30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:23
Fan va taʼlim 👁 5,088

Ochiq darslar oʻqituvchi salohiyatini belgilaydi

Ochiq darslar oʻqituvchi salohiyatini belgilaydi

Mamlakatimizda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida yaratilgan shart-sharoitlar, har yili sohaga yoʻnaltirilayotgan yangi innovatsion loyihalar bugungi davr akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻqituvchilarini doimiy ravishda oʻz ustida ishlashga, oʻqib-izlanishga undashi tabiiy. Chunki, oʻz mutaxassisligi boʻyicha chuqur bilim va salohiyatga ega boʻlmagan, darslarida zamonaviy pedtexnologiyalardan unumli foydalanishning uddasidan chiqolmaydigan fan oʻqituvchisi Oʻzbekiston kelajagi boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalashdek sharafli ishga aslo munosib emas. Shu bois, ayni kunlarda tumanimizdagi akademik litsey vakasb-hunar kollejlarida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish - hozirgi zamon bosh mezoni” mavzusida oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazilmoqda.

Oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, fan oʻqituvchilarining oʻquvchilar bilan ishlashishdagi oʻziga xos uslub va tajribalarini keng ommalashtirish hamda oʻqituvchi mehnatini maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan ana shunday oʻquvamaliy seminari Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejida ham boʻlib oʻtdi. 9 ta fan yoʻnalishi boʻyicha ochiq dars shaklida oʻtkazilgan oʻquv-amaliy seminarida fizika, astronomiya, kimyo, tarix, informatika va axborot texnologiyalari, ingliz tili, tikuvchilik oʻquv amaliyoti, toʻquvchilik oʻquv amaliyoti, chilangarlik ishlari oʻquv amaliyoti, toʻquvchilik maxsus texnologiyasi fanlari boʻyicha tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan tashrif buyurgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, 80 daqiqalik dars jarayonida fan oʻqituvchilari hamkasblarining oʻz mutaxassisliklari boʻyicha qay darajada bilim va salohiyatga ega ekanliklarini amalda koʻribgina qolmay, ilgʻor tajriba va dars oʻtish uslublari bilan yaqindan tanishdilar. Ochiq darslar yakunidan soʻng, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, tajribali pedagog Bekbergan Yusupov rahbarligida tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktor oʻrinbosarlari va fan oʻqituvchilari tomonidan darslar tahlil qilinib, natijasi qizgʻin muhokama etildi va gʻoliblar aniqlandi. Unga koʻra, toʻquvchilik oʻquv amaliyoti boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi Gulmira Xudoynazarova oʻtkazgan oʻquv-amaliy darsi 1-oʻringa munosib koʻrildi. Toʻquvchilik maxsus texnologiyasi fan oʻqituvchisi Qunduzoy Matyoqubova 2-oʻrin, kimyo fani oʻqituvchisi Dildora Avezova 3-oʻrin sohibalari boʻlishdi.

Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi tomonidan 1-, 2-, 3-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

Fan oʻqituvchilarining kasbiy malakalarini yanada oshirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, oʻz kasbiga fidoyi oʻqituvchilar mehnatini maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish - hozirgi zamon bosh mezoni” mavzusida tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminari tumanimizdagi akademik litsey va barcha kasb-hunar kollejlarida boʻlib oʻtmoqda.

R.YOʻLDOShEVA, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri.
(Foto - http://uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026