30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:36
Jamiyat 👁 338

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Avval xabar berganimizdek, kuz-qish mavsumi oldidan ovul va mahallalarda, ijtimoiy soha obʼektlarida hamda bir qator korxona-tashkilotlarda mavsumga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan chora-tadbirlar, targʻibot-tushuntirish ishlari, energotejamkor uskunalar taqdimoti tashkil etilyapti. Amudaryo tumani hokimligi binosi oldida oʻtkazilgan shu kabi yigʻilishda ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish, fuqarolarning energotejamkor uskunalardan foydalanishlarini yoʻlga qoʻyish, aholining mavsumni betalafot oʻtkazishi uchun zaruriy choralarni koʻrish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbirda tuman hokim Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, joylardagi “Mahalla yettiligi” aʼzolari, tegishli korxona-tashkilotlar masʼullari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi – fuqaro muhofazasi boshligʻi Sobir Xoʻjametov oʻz nutqida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini rejali amalga oshirish, mavsumni betalafot oʻtkazish va energiya resurslarini iqtisod qilish, oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish zarurligi, bu jarayonlarda har bir soha xodimi oʻz ishini yanada masʼuliyat bilan bajarishi lozimligi toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirilib, masʼullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.

Taʼkidlanganidek, kuz-qish mavsumi oldidan har bir korxona va tashkilot, ijtimoiy soha obʼektlari va xonadonlarning kommunal tarmoqlari koʻzdan kechirilib, tayyorgarlik ishlari qizgʻin pallaga kirgan. Xususan, aholi xonadonlari hamda sanoat korxonalarini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash, mavsumni betalafot oʻtkazish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, mavsum oldidan 4814ta aholi yashash hovli-uylari oʻrganib chiqilgan. Shundan 1901ta xonadonning isitish qozoni uy ichkarisida joylashganligi, 2458ta xonadonda esa isitish qozoni uy tashqarisida ekanligi maʼlum boʻlgan. Bundan tashqari, koʻp qavatli uylardagi 40ta xonadonda isitish qozonlari uy ichkarisida oʻrnatilgani aniqlangan. Oʻtkazilgan tadbirlar davomida xonadonlardagi 108ta isitish qozonlarining dudburonlari tozalangan. Xususan, 29-avgust kuni Yangiobod mahallasi hududidagi 34ta xonadonning isitish qozonlari va dudburonlari tozalanib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilgan.

Maʼlumki, isitish qozonlari va dudburonlarni oʻz vaqtida tozalash orqali tabiiy va is gazidan zaharlanish hamda yongʻin kelib chiqishi kabi noxush holatlarining oldi olinadi. Tabiiy va is gazining ajralishi nostandart va nosoz gaz uskunalaridan foydalanish, talabga javob bermaydigan dudburonlarni oʻrnatish yoki ularni notoʻgʻri oʻrnatish, isitish qozonlari va dudburonlarni oʻz vaqtida tozalamaslik oqibatida sodir boʻladi.

Shuni ham alohida qayd etish joizki, tabiiy va is gazidan zaharlanish hamda yongʻin bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalarning asosiy qismi isitish qozonlari va dudburonlariga, shuningdek, gaz uskunalariga nisbatan eʼtiborsizlik ortidan kelib chiqmoqda.

Tadbir yakunida ijtimoiy soha obʼektlari, ayniqsa, maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va tibbiyot muassasalari hamda aholi xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorligini yarada kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish boʻyicha muhim vazifalar belgilandi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026