30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:01
Jamiyat 👁 472

KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh – ENG USTUVOR YOʻNALISh

KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh – ENG USTUVOR YOʻNALISh

Korruptsiya — bu oʻziga xos murakkab ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy hodisa boʻlib, jamiyat taraqqiyotining muhim omillari boʻlmish tinchlik, osoyishtalik, farovonlik, adolat, qonun ustuvorligi kabi ijtimoiy-huquqiy qadriyatlarni yoʻq qiladi, milliy xavfsizligimizga tahdid soladi. Korruptsiya ortidan kelib chiqadigan barcha oqibatlar mamlakat rivojiga ulkan toʻsiqni paydo qiladi.

Yashiradigan joyi yoʻq, bugungi hayotimizga ogʻriq berib turgan korruptsiya atalmish bu yara — jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Korruptsionerning yagona maqsadi esa bitta: pora olib, berib va unda vositachilik qilib, mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, mansab vakolatidan chetga chiqib, foydalanib,  talon-taroj qilib, davlat qonunlarini har qanday yoʻl bilan aylanib oʻtib, korruptsion jinoyatlari ortidan katta miqdorda moddiy boyliklarga ega boʻlishdir. 

Korruptsiyaga qarshi kurashish Oʻzbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylanib ulgurdi. Buni soʻnggi yillarda sohaga oid qabul qilingan kontseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korruptsiyani oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham koʻrish mumkin.  

Mamlakat taraqqiyotining eng muhim yoʻnalishlari belgilangan Harakatlar strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishida bevosita korruptsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korruptsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Barcha sohalar qatori sud sohasida ham korruptsiya illatlarini yoʻq qilish va uning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida korruptsiyaviy holatlarni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish, ularga chek qoʻyish, uning oqibatlarini, shuningdek, unga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, korruptsiyaga qarshi kurashishda uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish, yaʼni uning oldini olishga qaratilgan harakatlar vaqt va natijadorlik nuqtai nazaridan ancha samarali hisoblanadi. Shu bois, sohada korruptsiyaga qarshi qaratilgan tashkiliy va huquqiy asoslarni yaratish, mavjudlarini zamon talablari asosida takomillashtirish va unga qatʼiy rioya qilish, zarur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni, shu jumladan fuqarolarning ushbu sohadagi bilimini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kutilgan natijalarga erishishga imkon yaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunda bu illatga qarshi kurashning huquqiy mexanizmi yaratilgan boʻlib, u davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagiga, qolaversa, har bir fuqaroga daxldor boʻlgan muhim normativ-huquqiy hujjat ham hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Islohotlarimiz samarasi koʻp jihatdan 4 ta muhim omilga, yaʼni — qonun ustunligini taʼminlash, korruptsiyaga qarshi qatʼiy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bogʻliq. Korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa, “halollik vaktsinasi” bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korruptsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga oʻtishimiz kerak”. Darqaqiqat, korruptsiyaga qarshi kurashish faqat huquqiy javobgarlikni belgilashdan iborat emas. Buning uchun, qonun ustunligini taʼminlaydigan mexanizmlarni kuchaytirish va davlat organlarining institutsional salohiyatini ham kuchaytirish zarur. Shularni hisobga olgan holda, bugungi kunda qonun hujjatlarida sud-huquq sohasida korruptsiyaga barham berish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi maqsad va vazifalari aniqlashtirildi. “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi.  Shuningdek, chinakam mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish, uning nufuzini oshirish hamda sudyalar mustaqilligini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi, ularni tanlash, tayinlash tizimi takomillashtirildi. Sudyalar mustaqilligini taʼminlash va sud tizimida korruptsiyaning oldini olish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Sudyalar oliy kengashi tarkibida sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korruptsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspektsiyasi tuzildi. “Ibratli sudya” mukofoti joriy etildi. Sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, sudyalar daxlsizligini taʼminlash hamda tizimda korruptsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi. Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash boʻyicha imtihon jarayonlarini Internet tarmogʻi (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borishni yoʻlga qoʻyish, sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibi hamda sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni taʼminlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish belgilandi; beshinchidan, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan xalqchil tamoyil asosida barcha pogʻonadagi mansabdor va masʼullarning odamlar ichiga kirib borish, ularning muammolarini uyma-uy yurib hal etish tizimining joriy etilgani korruptsiyaga qarshi kurashishda oʻzining samarasini bera boshladi.

B.Dosimbetov, Nukus tumanlararo maʼmuriy sudi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026