30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 171

Amudaryo tumanida gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlandi

Amudaryo tumanida gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlandi

Amudaryo tumanida 2025-yilgi gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumi boshlangani munosabati bilan “Taxiatosh don” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli gʻalla qabul qilish maskanida qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida maxsus seminar tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari rahbarlari, agronomlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, bu yilgi gʻalla mavsumi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hosildorlik darajasi va rejalashtirilgan natijalar xususida batafsil toʻxtalib oʻtdi. U oʻz nutqida qishloq xoʻjaligi tarmogʻida samaradorlikni oshirish, gʻalla yetishtiruvchilarga amaliy yordam koʻrsatish va hosilni qisqa muddatlarda, sifatli yigʻib olish muhimligini taʼkidladi.

Aytish joizki, gʻalla xalqimiz dasturxonining toʻkinligi, yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosi hisoblanadi. Shu bois, har bir dehqon bugʻdoy maydoniga urugʻ qadagan lahzadan boshlab, u hosil boʻlib, omborga topshirilguncha barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga intiladi.

Hosildorlik, eng avvalo, yer tanlash va uni toʻgʻri tayyorlashdan boshlanadi. Tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi, namlik darajasi va unumdorligi aniqlanib, unga mos gʻalla navlarini ekish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yerga organik va mineral oʻgʻitlar meʼyorida berilishi, yerni shudgorlash va lazer usulida tekislash agrotexnik jihatdan asosiy bosqichlardandir.

Joriy yilgi mavsumda tumanimizda 270 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 4800 gektar ekin maydoniga gʻalla ekilgan. Fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtiriladigan gʻalla hosilining 11 ming 130 tonnasi kontraktatsiya shartnomasiga asosan qabul maskanlariga topshirilishi koʻzda tutilgan. “Taxiatosh don” AJ gʻalla qabul qilish maskanida birinchi kunda jami 27 tonna don qabul qilingan boʻlib, “Temurbek-Bilolbek” fermer xoʻjaligi dastlabki gʻalla topshirgan xoʻjalik sifatida qayd etildi. Mazkur fermer xoʻjaligi 6 tonna gʻalla hosili topshirib, peshqadamlar qatoridan joy oldi.

Seminarda soʻz olgan soha mutaxassislari gʻalla yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish eng muhim omillardan ekanligini alohida taʼkidladilar. Amudaryolik gʻallakorlar sifatli va sertifikatlangan urugʻ tanlash, urugʻni ekishdan oldin zararkunandalarga qarshi ishlov berish, optimal muddatda ekish, oʻgʻitlash tizimini toʻgʻri rejalashtirish, begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish, sugʻorish va namlikni tejovchi texnologiyalarni qoʻllash borasida mavsum davomida samarali faoliyat olib borganliklari bois bugun dalalarda moʻl hosil toʻplangani eʼtirof etildi.

Bugungi kunda tumanimizdagi koʻplab ilgʻor fermer xoʻjaliklari har gektardan 60-70 tsentner, baʼzilari esa undan ham yuqori koʻrsatkichlarda hosildorlikka erishmoqdalar. Bunga fermerlarning mehnatsevarligi, zamonaviy texnikalardan foydalanish, tajribali agronomlar tavsiyalariga amal qilish va yaratilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlardan samarali foydalanish asos boʻlmoqda.

Seminar davomida gʻalla qabul qilishning texnologik jarayonlari, laboratoriya sinovlari va saqlash shartlari boʻyicha amaliy koʻrgazmalar tashkil etildi. Mutaxassislar hosilni yetkazib berish va qabul qilishda fermerlarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026