Kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obʼektlarida barqaror issiqlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi
Kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obʼektlarida barqaror issiqlikni taʼminlash ushbu muassasalardan foydalanuvchilarning salomatligini saqlashda muhim omil sanaladi. Maktablar, shifoxonalar, bolalar bogʻchalari va boshqa ijtimoiy obʼektlarda isitish tizimining uzluksiz ishlashi nafaqat qulay muhitni yaratish, balki hodimlar va foydalanuvchilarning samarali faoliyat yuritishlari uchun ham nihoyatda zarur. Isitish tizimlarining barqarorligi ish jarayoni samaradorligini oshirish va aholiga xizmat koʻrsatish sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Shu maqsadda har yili kuz-qiz mavsumi oldidan tegishli choralar amalga oshirilib, mavsum davomida ishlar uzluksiz tashkil qilinadi. Bu borada Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan choralar bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi masʼullari tuman hokimi Sobir Xoʻjametov va soha mutasaddilari ishtirokida ijtimoiy soha obʼektlarida boʻlib, oʻrganishlar olib bordi.
Oʻrganishlar davomida ijtimoiy soha obʼektlarida isitish tizimlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va samaradorlik koʻrsatkichlariga rioya qilish katta ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Tegishli tashkilotlarda isitish tizimlari mavsum boshlanishidan oldin tekshiruvdan oʻtkazilgani va taʼmirlangani tekshirilib, qurilmalardan oqilona foydalanish va energiyani tejash nafaqat iqtisodiy samara keltirishi, balki resurslarni tejashga ham yordam berishi alohida taʼkidlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶