30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:10
Siyosat 👁 490

Xalq deputatlari tuman Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

2024-yil 8-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga tumandan saylangan deputatlar, tuman hokimining oʻrinbosarlari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, OAV vakillari va tuman faollari taklif etildi.

Sessiyani tuman saylov komissiyasi raisi Yalgʻosh Shomurodov ochdi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga 2024-yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida axborot berdi.

Axborotda qayd qilinganidek, saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga qatʼiy amal qilingan holda ochiq va oshkora tarzda amalga oshirilgan. Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 64 ta saylov uchastkalarida oʻtkazilgan ovoz berish yakunlariga koʻra 125 nafar nomzoddan okruglar boʻyicha saylovchilarning eng koʻp ovozini olgan 25 nafari deputat qilib saylangan va roʻyxatga olingan. Ularning 11 nafari ayollar, 12 nafari esa birinchi marta deputatlikka saylangan nomzodlardir.

Deputatlar orasida muhandis-mexaniklar 3 nafarni, oʻqituvchilar 10 nafarni, shifokorlar 3 nafarni, agronomlar 5 nafarni va boshqa soha mutaxassislari 4 nafarni tashkil qiladi.

Sohalar boʻyicha esa qishloq xoʻjaligi xodimlari 2 nafar, sanoat xodimlari 2 nafar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari vakillari 3 nafar, xalq taʼlimi sohasi xodimlari 8 nafar, sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari 2 nafar, hokimlik xodimlari 2 nafar va fuqarolar yigʻinlari xodimlari 6 nafarni tashkil qiladi.

Saylanganlarning barchasi oliy maʼlumotli mutaxassislardir. Deputatlar orasida 30 yoshgacha boʻlganlar 1 nafarni, 30-40 yoshgacha boʻlganlar 4 nafarni, 40-50 yoshgacha boʻlganlar 5 nafarni, 50-60 yoshgacha boʻlganlar 11 nafarni va 60 yoshdan oshganlar 4 nafarni tashkil qiladi.

Shundan keyin “Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi masala muhokama qilindi. Kengash qarori bilan Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan 7 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 6 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 3 nafar, Xalq demokratik partiyasidan saylangan 6 nafar va Ekologik partiyadan saylangan 3 nafar deputatdan iborat partiya guruhlari roʻyxatga olindi.

Deputatlar shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizomni ham tasdiqladilar.

Sessiyada keyin “Amudaryo tumani hokimini tayinlash toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining farmoyishini tasdiqlash haqida”gi masala koʻrib chiqildi.

Deputatlar eʼtiboriga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining 2024-yil 6-noyabrda qabul qilingan “Xoʻjametov Sobir Jabbarberganovichni Amudaryo tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi taqdim qilindi. Soʻngra nomzod boʻyicha deputatlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Soʻzga chiqqanlar Sobir Xoʻjametovning koʻp yillar davomida Amudaryo tumani va Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida turli tashkilotlarda, vazirlik va idoralarda samarali faoliyat yuritgan katta tajribaga ega rahbar ekanligini qayd qilib, uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

“Xoʻjametov Sobir Jabbarberganovichni Amudaryo tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining farmoyishi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Shundan keyin Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov tumanni kelgusi 5-yil davomida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha dasturini taqdim qildi.

Taqdimotda taʼkidlanganidek, 2024–2029-yillarda tumanni har tomonlama rivojlantirish uchun qabul qilingan dasturning asosiy maqsadi aholi farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashdir. Tuman hokimi oʻz maʼruzasida asosiy eʼtiborni iqtisodiyot, sanoat, qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik, taʼlim va tibbiyot sohalarini rivojlantirish masalalariga qaratdi.

Dasturda tumanning iqtisodiy oʻsishini yanada yaxshilash maqsadida sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalarini rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Masalan, sanoat hajmi 2024-yil yakuni boʻyicha 1,6 trln. soʻmni tashkil qilishi kutilayotgan boʻlsa, 2029-yilga kelib bu koʻrsatkichni 2,9 trln soʻmga yetkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish maqsadida yerdan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, intensiv bogʻ va tokzorlar barpo qilish koʻzda tutilmoqda.

2025-2029-yillar davomida tumanda umumiy qiymati 130 mln dollarga teng boʻlgan 345ta yangi investitsion loyihalarni ishga tushirish va 2 684ta yangi ish oʻrinlari tashkil etish, 250 mln dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish, shu bilan birga tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini 83,9 mln dollarga yetkazish, bunda, eksportchi korxonalar sonini 20taga yetkazib, eksport geografiyasini 10ta davlatga, eksport qilinadigan yangi mahsulotlar turlarini esa 20taga yetkazish reja qilinmoqda.

Ijtimoiy yoʻnalishda esa ishsizlikni 4,4 foizga tushirish, taʼlim tizimini takomillashtirish va maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 82,2 foizga yetkazish, tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. 2025-2029-yillarda tuman hududida qoʻshimcha 2ta yangi umumtaʼlim maktabi qurish, 5ta umumtaʼlim maktablarini mukammal taʼmirlash hamda 2ta maktabda rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish orqali qoʻshimcha 1 880 nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida infratuzilmani yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, yoʻl va koʻpriklarni taʼmirlash, yashil maydonlar yaratish va boshqa yoʻnalishlarda ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Dastur kelgusi 5-yil davomida tumanning iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga, aholining turmush darajasini yanada oshirishga qaratilgan aniq va manzilli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan.

Taqdimotdan keyin sessiyani tuman hokimi – xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi Sobir Xoʻjametov olib bordi.

Sessiya kun tartibidagi soʻnggi masala muhokamasidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining Qoʻshma majlisi Maslahat kengashiga 21-Choykoʻl saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Yaxshimurat Axmedovning nomzodi tavsiya etildi.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar boʻyicha Kengash qarorlari qabul qilinib, shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

amunews.uz veb-sayti tahririyati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026