Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish boʻyicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 2-fevral sanasida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dastururlamal boʻlib xizmat qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi va ijro etuvchi hokimiyat organi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Amudaryo tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 13-fevral kuni tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabning faollar zalida bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishni koʻzda tutuvchi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda fuqarolar ishtirokida bulib oʻtgan yigilishda Farmon mazmun-mohiyati, hujjatda koʻzda tutilgan maqsad va vazifalar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Yigʻilishda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Muqaddas Beknazarova soʻzga chiqdi. U oʻz soʻzida mazkur farmon bilan mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilganligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funktsiyalarini kengaytirish maqsadida ularga oʻndan ortiq qoʻshimcha vakolatlar berilganligi, xususan, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sogʻliqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qoʻyilganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Muyassar Rahmatullayeva mazkur Farmon bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini toʻliq amalga oshirish, mahalliy Kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyish maqsadida qator vazifalar koʻzda tutilgani xususida soʻz yurtidi.
Keltirilishicha, hujjatda mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funktsiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.
Yigʻilishda Farmonda belgilangan jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga berilgan qator yangi vakolatlar haqida keng tushuntirishlar berildi. Qolaversa, yigʻilish ishtirokchilari mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida tashkil etish yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” bilan ham batafsil tanishtirildi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶