29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:37
Jamiyat 👁 414

AMUDARYo TUMANIDAGI 80-SONLI MAKTABDA "VATAN TAYaNChI" OTRYaDI TUZILIB, OTRYaD AʼZOLARIGA KOʻKRAK NIShONLARI TOPShIRILDI

AMUDARYo TUMANIDAGI 80-SONLI MAKTABDA "VATAN TAYaNChI" OTRYaDI TUZILIB, OTRYaD AʼZOLARIGA KOʻKRAK NIShONLARI TOPShIRILDI

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan va maʼnan barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish, ularni turli mafkuraviy xurujlar taʼsiriga tushib qolishlaridan asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlar tufayli bugungi davr yoshlari oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha samarali natijalarga erishmoqdalar. Chunki yoshlarga eʼtibor – millat kelajagiga eʼtibor, el-yurt osoyishtaligi va farovonligi yoʻlidagi mustahkam zamindir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyatida ham oʻsib kelayotgan yosh avlodni ona Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash masalasi eng dolzarb va ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Prezidentimizning ushbu Qarorigi asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakati faoliyatining yoʻlga qoʻyilgani natijasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida ona Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli va masʼuliyatli kasbni tanlashga boʻlgan intilishlar yanada ortdi. Vatan taqdirini oʻz taqdiri deb bilish, el-yurt, mahallasi va oʻz oilasi obodligi va farovonligiga daxldorlik hissi bilan yashash tuygʻusi mazkur harakat aʼzolarining ezgu orzusiga aylandi.

Bu borada Yoshlar ishlari agentligining Amudaryo tuman boʻlimi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Mudofaa ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar ham eʼtiborga molik. Ushbu tashkilotlarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli tumandagi umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf koʻngilli oʻquvchilaridan iborat “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etilib, bu otryadlarning aʼzolariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirilmoqda.

Yaqinda tumandagi 80-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Vatan tayanchi” otryadini tashkil etishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor Sh.Mamatov, Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Z. Saʼdullayev, 80-sonli umumtaʼlim maktabi direktori N.Siytboyev, mazkur maktabning chaqiriqqacha boshlangʻich taʼlim rahbari I.Yerdoshev hamda tumandagi umumtaʼlim maktablarining chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari, 80-sonli maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor Sh.Mamatov oʻquvchilarga “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harakatining vazifalari, ushbu harakat aʼzolariga beriladigan imtiyozlar xususida batafsil maʼlumotlar berdi.

Harakat aʼzolari vatanparvar, el-yurt taqdiriga daxldor, maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan va aqlan yuksak salohiyatli, mamlakatimiz qonunlarini chin dildan hurmat qiladigan, nafaqat oʻz oilasi, balki xalqining osoyishtaligi va farovonligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatishga qodir insonlar boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng, “Vatan tayanchi” harakati aʼzolari boʻlish istagini bildirgan oʻquvchi-yoshlar bilan masʼullar oʻrtasida samimiy muloqot muhiti yaratilib, unda maktabning 10-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdilar va 10-sinfning koʻngilli oʻquvchilaridan iborat “Vatan tayanchi” otryadi tuzilib, otryad aʼzolariga maxsus koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir yakunida “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari boʻlgan yoshlar ustozlari va masʼullarga kelgusida ona Vatan taqdiriga daxldorlik hissi, milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga hamda mamlakatimiz qonunlariga qalblarida chuqur hurmat va ehtirom tuygʻulari bilan yashashga ahd qilganlarini izhor etdilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026