30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:04
Jamiyat 👁 414

“Insonga xizmat – oliy qadriyat” shiori ostida kouching dasturi tashkil etildi

“Insonga xizmat – oliy qadriyat” shiori ostida kouching dasturi tashkil etildi

2024-yil 6-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining majlislar zalida aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Insonga xizmat – oliy qadriyat” shiori ostida kouching dasturi tashkil etildi. Tadbir Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻtkazildi va unda tumani hokimining oʻrinbosari Goʻzal Soburova, markaz direktori Gʻulomjon Duysenbayev hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda tashkilotlchilar tomonidan markazning asosiy vazifalari va ijtimoiy xodimlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarga huquqiy yechimlar taklif qilindi.

Tadbir davomida tumanda yashovchi fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan masʼullarga murojaat qilib, javoblar olish imkoniga ega boʻldilar. Ular markazning asosiy yoʻnalishlari va amalga oshiradigan ishlari haqida maʼlumotlar bilan tanishdilar.

Tadbir davomida markazning mahallada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish shoʻʼbasi mudiri, bosh ijtimoiy xodim Bahriddin Turabayev mahallada aholiga qulay sharoit yaratish, ijtimoiy yordamni tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.

Katta yoshdagilar va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushgan oilalar bilan ishlash shoʻʼbasi mudiri Hamidjon Narbayev esa aholining zaif qatlamlariga yordam berish, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Ishtirokchilar markazning ijtimoiy toʻlovlar shoʻʼbasi boʻyicha bosh mutaxassis Sirojiddin Jumabayevning ijtimoiy toʻlovlar tartibi, ularni toʻlash jarayoni va aholini qoʻllab-quvvatlashdagi roli haqidagi taqdimotini ham qiziqib tingladilar.

Markazning bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻʼbasi mudiri Jahongir Xolmurodov esa kouching ishtirokchilariga bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning huquqlarini taʼminlash va qiyinchiliklarga duch kelgan oilalar bilan ishlash jarayoni haqida maʼlumotlar berdi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash shoʻʼbasi mudiri Murodjon Boltayev esa imkoniyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, ular uchun qulay muhit yaratish hamda ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga markazning turli faoliyat yoʻnalishlari, jumladan, aholining ijtimoiy himoyasi va yordam berish mexanizmlari haqida keng turda maʼlumotlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning kundalik hayotida duch keladigan ijtimoiy muammolarga yechim topish maqsadida ishtirokchilarga huquqiy maslahatlar ham berildi. Bu xizmatlar aholining turli guruhlari, jumladan, bolalar, keksa yoshdagi shaxslar va nogironligi bor kishilarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgani bilan nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir soʻngida ishtirokchilarga markaz direktori Gʻulomjon Duysenbayev tomonidan fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy masalalarga qiziqishi uchun minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, 10 nafar fuqaroga esdalik sovgʻalari topshirildi, bu esa markazning fuqarolarga nisbatan eʼtibori va ehtiromini amalda namoyon qildi.

“Insonga xizmat – oliy qadriyat” shiori ostidagi tashkil qilingan kouching aholining ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyojini qondirishda va bu boradagi bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etib, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026