30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 182

Gʻalla oʻrimiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Gʻalla oʻrimiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanining Bogʻ mahallasidagi yetakchi xoʻjaliklardan biri – “Rahimboyev Azizbek” fermer xoʻjaligi dalasida joriy yilgi gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumining boshlanishiga bagʻishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining agrar, suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qoʻmitasi raisi Anuarbek Jumanazarov, Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qoʻmitasi raisi Islam Sdikov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari, nuroniy otaxonlar, fermerlar, jamoatchilik vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev Qurʼon tilovat qilib, ushbu mavsumning barakali va betalafot oʻtishini soʻrab duo qildi.

Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, gʻalla mavsumi har bir fermer, har bir dehqon uchun muhim sinov davri boʻlishi bilan birga, yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligi uchun gʻoyat dolzarb ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, tumanda 2025-yil hosili uchun 270 ta fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 4800 gektar maydonga gʻalla ekilib, ushbu maydonlarda yetishtirilgan hosilning 11 ming 130 tonnasini kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha qabul maskanlariga topshirish rejalashtirilgan.

Tumanda gʻalla hosilini 4-iyundan 20-iyungacha nest-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish maqsadida 23 ta otryadlar tashkil qilinib, ushbu otryadlarga jami 69 nafar malakali mutaxassislar biriktirilgan. Shundan, 23 nafari otryad rahbarlari, 23 nafar Ichki ishlar boʻlimi, yana 23 nafari esa Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlaridir. 4800 gektar maydondagi gʻallani oʻrib-yigʻib olish ishlariga jami 131 dona texnikalar jalb qilingan.

Seminar davomida soʻzga chiqqanlar hosilni optimal muddatlarda yigʻib olish, texnika va mexanizatorlarning tayyorgarligi, xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilish, shuningdek, gʻallani daladan omborga sifatli yetkazib berish boʻyicha zarur tavsiyalar berdilar, oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.

Shundan soʻng, dala chetidagi zamonaviy kombaynlar harakatga tushirildi. Ilk oʻrim jarayoni koʻrgazmali tarzda tashkil etilib, mehmonlar fermer xoʻjaligidagi texnik salohiyat, ishchi kuchining boshqarilishi va agrotexnik tadbirlarning samarali amalga oshirilishiga bevosita guvoh boʻlishdi.

Yigʻilish ishtirokchilari ushbu tadbirni nafaqat tajriba almashish, balki mehnatga, xalqimizning rizq-roʻziga boʻlgan hurmat, ehtirom ifodasi sifatida ham qabul qilishdi. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy ruhda oʻtgan seminarlar yurtimiz qishloq xoʻjaligida mehnatkash dehqonlar salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni ragʻbatlantirish va milliy qadriyatlarimizni mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026