29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 22:58
Jamiyat 👁 304

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlar yanada jadallashmoqda

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlar yanada jadallashmoqda

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasidagi qurilish-taʼmirlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Qaror asosida bank kredit mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Nukus va Moʻynoq tumanlaridagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning sifatli ichimlik suvi taʼminotini yanada yaxshilash choralari koʻrilmoqda.

Xususan, Amudaryo tumanida Ozarbayjonlik Respublikasidan kelgan pudratchi tashkilot “Archico Engineering company” tomonidan 68,5 km magistral va 289,2 km ichki suv tarmoqlarini tortish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda. 29 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ evaziga amalga oshirilayotgan qurilish ishlari natijasida tuman hududida yashovchi 79 minga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi koʻzda tutilayotgan boʻlib, tumanning Choykoʻl, Tosh yop, Oʻrta qalʼa, Kuyuk koʻpir, Bobur nomli, Xitoy, Boʻz yop va Qilichboy ovullari, Bosuv, Arna boʻyi, Jumur ovul, Qizilcholi, Bogʻ, Xizr eli, Ayoqchi mahallalari hamda Mangʻit shahridagi barcha mahallalar hududlaridagi isteʼmolchilarning toza ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanadi. Bugungi kunda qizgʻin pallada davom etayotgan qurilish ishlari nihoyasiga yetgach, tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 80 foizga yetishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori asosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga jami 100 nafarga yaqin quruvchilar, shu jumladan mahalliy ishchilar hamda 20 dan ortiq texnika jalb qilingan. Ayni paytgacha hududlarda jami 5 km magistral suv tarmoqlarini tortish ishlari yakunlangan boʻlib, quruvchilar jadal surʼatlarda ishlamoqdalar.

Taʼkidlash kerakki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, suv isteʼmolini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etish choralari koʻrilmoqda. Natijada suvdan foydalanish, shu jumladan, suv taʼminoti va oqova suv tizimida qator samarali islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlarning barchasi xalq farovonligiga, inson manfaatlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan hududlar aholisi koʻp yillik orzularining ushalayotganini aytib, davlatimiz va hukumatimizga minnatdorchilik bildirishmoqda.

Xalqimizda suv keltirgan – elda aziz, degan naql bor. Tiriklik manbai, poklik, musaffolik ramzi boʻlgan suvni asrab-avaylash, uning har tomchisidan unumli va tejamkor foydalanish barchamizning burchimizdir. Zero, sogʻligʻimiz ham, umrimizning uzoq boʻlishi ham, eng avvalo, ichimlik suvining sifatiga bogʻliq. Mamlakatimizda aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan taʼminlash, oqova suv xizmatlarini yaxshilash, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari qamrovini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar shu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026