30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:10
Qishloq xoʻjaligi 👁 362

Kanal va ariqlarni betonlashga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Kanal va ariqlarni betonlashga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda mavjud suv zaxiralaridan samarali foydalanishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Suvning har qatrasini tejab, undan oqilona foydalanishni bugun hayotning oʻzi taqozo etmoqda. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl hosil olishda, ekin yerlarining meliorativ holatini yaxshilashda, ularning unumdorligini oshirishda suvning ahamiyati katta, albatta.

Qishloq xoʻjaligining boshqa sohalari qatori suv tizimi xodimlari uchun ham yilning toʻrt fasli birdek ish mavsumi hisoblanadi. Ayni kunda suv xoʻjaligi ishchi va mutaxassislari kuzgi-qishki tadbirlar doirasida ariq va kanallarni tozalash, ularni betonlashtirish ishlariga eʼtibor qaratib, shoʻr yuvish va kelgusi yilgi vegetatsiya mavsumi oldidan ekin maydonlarini suv bilan uzluksiz taʼminlashga zamin yaratmoqdalar. Sababi, dalalarning suvga boʻlgan talabi keskin kamaygan bugungi davr suv xoʻjaligi xodimlari uchun dolzarb ish mavsumi sanaladi. Aynan shu davrda ariq va kanallar hamda boshqa suv inshootlari tartibga keltiriladi, ularda taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

Amudaryo tumanida ham suvni tejash, kanal va ariqlarda suv yoʻqotilishining oldini olish uchun xavzalarini betonlash ishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish, suv isrofini kamaytirish uchun betonlashning ahamiyatiga urgʻu qaratish maqsadida tumanning Choykoʻl ovuli hududidagi “Xadaybergan Jabborovich” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli hududda seminar oʻtkazildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha maslahatchisi Murodboy Abdirov, Suv xoʻjaligi vaziri Baxtiyor Juzboyev, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, qishloq va suv xoʻjaligi sohalari masʼullari hamda fermerlar ishtirok etdilar.

Seminarda soʻzga chiqqanlar qishloq xoʻjaligi sohasi rivojida suv muhim ahamiyatga ega ekanligini, uni isrof qilmasdan, tejab ishlatish hamda mavjud suv zaxiralaridan samarali foydalanish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan ekanligini taʼkidladilar. Qishloq xoʻjaligida suvdan samarali foydalanishda ariq va kanallarni betonlashtirish juda katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Aytish joizki, davlatimiz rahbari joriy yilning 7-oktyabr kuni suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, qishloq xoʻjaligida yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlariga bagʻishlangan yigʻilishda suv tanqisligi muammosining yagona toʻgʻri yechimi suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish va ariqlarni betonlash ekanligini qayd etib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligini taʼkidlagan edi. Yigʻilishda 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd soʻm yoʻnaltirilishi, betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar qurilishi qayd qilindi. Prezidentimiz oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda 550 kilometr kanal va ariqlar betonlangani evaziga 200 ming gektar maydonda suv taʼminoti yaxshilanganini, yiliga 450 million kub metr suv tejalayotganini taʼkidlab, fermer va klasterlar tomonidan ham 13 ming km ichki suv yoʻllari betonlanganini, bu ishlar kelgusida ham davom ettirilishini qayd etdilar.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Amudaryo tumanida 296,6 km uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar, 1 ming 342 km ichki xoʻjalik kanallari mavjud. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, kanallarda suv yoʻqotishlarni kamaytirish maqsadida tumanda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumida 40 km uzunlikda xoʻjaliklararo kanallarni, 300 km uzunlikda ichki xoʻjalik kanallarni betonlash rejalashtirilgan. Shu kungacha 0,25 km uzunlikda ichki xoʻjalik kanallari betonlangan boʻlib, bu boradagi ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. Seminarda ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli masʼullarga zarur koʻrsatma hamda tavsiyalar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026