28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:43
Jamiyat 👁 332

Qonun boʻyicha meros olish tartibidan xabardormisiz?

Qonun boʻyicha meros olish tartibidan xabardormisiz?

Agar vasiyatnoma mavjud boʻlmasa yoki u butun merosning taqdirini belgilamasa, shuningdek, Fuqarolik Kodeksida belgilangan boshqa holatlarda meros qonun boʻyicha olinadi. Qonun boʻyicha merosxoʻrlar Fuqarolik Kodeksining 1135 – 1141-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida chaqiriladilar.

Qonuniy meros olishda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari bir tomondan, farzandlikka oluvchi va uning qarindoshlari esa ikkinchi tomondan tugʻishgan qarindoshlarga tenglashtiriladi. Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning biologik ota-onasi, bova-buvisi, aka-ukalari va opa-singillari vafotidan keyin qonuniy meros olmaydilar. Shuningdek, farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi va qarindoshlari ham u va uning avlodlari vafotidan soʻng meros ololmaydi.

Har bir navbatdagi merosxoʻrlar faqat oldingi navbatdagi merosxoʻrlar boʻlmagan, chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoki undan voz kechgan hollardagina meros olish huquqiga ega boʻladi.

Birinchi navbatdagi merosxoʻrlar: Meros qoldiruvchining farzandlari (shu jumladan farzandlikka olinganlar), turmush oʻrtogʻi va ota-onasi (farzandlikka olganlar) teng ulushlarda birinchi navbatdagi merosxoʻrlar hisoblanadilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tugʻilgan farzandlari ham birinchi navbatga kiradi.

Ikkinchi navbatdagi merosxoʻrlar: Tugʻishgan va yarim tugʻishgan aka-ukalar, opa-singillar, hamda meros qoldiruvchining onalik va otalik bobosi hamda buvisi teng ulushlarda meros olishadi.

Uchinchi navbatdagi merosxoʻrlar: Meros qoldiruvchining tugʻishgan amakilari, togʻalari, ammalari va xolalari uchinchi navbatdagi merosxoʻrlar hisoblanadi.

Toʻrtinchi navbatdagi merosxoʻrlar: Meros qoldiruvchining oltinchi darajagacha boʻlgan (oltinchi daraja ham shu jumlaga kiradi) boshqa qarindoshlari toʻrtinchi navbatda meros olishadi. Bunda yaqinroq qarindoshlar uzoqroq qarindoshlarga nisbatan ustunlikka ega boʻladilar. Ushbu navbatdagilar teng ulushlarda meros oladilar.

Beshinchi navbatdagi merosxoʻrlar: Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimandalari, agar ular boshqa moddalarga koʻra meros olmasa, beshinchi navbatda meros olish huquqiga ega boʻladilar.

Taqdim qilish huquqi boʻyicha meros: Agar qonuniy merosxoʻr meros ochilishidan oldin vafot etsa, unga tegishli boʻlgan ulush uning avlodlariga oʻtadi. Ulush bir xil darajadagi qarindoshlar orasida teng taqsimlanadi. Bu hol bola, nevara, chevara, evara uchun qarindoshlik darajasidan qatʼi nazar, amal qiladi. Yon qarindoshlik asosida esa tugʻishgan aka-ukalar nomidan jiyanlar, tugʻishgan amakilar yoki xolalar nomidan esa ularning farzandlari meros oladi.

Merosni qabul qilish huquqining oʻtishi (transmissiya): Agar merosga chaqirilgan shaxs meros ochilgach, uni qabul qilmasdan vafot etsa, uning oʻrniga bu huquq uning qonun boʻyicha (yoki vasiyat boʻyicha) merosxoʻrlariga oʻtadi. Bu hol meros tarkibiga kiritilmaydi. Transmissiya asosida meros umumiy tartibda qabul qilinadi, biroq merosning majburiy ulushi bu tartibda oʻtmaydi.

Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari: Agar ular meros qoldiruvchining vafotidan oldin kamida bir yil u bilan birga yashagan va uning qaramogʻida boʻlgan boʻlsa, ular qonuniy merosxoʻrlar hisoblanadilar. Agar ular navbatdagi merosxoʻrlar roʻyxatida boʻlmasa ham, bu huquq ularga beriladi. Ular boshqa merosxoʻrlar bilan birga, koʻpi bilan merosning toʻrtdan bir qismini olishlari mumkin.

Majburiy ulush olish huquqi: Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari (shu jumladan farzandlikka olinganlar), mehnatga qobiliyatsiz turmush oʻrtogʻi, ota-onasi (shu jumladan farzandlikka olganlar) qonun boʻyicha voris boʻlsalar, vasiyat mazmunidan qatʼi nazar, ularga tegishli boʻlgan ulushning kamida yarmi majburiy ulush sifatida beriladi. Majburiy ulushga uy-roʻzgʻor buyumlari va vasiyat majburiyatlari qiymati ham qoʻshiladi. Vasiyatnomada belgilangan cheklovlar faqat majburiy ulushdan ortiqcha qismga nisbatan haqiqiy hisoblanadi.

Turmush oʻrtogʻining huquqlari: Merosga daʼvo qiluvchi turmush oʻrtogʻi bilan nikohda boʻlganlik holati asosida belgilanadi. U nikoh mobaynida orttirilgan umumiy mulkning tegishli qismi ustidan ham alohida mulk huquqiga ega. Agar merosning bir qismi vasiyat asosida oʻtsa, vasiyat ijrochisi butun merosni, shu jumladan qonuniy meros tarkibini ham boshqaradi.

 

Goʻzal Norimbatova, Amudaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026