Ipak qurti boqiş va pilla yetiştiriş mavsumi uyuşqoqlikda ötkazilmoqda
Ipak qurti boqiş va pillaçilik Özbekistonning boy madaniy merosining ajralmas qismidir. Uşbu soha köp asrlik tarixga ega. Ipak qurti yetiştiriş va boqişning tarixi miloddan avvalgi II asrga borib taqaladi. Ipak Buyuk Ipak yöli orqali Şarq va Ğarbni boğlagan savdo yöllarida muhim hamda qimmatbaho mahsulot vazifasini ötagan.
Bu soha mamlakat iqtisodiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi. Şu sababli ham mamlakatimizda pillaçilikni rivojlantirişga davlat tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda. Pillani qayta işlaş sohasida köplab yangiliklar joriy etilib, bu öz navbatida mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qilmoqda. Şu bilan birga Özbekistonda ipakçilik sohasida ilmiy-tadqiqot işlari va innovatsion yondaşuvlar ham faollaştirilmoqda, bu esa mamlakatning ipakçilik sanoatini yanada rivojlantirişga yordam beradi. Mazkur sohada davlat tomonidan berilayotgan subsidiyalar va soliq imtiyozlari, şuningdek, ilmiy-tadqiqot işlariga ajratilayotgan mablağlar ipakçilikni yanada rivojlantiriş uçun muhim omil hisoblanadi. Bularning barçasi Özbekistonning ipakçilik sanoatini yangi bosqiçga kötarişga va uning jahon bozoridagi örnini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Amudaryo tumanida ham ipak qurtini boqiş va pilla yetiştirişga katta eʼtibor qaratiladi. Tumanda har yili Qoraqalpoğiston böyiça karvoni eng oğir va salmoqli bölgan pilla xirmoni bunyod etiladi. Amudaryolik pillakorlar bu yilgi mavsumni ham uyuşqoqlik bilan ötkazmoqdalar. Har yili pillaçilik bilan şuğullanib, daromad topayotgan oilalar bu yil ham ipak qurti qutilarini olib, parvarişlaşni allaqaçon boşlab yubordilar.
Pillaçilik sohasida asosan qişloq ayol-qizlari mavsumiy iş bilan band bölişadi. Şu sababli tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova pillakor xotin-qizlar holidan xabar olib, ipak qurtini parvarişlaş jarayoni bilan yaqindan tanişib, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni tegişli masʼullar iştirokida tezkor bartaraf qiliş çorlarini körib kelmoqda.
Ipak qurti parvarişining ham öziga xos maşaqqati va sir-asrorlari bor. Eng avvalo uruğlarning sifati va parvariş şaroitlari mahsulotning, yaʼni olinadigan pillaning sifatiga taʼsir körsatadi. Ipak barça davrlarda ham xaridorgir mahsulot bölib kelgan. Şu sababli ham Respublikamizda sifatli pilla xom aşyosi yetiştiriş, yetiştirilgan pilladan jahon standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli xom ipak oliş, ipakli mahsulotlar sifatini yaxşilaş va assortiment turlarini kengaytiriş, tannarxini kamaytiriş, mahsulot sifatiga salbiy taʼsir körsatuvçi omillarni aniqlaş va ularni bartaraf qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu harakatlarning qançalik samarali bölişi eng avvalo ipak qurti boquvçi pillakorlarga boğliq. Buni töğri anglab yetgan pillakorlar öz işlarini sidqidildan bajarib, ipakçilik tarmoğining rivojiga öz hissalarini qöşmoqdalar. Uşbu tarmoqning rivojlanişi kelgusida pillakorlarning daromad manbaini yanada oşiribgina qolmay, yetiştirilgan pilla miqdorining köpayişiga, undan olinadigan xom ipak, ipakli mahsulotlar miqdorining ortişiga hamda xorijiy davlatlarga eksport qiliş hajmining köpayişiga şaroit yaratadi. Bu esa öz navbatida Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanişiga hamda aholi turmuşining yanada farovon bölişiga taʼsir körsatadi.
Amudaryo tumani hokimining örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova pillakor xotin-qizlarga ularning mehnatlari qançalik muhim iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini tuşuntiriş bilan birga pillaçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş, kasanaçilarning moddiy manfaatdorligini oşiriş borasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar bermoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶