30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:05
Sport 👁 918

Sportning voleybol turi boʻyicha ayollar oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi

Sportning voleybol turi boʻyicha ayollar oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi

Bahor nafasi bilan kirib keladigan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni yurtimizda katta shodiyonalar bilan nishonlanadi. Bu kun ayollarga boʻlgan hurmat va eʼtibor yana bir bor namoyon boʻlib, ularning jamiyatdagi beqiyos oʻrni eʼtirof etiladi. Oʻzbekistonda xotin-qizlar turli sohalarda faoliyat yuritib, nafaqat ilm-fan, balki sportda ham oʻz salohiyatini namoyon etmoqda. Ayniqsa, taʼlim sohasida ishlayotgan ayol pedagoglar jismoniy faollik va salomatlikka eʼtibor qaratish barobarida, sportda ham faol ishtirok etmoqdalar.

Bayram arafasida Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida taʼlim sohasi vakillari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Mazkur musobaqa pedagoglar oʻrtasida jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil qilindi.

Musobaqada tumanning yetakchi umumtaʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan ayol pedagoglardan iborat jamoalar ishtirok etdi. Bellashuvlar ancha keskin va murosasiz ruhda oʻtdi. Har bir jamoa gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqini namoyon etib, oʻzining kuchli texnikasi, aniq zarba va chiroyli kombinatsiyalari bilan sport ixlosmandlarini xushnud etdi.

Musobaqaning dastlabki bosqichida jamoalar oʻzaro bahs olib borib, kuchlilar saralab olindi. Final bosqichiga yetib kelgan jamoalarning oʻyini esa yanada murosasiz kechdi. Ishtirokchilar maydonda kuchli hujumlar tashkil etish va himoyada ishonchli oʻynash orqali raqiblariga qarshi kurash olib bordilar.

Ayniqsa, 28-sonli va 7-sonli umumtaʼlim maktablari jamoalari oʻrtasidagi final bahsi tomoshabopligi va shiddati bilan ajralib turdi. Ikkala jamoa ham gʻalaba uchun oxirigacha kurash olib bordi, ammo 28-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi oʻzining kuchli taktik oʻyini va jamoaviy hamjihatligi bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Qizgʻin kechgan bahslar natijasida 28-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi 1-oʻrinni egalladi. 2-oʻrin 7-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasiga nasib etdi. 3-oʻringa esa 12-sonli va 11-sonli umumtaʼlim maktablari jamoalari munosib koʻrildi.

Bellashuvlar yakunida gʻolib va sovrindor jamoalar Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida taʼlim sohasidagi ayollarning sportga boʻlgan qiziqishi va faolligi yuqori baholandi. Tashkilotchilar bu kabi musobaqalarning ahamiyatini qayd etib, kelgusida bunday tadbirlar doimiy ravishda oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Voleybol sport turi jamoaviylik va oʻzaro tushunishni talab qiladigan oʻyindir. Bu sport insonda jismoniy chiniqishni taʼminlab, tezkorlik, iroda va strategiya yuritish qobiliyatini rivojlantiradi. Mazkur musobaqa ham pedagoglar oʻrtasidagi doʻstona muhitni yanada mustahkamlash, ularni sogʻlom turmush tarziga kengroq jalb etishga xizmat qildi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026