30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Jamiyat 👁 507

Yangi yil bayrami arafasida “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan hamda nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimiz ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi

Yangi yil bayrami arafasida “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan hamda nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimiz ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabr kungi “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-mart kungi “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumandagi “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz va bir oʻzi yashovchi keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning holidan xabar olish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishdan tashqari, ularning hayotdan rozi yashashlarini taʼminlashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy koʻngilochar tadbirlar oʻtkazishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, turli bayram sanalari munosabati bilan saxovatpesha tadbirkorlarni jalb qilgan holda ularning madaniy tadbirlarda ishtirokini tashkil qilish, jumladan musiqa va sanʼat maktablarining hisobot kontsertlari, teatrlardagi spektakllar, turli xil davra suhbatlari, uchrashuvlar va treninglarda qatnashishi uchun sharoit yaratish, ular ishtirokida samimiy muloqot va adabiy-musiqiy dam olish kechalarini tashkil etishga qaratilgan saʼy-harakatlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 21-dekabr sanasida Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman Madaniyat boʻlimi, “Ravshanbek Yulduzxon” firmasi hamda “Diamond” restorani hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda “Nuroniylar” jamgʻarmasi jamoatchilik Kengashi Amudaryo tumani boʻlimi raisi Bekman Allaberganov, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Gʻulomjon Duysenboyev hamda mahalla tizimi faollari ishtirok etdilar.

Tadbirni nuroniy Bekman Allaberganov ochib berdi va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, keksalarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar haqida soʻzlab, barchani yaqinlashib kelayotgan yangi – 2025-yil bilan muborakbod etdi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Gʻulomjon Duysenboyevlar ham tadbir ishtirokchilariga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirishib, oʻtkazilayotgan tadbirdan maqsad “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz va yolgʻiz yashovchi keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiylashuvini taʼminlash, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash va ijtimoiy jabhalardagi faolligini oshirishdan iborat ekanini, bu borada yana yangi islohotlarni amalga oshirish hamda koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilganligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbir davomida tuman madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan qiziqarli tomoshalar namoyish etildi. Ayniqsa, Qudrat Matsafoyev boshchiligidagi illyuzion chiqishlar, koʻzboylagʻich va masxarabozlik sanʼatiga oid tomoshalar, biri-biridan yoqimli kuy va qoʻshiqlar, dilrabo raqslar ijro etilib, barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir yakunida ishtirokchi keksalar ham soʻzga chiqib, davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrlik, insonni hayotdan zavq olib yashashga ragʻbatlantiruvchi xizmatlar hamda olib borilayotgan barcha ishlardan mamnunliklarini bildirishib, tadbir tashkilotchilariga oʻz minnatdorchiliklarini izhor etdilar va barchani kirib kelayotgan bayram munosabati bilan muborakbod qildilar.

Yangi yil bayrami arafasida, fayzli dasturxon atrofida oʻtkazilgan tadbir mamlakatimizda inson qadri hamma narsadan ulugʻ ekani, hech kim davlatimiz gʻamxoʻrligi va eʼtiboridan chetda qolmasligi hamda xalqimiz uchun oʻzaro mehr-oqibat, saxovatpeshalik azaliy qadriyat ekanligining amaliy ifodasi boʻldi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026