30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:04
Jamiyat 👁 382

FAROVON MAHALLASI “YeTTILIGI” “KAMBAGʻALLIKDAN — FAROVONLIK SARI” GʻOYaSI ASOSIDA AHOLIGA MUROJAAT QILDI

FAROVON MAHALLASI “YeTTILIGI” “KAMBAGʻALLIKDAN — FAROVONLIK SARI” GʻOYaSI ASOSIDA AHOLIGA MUROJAAT QILDI

Muhtaram Prezidentimiz mamlakatimizda kambagʻallikka qarshi samarali kurashish maqsadida oʻzining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida “Yangi Oʻzbekistonni ijtimoiy davlat tamoyili asosida qurish” degan ustuvor maqsadni belgilab, “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” gʻoyasini ilgari surgan edi. Bugungi kunda mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish, odamlar turmush darajasini oshirish umummilliy harakatga aylandi. Yurtboshimiz aytganidek, ijtimoiy davlat, bu — eng avvalo, inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, demakdir.

Joriy yilning 26-sentyabr sanasida Amudaryo tumanining Farovon mahalla fuqarolar yigʻini “yettiligi” aʼzolari – fuqarolar yigʻini raisi Madamin Kazakov, hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova, mahalla xotin-qizlar faoli Sayyora Karabayeva, yoshlar yetakchisi Shohruh Roʻzmetov, profilaktika inspektori Pirboy Auyezov, ijtimoiy xodim Mavluda Qalandarova hamda soliq inspektori Ravshan Arikovlar keng aholi vakillari bilan uchrashib, mahalla hududida kambagʻallikni qisqartirish, odamlar turmush darajasini oshirish maqsadida “Kambagʻallikdan ­– farovonlik sari” gʻoyasini har bir fuqaroga, har bir xonadonga hamda oilaga yetkazish maqsadida murojaat bilan chiqdilar.

Tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining faollar zalida boʻlib oʻtgan uchrashuv tadbirida mahalla fuqarolar yigʻini raisi Madamin Kazakov rahbarligidagi “mahalla yettiligi” aʼzolari oʻz murojaatlarida soʻnggi yillarda mahalla hududida istiqomat qiluvchi ogʻir turmush sharoitida kun kechirayotgan, oʻzgalar koʻmagiga muhtoj aholi vakillarining turmushiga farovonlik olib kirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar natijasi amalda namoyon boʻlayotganini alohida taʼkidladilar.

Avvalo shuni alohida qayd etish joizki, “mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan aholining turmush sharoitlari uyma-uy kirib borib, mufassal oʻrganilib, xatlovdan oʻtkazildi. Ushbu xatlov asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi roʻyxati shakllantirildi. Endilikda mahalladagi kambagʻal oilalar, kim nimaga muhtoj, ularga qanday yordam turlarini koʻrsatish mumkin, barcha-barchasi bilan manzilli ishlash imkoniyati yaratildi. Bu esa har bir muammoli xonadon, oila va fuqaro bilan alohida dastur asosida manzilli ishlash orqali muammolarni mahallaning oʻzida hal qilish imkoniyatini yanada oshirdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” aʼzolarining aholiga murojaatida mahallada ishsizlikni bartaraf etish, yoshlar muammolarini manzilli oʻrganish va hal etishga qaratilgan vazifalar koʻlami, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, kambagʻal oilalarning uy-joylarini taʼmirlash, uy-joyga muhtoj aholi vakillariga yangidan imorat qurib berish, hududdagi xonadonlar atrofini, butun mahalla hududini koʻkalamzor goʻshaga aylantirish masalalari ilgari surildi.

Bundan tashqari, aholining obodonlashtirish va tozalik bilan bogʻliq muammolarini joyida bartaraf etish “mahalla yettiligi”ning doimiy diqqat-markazida turishi, yil boshidagi xatlovga koʻra aniqlangan, chet elga ishlashga ketgan mahallaning 45 nafar fuqarosi bilan “mahalla yettiligi”ning doimiy aloqasi yoʻlga qoʻyilgani bois, ularning 18 nafari uylariga qaytgani va migratsiyadan qaytganlarni manzilli ravishda ish bilan taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar bundan keyin ham eng ustuvor vazifa boʻlib qolishi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, “mahalla yettiligi”ning murojaatida “Xorijga ish –mahalladan” tamoyiliga koʻra, aholini shartnoma asosida yaxshi haq toʻlanadigan ishlarga tartibli tarzda yuborish boʻyicha manzilli rejalar ishlab chiqilgani, ularning til oʻrganish, kasb-hunar egallash uchun sarflanadigan xarajatlari qoplab berilishi, mehnatga yaroqli aholi oʻrtasida yaxshi daromad olish, yaxshi yashashga intilish, kasb-hunar oʻrganish, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, tomorqadan foydalanish harakatlarini rivojlantirish orqali kambagʻal oilalar bilan manzilli ishlab, ularga imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish madaniyatini oʻrgatishga eʼtibor yanada kuchaytirilishi qayd etildi.

 Shuningdek, mahallada oʻtgan davr mobaynida 15 nafar ayolga imtiyozli kredit va subsidiyalar berilgani, 26 nafar yigit-qizning tashabbuslari qoʻllab-quvvatlangani, 8 ta oilaning oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan farzandlariga shartnoma pullari toʻlab berilgani, 66 nafar xotin-qiz va 39 nafar yoshning bandligi taʼminlangani alohida eʼtirof etilib, bu boradagi ishlar aholi ishtirokida bundan keyin ham yangicha mazmunda davom ettirilishi, ayol-qizlar va yoshlarni kasb-hunar oʻrganishga jalb etish, hududdagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar bilan koʻproq muloqotni yoʻlga qoʻyish, tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini oshirish eʼtibor markazidagi masala boʻlib qolishi uchrashuv ishtirokchilariga manzur boʻldi.

Joriy yilda ilk marotaba “kambagʻal oilalar portreti” yaratilgani uchrashuv ishtirokchilari tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Xususan, bu borada mahallada 10 ta oila tanlab olinib, bu oilalarni kambagʻallikdan olib chiqish choralari koʻrilayotgani, eng avvalo, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish, imtiyozli kreditlar asosida tadbirkorligini boshlashiga koʻmaklashishga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli joriy yil oxirigacha mahallada birorta ham kambagʻal oila qolmasligi haqidagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlardan mahalla fuqarolari mamnun boʻldilar.

Aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishga intilish, buning uchun ularga imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish madaniyatini oʻrgatish, bugun ishsiz, kimningdir koʻmagiga muhtoj oʻtirgan fuqarolarga ertaga ish oʻrinlari yaratishi uchun sharoitlar yaratish, mahalla ahlini ishli qilishga qaratilgan “mahalla yettiligi” aʼzolarining murojaati uchrashuv ishtirokchilarini yanada jipslik bilan harakat qilishga, Farovon mahallasini kambagʻallikdan, ishsizlikdan xoli, obod va farovon goʻshaga aylantirishga haqiqiy chorlov boʻldi.

Ravshan Bahromov

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026