Choykoʻl ovulida yangi "Marvarid" umumiy ovqatlanish shoxobchasi ish boshladi
Hududlarda, ayniqsa qishloq joylarida xizmat koʻrsatish va servis markazlari, shuningdek savdo shoxobchalari sonining koʻpayishi faqat ahliga qulaylik yaratibgina qolmasdan, iqtisodiy faollikni oshiradi va yangi ish oʻrinlari yaratilishi orqali aholi bandligini taʼminlashga ham xizmat qiladi. Sababi, infrastrukturalar qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash, ish bilan bandligini taʼminlash hamda mahalliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda muhim omil sanaladi. Xizmat koʻrsatish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratilishi esa oʻz navbatida aholining daromadlari oshishiga va ularning sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayishiga olib keladi.
Yaqinda Amudaryo tumanining Choyoʻl ovulida “Xursand-Dilmurod” masʼuliyati cheklangan jamiyatining “Marvarid” umumiy ovqatlanish shoxobchasining foydalanishga topshirilishi ham ana shu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.
Markazning ochilish marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganlaridek, servis markazlari va savdo shoxobchalari qishloqlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda hududlararo tengsizlikni kamaytirishga hissa qoʻshadi. Shuning uchun bu kabi loyihalarga investitsiya kiritish va ularni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish maqsadida qator farmon va qarorlar qabul qilingan boʻlib, ushbu hujjatlar bilan qishloq aholisining zamonaviy yuqori texnologik va bozor xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, buning asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlari oshirilishini taʼminlash maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilangan.
Samimiy tilaklardan keyin ramziy tasma kesilib, mehmonlar umumiy ovqatlanish shoxobchasi bilan yaqindan tanishdilar. Shoxobchada aholining turli ehtiyojlarini qondirish, sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash uchun barcha sharoitlar mavjud. Tayyorlanadigan va sotiladigan mahsulotlarning sifati hamda tarkibi davlat tomonidan belgilangan standartlarga muvofiq boʻlishi tadbirkor tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.
Bu yerda hudud aholisining toʻy va boshqa marosimlarini oʻtkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga, umumiy ovqatlanish shoxobchasi maʼmuriyati aholining turli ijtimoiy qatlamlariga mos keladigan narxlarda taomlarni tayyorlash va taqdim etishni koʻzda tutmoqda. Bu esa har bir fuqaroning sogʻlom ovqatlanish imkoniyatlarini kengaytiradi va jamiyatda sogʻlom ovqatlanish madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.
Hududlarda, ayniqsa qishloqlarda bu kabi xizmat koʻrsatish va servis markazlari, savdo shoxobchalarining tashkil qilinishi davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶