ONA SUTINING MOHIYaTI
Ona suti yangi tuğilgan çaqaloq uçun ideal oziq-ovqat hisoblanadi. Ona sutining oqsillari, yoğlari va uglevodlarining tarkibi va nisbati bolaning tanasi ehtiyojlariga va uning ovqat hazm qiliş tizimining funktsionalligiga juda mos keladi. Ona suti ekologik toza va u doimiy haroratga ega.
Emizişning foydalari
Ona suti bolaning tanasi tomonidan oson hazm qilinadi va çaqaloqning gormonal rivojlanişida muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, ona suti çaqaloqni turli infektsiyalardan, allergik reaktsiyalardan va kasalliklardan himoya qiladi va uning immunitetini şakllantirişga yordam beradi. Çunki ona sutidagi biologik faol moddalar majmuasining mavjudligi tufayli bola har tomonlama soğlom voyaga yetadi.
Emiziş ona bilan bolani hissiy tarafdan yaqinlaştiradi, bolaning oilada va jamiyatda töğri psixologik xatti-harakati uçun asos yaratadi, uning ijtimoiy, intellektual va kognitiv rivojlanişiga yordam beradi. Şuningdek, emiziş rejadan taşqari, yaʼni, yoş onani bevaqt homiladorlikdan saqlaşda yordam beradi hamda ona soğligini himoya qiladi va tuğişni meʼyorlaştiradi. Ayolni tuğruqdan keyingi mastopatiya, kökrak, baçadon va tuxumdonlarda ösma kasalligi paydo bölişidan saqlaydi.
Oğiz suti
Ona suti tarkibi özgaruvçan. Bola tuğilgandan keyingi dastlabki 2-3 kun içida ayolning kökragidan oğiz suti ajraladi. Keyin ötiş davri suti va 2 haftadan söng yetuk sut ajraladi.
Oğiz suti--homiladorlikning oxirgi kunlarida va tuğruqdan keyingi birinçi kunlarda işlab çiqariladigan sut bezining sekretsiyasi. Yuqori proteinli qalin, yopişqoq, sariq suyuqlik, asosan sarum albumin bilan ifodalanadi. Tuğruqdan keyingi dastlabki 3-7 kun içida oğiz suti tarkibida nisbatan kamroq yoğ, laktoza va suv mavjud böladi. Oğiz sutida yangi tuğilgan çaqaloqni himoya qiluvçi immunoglobulinlar va antitoksinlar mavjud. Oğiz suti miqdori kam, kuniga örtaça 30 ml, lekin uning energiya qiymati şunçalik yuqoriki, u yangi tuğilgan çaqaloqning ozuqaviy ehtiyojlarini töliq qondiradi.
Emizişning ona uçun foydalari
Ona bolasini emiziş jarayonida organizmida muvaffaqiyatli tarzda sut işlab çiqariş imkoni yaratiladi va bola bilan ona örtasida psixologik aloqa örnatiladi. Emiziş oksototsin gormoni çiqarilişini rağbatlantirişi tufayli baçadon hajmi tez qisqaradi, baçadondan qon ketişini töxtatiş, tuğruqdan keyingi stress oqibatlarini bartaraf etişga erişiladi.
Bola uçun emizişning foydalari
Qidiruv va söriş reflekslarini kuçaytiriş, oğiz böşliği va ovqat-hazm qiliş trakti şilliq qavatining terisini onadan ovqat hazm qiliş qiliş bakteriyalari bilan kolonizatsiya qiliş, oğiz sutining birinçi qultumi bilan nafaqat töliq ovqat, balki içak va boşqa yuqumli kasalliklarga qarşi himoya qiluvçi antitelalar kontsentratini ham qabul qiliş uçun şaroit yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, ona suti bola uçun mustahkam immunitetga asos soladi va yangi tuğilgan çaqaloqning kelajakdagi tişlari holatini yaxşilaydi, bolalarda semirib ketiş ehtimolini kamaytiradi.
Şuningdek, leykemiyaga qarşi emiziş juda foydali. Ona suti bilan parvariş qilingan bolalarda astma va allergik kasalliklarga, yoşlikda qandli diabetga çaliniş xavfini kamaytiradi, ona sutini emib ulğaygan bolalar yurak-qon tomir kasalliklariga çalinuvçan bölişmaydi.
Luiza Yangiboyeva, Tuman tibbiyot birlaşmasining boş hamşirasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶