30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:27
Jamiyat 👁 293

Namuna mahallasi xonadonlariga toza ichimlik suv tarmogʻi tortilmoqda

Namuna mahallasi xonadonlariga toza ichimlik suv tarmogʻi tortilmoqda

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqimiz hayotida oʻz aksini topmoqda. Bu, ayniqsa, mahalla institutini rivojlantirish, aholining farovonligini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarda yaqqol namoyon boʻlayotir.

Xususan, qishloq aholisining turmush madaniyatini oshirish, shahar bilan qishloq orasidagi tafovutlarni qisqartirish, zamon talablari darajasidagi infratuzilma inshootlarini bunyod etish borasidagi keng qamrovli ishlar tufayli eng chekka hududlardagi qishloq va mahallalar qiyofasi tubdan oʻzgarib, yanada koʻrkam qiyofa kasb etmoqda.

Amudaryo tumanidagi qishloq va mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining hayotdan rozi yashashini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan rejaga koʻra, tumandagi Namuna mahalla fuqarolar yigʻinida ham keng miqyosda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilib, ichki yoʻllar, koʻchalar tartibga keltirildi. Mahalla ahlining oʻzaro hamjihatligi tufayli uy-joylarning ichki va tashqi fasad qismlari sifatli taʼmirlanib, koʻchalar boʻylariga mevali va manzarali daraxtlar hamda gul koʻchatlari ekildi.

Kundan-kunga chiroy ochib borayotgan mahallada ayni kunlarda aholi farovonligi uchun xizmat qiluvchi yana bir xayrli ish amalga oshirilmoqda. Namunaliklar uchun 11,5 kilometr uzunlikdagi toza ichimlik suvi tarmogʻini tortish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Mavjud 288ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan mazkur infratuzilma inshootini pudratchi tashkilot “Mang‘it mega hamkor” MChJ quruvchilari amalga oshirishmoqda. Joriy yilning 9-sentyabr kunigacha mahalla hududidagi jami 288ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun zarur boʻlgan rejadagi 11,5 kilometrlik suv tarmogʻining 820 metr qismi toʻliq tortilib, 20 ta xonadon tarmoqqa ulangan boʻlsa, bugungi kunga kelib salkam 1,5 kilometrlik suv tarmogʻi tortilib, tarmoqqa ulangan xonadonlar soni 175taga yetdi.

Shu kunlarda pudratchi tashkilot quruvchilari tomonidan belgilangan rejaga muvofiq xonadonlar joylashgan hududlarning shart-sharoitlari oʻrganilib, suv tarmogʻini tortish, yongʻinga qarshi gidrantlar oʻrnatish, quduqlar tayyorlash va xonadonlarni ketma-ket suv tarmogʻiga ulash ishlari jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda.

Mahalla ahli xalq farovonligini taʼminlash, obod va fayzli turmush sharoitini yaratishga qaratilgan bunday ezgu ishlardan, davlatimizning inson omiliga yuksak eʼtiboridan nihoyatda mamnun.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026