan sayyor qabullar alohida ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz hududlarida uşbu yönalişda alohida tizim yaratilgani eng dolzarb bölgan muammolarning yeçilişida muhim omil bölayotir.
2023-yil 18-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Boyovul mahallasida hududidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktorining birinçi örinbosari Zohidxöja Tursunov tomonidan fuqarolar uçun sayyor qabul ötkazildi. Unda tuman hokimining örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği Faxriddin Yusupov, boşqarma boşliği Azamat Ubaydullayevlar iştirok etişdilar.
Sayyor qabulda qayd etilganidek, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga kötarilgan. Bugun barça davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan işlaş böyiça sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim asosida iş olib borilmoqda. Joylarda ötayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eşitiş, ularning muammolarini hal etişda, şak-şubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak.
Taʼkidlaş joizki, xalq bilan faol va oçiq muloqot olib boriş yölida taşkil qilinayotgan bunday sayyor qabullar avvalo insonning huquq hamda manfaatlarini taʼminlaş, qolaversa, xalqimizning farovon, baxtli hayot keçirişi uçun şaroit yaratiş sari qöyilgan muhim qadam bölmoqda.
Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi maʼmuriyati tomonidan Respublikamiz böylab ötkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida aholining muammolari örganilib, köplab ijobiy natijalarga erişilmoqda.
Bu galgi sayyor qabuldan közlangan maqsad ham tumanda yaşovçi fuqarolarning sohaga doir muammolarini örganiş, ijobiy hal etilişiga kömaklaşiş, taklif hamda tavsiyalarini tinglaşdan iborat böldi.
Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman bölimi tomonidan taşkil etilgan mazkur sayyor qabulda ovul va mahallalardan taşrif buyurgan fuqarolar, ayniqsa, nafaqa yoşidagi otaxon va onaxonlar iştirok etdilar. Ötkazilgan mazkur tadbirda fuqarolar öz muammolari xususida masʼullarga murojaat etdilar.
Qabul davomida masʼullarga fuqarolar tomonidan 15ta murojaatlar kelib tuşdi. Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktorining birinçi örinbosari Zohidxöja Tursunov va boşqa mutasaddilar tomonidan aholida kelib tuşayotgan murojaatlar tinglanib, fuqarolar bilan tuşuntiriş işlari olib borildi. Şuningdek qonunçilikdagi özgarişlar, yangiliklar hamda yaratilib berilayotgan imtiyozlar, qulayliklar töğrisida yiğilganlarga batafsil tuşunçalar berildi.
Jamğarmaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Azamat Ubaydullayev har bir murojaatçi bilan oçiq muloqotda bölib, murojaatlarda bayon etilgan muammolarni bartaraf etiş çoralari töğrisida batafsil aytib ötdi.
Joylarda taşkil qilinayotgan bu kabi sayyor qabullar natijasida hukumat idoralari va xalq örtasidagi körinmas devor olib taşlanib, yordamga muhtoj fuqarolar öz muammolarini mutasaddi taşkilot rahbarlariga tösiqsiz yetkazişmoqda. Bu orqali esa köplab muammolar joyida hal qilinib, xalq va davlat yagona bir maqsad – Vatan taraqqiyoti yölida hamjihatlikda harakat qilayotir.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶