Jayxun ilhomlari
Bayroğim
Vatanim osmonida,
Tinçlikka qasida.
Hilpiraydi bayroğim,
Tun-u kunlar osuda.
Bayroğimiz ramzida
Tariximiz bitilgan.
Oq, yaşil, havo rangga,
Obodlik nuri singgan.
Tört fasl – ön ikki oy –
Yulduzlarda mujassam.
Vatanga berib çiroy,
Qudratimiz anglatgan.
Samolarda hilpirab,
Turar yurtim bayroği.
Kundan-kunga gurkirab,
Yaşnar Vatan tuproği.
Dunyolarni oralab,
Yuksalaver bayroğim.
Seni yurakka qadab.
Mağrur turar urpoğing!
Nigora YöldOşeva,
44-MTT tarbiyaçisi.
Bolalikni qömsab
Sirlaşardik baʼzida,
Intilardik öqişga.
Biz harakat qilardik,
Faqat olğa borişga.
Döstlik nima – bildik biz,
Oqibatli böldik biz.
Izlaniş va öqişni
Oliy maqsad qildik biz.
Şöxlik vaqti ötyapti,
Katta bölib boryapmiz.
Quvlaşmaçoq öynaşga,
Biz kattalik qilyapmiz.
Ön törtga töldik mana,
Közlarga yoş olyapmiz.
Şöx-şodon bolalikni,
Biz endi qömsayapmiz.
Rayhon Tojiboyeva,
50-maktab öquvçisi.
Otga minsa...
Baʼzilar otga minsa, unutar özni,
Öylamay sözlaydi, aytmoqçi sözni.
Kördim talaylarning yurganin
Yaqinin tanimay, yoğ bosib közni.
Ular öylamaydi, ertagi kunin,
Yuradi keltirib odamlar ğaşin.
Faqatgina öylar özining nafsin,
Afsuslar çekar u vaqt kelib bir kun.
Kimdir ösgan sayin, mehrli bölar,
Biling, eng iymonli, vijdonli ular.
Dono va kamtar bölgani uçun,
El-xalqning undan köngli tölar.
Taqdiringda ne bor, sen bilmaysan,
Köngli toza bölsang, aslo kuymaysan.
Amal tegib, ulov minganing bilan,
Unutma sen – hamma bilan birdaysan.
Bir kun mingan oting qolganda oqsab,
Qolasan yakkalanib, moxovga öxşab.
Bir kuni özingning boşingga tuşar,
Yolvorib kömak söraş, asabing qaqşab.
Hamma ham odam-da, xuddi sen kabi,
Barçamiz unutma, Odam otaning nasli,
Nafsing tiyolmasang, teşilar tubi,
Keçagi sen uçun moy pişgan kuvi.
Mudom minmoq qiyin, amal otini,
Otdan birdan tuşar, unutgan zotini.
Yöldan adaşganning heç biri,
Heç qaçon yoruğ bölmagan yuzi.
Angsatbay Qarajanov, huquqşunos.
Qoraqalpoq tilidan Oygul Rajabova tarjimasi.
Farişta ayol
Neçun beğuborsan ayt menga, ayol,
Qalbingning tubidan bergin bir sado.
Goho uzoq öylanib, suraman xayol,
Senga tuşunolmay bölarman ado.
Şunçalar ham poksan, farişta ayol,
Yuragimni ezar faqat şu savol.
Aytgan har sözing ham çalğitar xayol,
Ming yillar, asrlar topmagin zavol.
Öylanaman goho, lek tuşunolmam,
Qaydan bu jasorat, sabr-u matonat.
Sening sabring oldida taslimman, jimman,
Senga tuşunolmay, yöqdir halovat.
Mehringni çeki yöq, xuddi bir dunyo,
Daryomas, dengizmas, har nedan ortiq.
Sening qalbing oldida qilarman hayo,
Sabring uçun qilaman jonimni tortiq.
Jannat gulidirsan, gulsan, çeçaksan,
Iffating, odobing qilmasman qiyos.
Boğimda oçilgan gul-u rayhonsan,
Olamda tanhodir qalbing beqiyos.
Qalbimdagi sözlarim ifoda etib,
Sözim oxirida qilarman bayon.
Közlaringga qarab, asta termulib,
Senga taʼzimdaman, ey nafis ayol.
Iroda Ollamberganova,
4-maktab öquvçisi.
ÖZBEKISTONIM
Latofat boğida bitgan çeçaklar,
Ona yurt işqidan olar naqşini.
Tovusning patidek momiq tilaklar,
Şu möʼjaz yurtimga çorlar baxşini.
Muborak yoşingni qutlamoq uçun,
Şaʼningga şeʼr yozmoq mening istagim.
Qalbimda çiqsa gar, yalt etib uçqun,
Ona Vatanimga tuhfa aylagum.
Şoirlik ilohiy tuyğu sanalsa,
Vatan tölğoğidan şoir tuğilgan.
Şoirning öz dardi urğu sanalsa,
Tuğilgan yerida şoir atalgan.
Dard bosgan yuraklar ötdi qançalar,
Dardin yaşirolmay qoğozga bitib.
Hayhot, zamon dedi, xalqim dedilar,
Aytmaganlar ketdi içiga yutib.
Ularning nolasi elning erkidir,
Hayot sarhadlari dostonga siğmas.
Yurtim, siymolaring köksing naqşidir,
Bugun quvonçlaring dillarga siğmas.
Ey ona maskanim, hokisor ölkam,
Dildagi bulbulim, tilda dostonim.
Ohular yayrasin bağringda şöxçan,
Ona beşikkinam – Özbekistonim.
Odil ŞOMURODOV.
Tinçlik madhi
O, Vatan osmoni, bunçalar yoruğ,
Bunçalar musaffo, gözalsan, tiniq.
Şuning-çun orzuim manzili yoruğ,
Kelajak atalgan yöllarim aniq.
Porlab tursin mangu tinçlik mayoği,
Olğa qadam taşlab olamiz ilm.
Eng buyuk qudratdir Vatan bayroği,
Şul qudrat qoşida qilamiz taʼzim.
Beş muhim taşabbus dasturilamal,
Yuzaga çiqarar barça imkonni.
Ahillik – qadriyat abadul-azal,
Birlaşib quramiz, Özbekistonni!
Sevinçoy Umrboyeva,
85-sonli maktab öquvçisi.
Buni hayot deydilar
(Öğlim Jasurbekning xotirasiga).
Buni hayot deydilar, ğamlari köp, siri köp.
Kutilmagan tasodif, kulfatlarning turi köp.
Goho orzu uşalsa, uşalmagan yeri köp.
Azizlar, teng demanglar, qişning sovuq qori köp.
Yiğlamagin ey köngil, buni hayot deydilar,
Şukur qilsang boriga, qanoatga sirdoşsan.
Sabr tagi sof oltin, faroğatga yöldoşsan,
Tinglasangiz bulbulning navosida zori köp.
Unda, bardoş ber köngil, hayotning sinovi köp,
Taqdirning yoziği köp, ham berib, olari köp.
Sinovlarda tökilmay ötganni, Alloh siylar,
Men ham çidab yuribman, buni hayot deydilar.
Yangiboy Iskandarov, Özbekiston qişloği.
Qizimga
Allohimdan söradim, seni dilbandim,
Jajji qölçalaringdan, aylanay özim.
Tun-u kunlar asalim, umring tiladim,
Söylasang bunça şirin, sözlaring, qizim.
Erka qizim, oy qizim, dunyoyim mening,
Nuridiydam, dilbandim, közim quvonçi.
Tuşlarimda körmagan quyoşim mening,
Tunlarimni yoritgan könglim ovunçi.
Ovozingni eşitsam, yayrab ketaman,
"Bidir-bidir" sözlasang, qilaman huzur.
Kulgularingga umrim hadya etaman,
Ulğayib bir qiz böl, oqila, jasur.
Feruza Yöldoşeva, Manğit şahri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶