14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:16
Jamiyat 👁 291

Amudaryo tumanida energiya resurslari taʼminoti ahvoli oʻrganildi

Amudaryo tumanida energiya resurslari taʼminoti ahvoli oʻrganildi

Bugun Yangi Oʻzbekistonda sohalar kesimida amalga oshirilayotgan islohotlar ham yangicha. Ijtimoiy hayotimizdagi har bir sohaga yangicha nafas, yangicha yondashuv hamda ana shu sohalarda ishlayotgan xodimlar faoliyatiga ham kuchli masʼuliyat kirib kelganday goʻyo. Davlatimiz rahbarining olib borayotgan odilona siyosati, amalga oshirilayotgan samarali islohotlar hamda har bir jabhada oʻrnatilgan nazorat oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda. Masʼullarning oʻz ishiga boʻlgan masʼuliyati va mehri ortgan. “Sen tegmasang – men tegmayman” kabi qoʻshtirnoq ichidagi yondashuvlar oʻtmishda qolib, mutasaddilar joylarga chiqqan holda, oʻz vaqtida muammolarni oʻrganib, ularga yechim topmoqdalar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurorining oʻrinbosari Sh.Muxamatov Amudaryo tumanida qish mavsumini betalafot oʻtkazish, jismoniy va yuridik isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash, energiya resurslarini iqtisod qilish, tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va uni bartaraf etish boʻyicha reyd tadbirlarini samarali oʻtkazish hamda tumanda tibbiyot sohasidagi ahvol, sohada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Tadbir dastlab, tuman tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimini koʻzdan kechirish, boʻlimda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganishdan boshlandi. Shuningdek, tadbir davomida tuman yuqumli kasalliklar boʻlimi va narkologiya boʻlimlariga ham tashrif buyurilib, u yerdagi ahvol, yaratilgan sharoitlar hamda bemorlarning davolanish davomiyligi, xonalardagi issiqlik tizimi boʻyicha va yana shu kabi koʻplab masalalar oʻrganildi.

Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurorining oʻrinbosari Sh.Muxamatov tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati Amudaryo tuman elektr taʼminoti korxonasi va “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” aktsiyadorlik jamiyatining Amudaryo tuman gaz taʼminoti boʻlimi dispetcherlik xizmatlari, murojaatlarni qabul qilish markazlari faoliyati hamda zaxira ombori oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini, ayniqsa, yirik talon-tarojliklarni aniqlash yuzasidan ishlarni jadallashtirish boʻyicha aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida Amudaryo tuman ichki ishlar boʻlimi faoliyati, tuman hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi oʻrganildi. Jumladan, tuman IIB navbatchilik qismi va tergov-tezkor guruhi faoliyati tahlil qilinib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga, tuman IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasidagi shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, kelgusida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli tashkil etish, jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirish, jamoat tartibi va aholi xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bundan tashqari, “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarga kuch va vositalarni toʻgʻri taqsimlash orqali, ushbu mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olinishi taʼkidlandi.

Albatta, bu kabi tadbirlar kelgusida oʻz samarasini berib, yuqorida tilga olingan sohalardagi mavjud muammo va kamchiliklar oʻz yechimini topsa, ajab emas.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019