30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:03
Jamiyat 👁 341

Yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazildi

Yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazildi

Keyingi yillarda iqtisodiy oʻsish natijasida aholining moddiy holati yaxshilanib, transport vositalari soni ham keskin ortib bormoqda. Bugungi kunda koʻplab oilalar oʻz shaxsiy avtomobiliga ega boʻlishni istaydi, bu esa yoʻllardagi transport vositalari oqimining oʻsishiga sabab boʻladi. Oʻz navbatida transport vositalari sonining ortishi yoʻl harakati xavfsizligi muammosini ham oʻrtaga qoʻyadi. Shu sababli, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish har bir harakat ishtirokchisi va jamiyat uchun katta ahamiyatga ega.

Yoʻl harakati qoidalari har bir qatnashchi uchun yoʻldagi harakatni tartibga solish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan. Bu qoidalar harakat qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab, ularning oʻzini tutishi boʻyicha aniq yoʻl-yoʻriq va koʻrsatmalar beradi. Har bir fuqaro yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish bilan nafaqat oʻz hayoti, balki boshqa insonlarning ham hayotini himoya qiladi. Tartibli yoʻl harakati jamiyatning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy oʻsishi uchun muhim shart-sharoit yaratadi. Bunday qoidalar yoʻllardagi tirbandliklar, shoshilinch holatlarning oldini olishga ham yordam beradi. Tartibsiz va qoidalarga asoslanmagan yoʻl harakati esa turli noqulayliklar, insonlarning jarohat olishi va hatto vafot etishi, transport vositalari va yoʻl infratuzilmasiga moddiy zarar yetishi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimining yoʻl-patrul xizmati xodimlari ham doimiy ravishda oʻz vazifalarini sergaklik bilan bajarib, muntazam ravishda reyd tadbirlarini tashkil qilib kelmoqdalar.

Taʼkidlash joizki, yoʻl harakati qoidalariga koʻra, harakat qatnashchilari yoʻl belgilari va svetoforlar ishoralariga qatʼiy rioya qilishlari lozim. Bundan tashqari, transport vositalari oʻzaro masofani saqlashi, oʻtish joylarida piyodalarga yoʻl berishi, tezlikni belgilangan meʼyorlarda ushlashi zarur. Maxsus ustuvorlikka ega transport vositalariga yoʻl berish ham har bir haydovchining asosiy vazifalaridan biridir. Yoʻlda piyodalar va boshqa haydovchilar bilan muloqot qilish madaniyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoʻl-patrul xizmati xodimlari yoʻllarda tartibni nazorat qilib, qoidalarning buzilishiga qarshi choralar koʻradilar. Ularning asosiy vazifalariga yoʻllardagi harakatni nazorat qilish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, hujjatlarni tekshirish va qonunbuzarliklarni bartaraf etish kabilar kiradi. Har qanday tartib buzish holatlarida yoʻl-patrul xizmati xodimlari harakat qatnashchilariga qoidalarni tushuntirish va ularni javobgarlikka tortish vakolatiga egadir.

Oʻz navbatida har bir transport vositasi egasi ham yoʻl harakatida huquq va majburiyatlarga ega. Ular haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi, transport vositasini belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazishi, yoʻl belgilariga rioya qilishi va boshqa harakat ishtirokchilariga hurmat bilan munosabatda boʻlishi lozim. Haydovchilar yoʻldagi holatlarga doimo diqqatli boʻlib, xavfsizlik kamarlarini taqishi va tezlikni meʼyorda ushlashlari kerak.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimining yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari ham haydovchilarni qoidalarga rioya qilishga chaqirish, hujjatlarni tekshirish va yoʻl harakati tartibini nazorat qilishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Shu oʻrinda yoʻl harakatining barcha ishtirokchilarini amaldagi qoidalarga rioya qilishga, transport vositalarini boshqarishda diqqatni jamlab, telefondan foydalanmaslik, yoʻl belgilari va svetofor ishoralariga qatʼiy rioya qilishga chaqiramiz. Zero, yoʻl qoidasi – umr foydasidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026