BOLALAR ÖRTASIDA VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGIGA QARŞI EMLAŞ IŞLARI OLIB BORILMOQDA
Xalqimiz orasida hayot sinovlaridan ötgan ibratli iboralar juda köp. Ayniqsa, salomatlik borasidagi hikmatli ibora va maqollar ham mazmunan, ham mohiyatan hayotiy isbotini topgan. Xususan, “soğligimiz öz qölimizda”, “soğlikni asraş – kelajakni asraşdir”, “tozalik – mustahkam soğlik garovi” kabi iboralarda jamiyat aʼzolarini har tomonlama soğlom va barkamol rivojlantirişdek ezgu maqsad mujassam.
Uşbu maqsadni mukammal ado etiş, aqlan va jismonan yetuk avlodni voyaga yetkaziş, xalq, ayniqsa, bolalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş esa nafaqat tibbiyot sohasi xodimlarining, balki har bir fuqaroning, ota-onalarning ham zimmasidagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi.
Şu bois, Respublikamiz tibbiyot sohasida yuqumli kasalliklarga qarşi muntazam profilaktik emlaş işlarining amaliyotga tatbiq etilişi va ayniqsa, bolalarni emlaş bilan qamrab oliş körsatkiçlarining yuqoriligi tufayli kasalliklar tarqalişining oldi olinişiga erişilmoqda. Ayniqsa, bolalar örtasida yuqumli kasalliklarning sezilarli darajada kamayişiga hamda şol, böğma, qoqşol kabi kasalliklar yöqolişiga erişildi.
Şunday bölsa-da, sönggi yillarda mamlakatimizda, xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasida ham virusli gepatit “A” kasalligi köplab qayd etilayotganligi kuzatilmoqda. Xalqimiz orasida “sariq kasalligi” deb atalib, odamlarga oğiz orqali yuqadigan va köproq bolalarda uçraydigan virusli gepatitning A turi umumiy gepatitlarning 95-96 foiziga teng bölib, bemorlarning 70-80 foizini 14 yoşgaça bölgan bolalar taşkil qiladi.
Kasallik ayniqsa, maktab öquvçilari, maktabgaça taʼlim muassasalariga qatnovçi va uyuşmagan bolalar orasida qayd etilmoqda. Soğliqni saqlaş, xalq taʼlimi va sanitariya xizmatlari tomonidan doimiy ravişda, joylarga çiqqan holda sanitariya-gigiyenik, epidemiyaga qarşi majmuaviy tadbirlarning ötkazilişiga qaramasdan, kasallik körsatkiçi yuqoriligiça qolmoqda.
Virusli gepatitga qarşi kuraşişning samarali usullaridan biri bu profilaktik emlaş bölib, epidemik körsatmaga köra olib borilganligi uçun uşbu emlaş “Milliy emlaş kalendari”ga hozirça kiritilmagan. Şu sababli bolalarni virusli gepatit “A”ga qarşi emlaş ota-onalar hisobiga oşirilişi közda tutilgan.
Şuni mamnuniyat bilan eʼtirof etiş joizki, sönggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi xalqiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2025-yil 27-yanvarda “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qöllab-quvvatlaş hamda aholi farovonligini taʼminlaş uçun yangi imkoniyatlarni yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 10-sonli Prezident Farmoni qabul qilingan va uşbu Farmonning 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida 8,4 milliard söm mablağ ajratilgan bölib, mazkur mablağning maʼlum qismi bolalar salomatligini muhofaza qilişga yönaltirilişi közda tutilgan.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi aholisi orasida virusli gepatit “A” infektsiyasi bilan kasallaniş holatlarini kamaytiriş maqsadida 6 yoşdagi bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini emlaş uçun davlat byudjeti hisobidan uşbu infektsiyaga qarşi vaktsina olib kelindi.
Amudaryo tumaniga ham 2025-yil 30-may kuni 6 yoşli bolalarni virusli gepatit “A” kasalligiga qarşi emlaş işlarini samarali amalga oşiriş maqsadida 3760 doza, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini emlaş uçun yana 500 doza virusli gepatit “A”ga qarşi vaktsina olib kelinib, tumandagi 14 ta emlaş punktlariga joriy yil 2-iyun sanasida maxsus transport vositasi orqali yetkazib berildi. Hozirgi kunda 2019-yilda tuğilgan bolalarga va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga emlaş işlari muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda.
Heç qanday kasallik öz-özidan paydo bölmaydi. Ayniqsa “iflos qöllar kasalligi” nomini olgan virusli gepatit “A” kasalligini kundalik sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilmaslik, toza bölmagan, turib qolgan suv havzalarida çömiliş, meva va sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qiliş, ayniqsa, yoz oylarida oldingi kundan ortib qolgan ovqatlarni isteʼmol qiliş, “sariq kasalligi” bilan oğrigan bemor bilan muloqotda böliş, bemorning buyumlaridan, ayniqsa, öyinçoqlaridan foydalaniş, kiyimlarini kiyiş, bemordan ortib qolgan ovqatni tamaddi qiliş, bitta örinda uxlaş orqali yuqtirib oliş holatlari juda yuqori.
Şu bois, hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz salomatligiga eʼtiborli böling va albatta, bolangizda kasallikning dastlabki belgilari – qayt qiliş, iştaha böğilişi, çarçoq va uyquçanlik, tana haroratining kötarilişi, peşob rangining qizarişi, najasining oqarişi, xuddi gripp kasalligidagi kabi burun bitib, oqişi, köz oqi va pastki qovoq şilliq pardasi, tirnoq hamda terining sarğayişi kabi alomatlarni sezsangiz, zudlik bilan bemor bolani oiladagi boşqa farzandlaringizdan izolyatsiyalang va albatta, vaqtni ötkazmasdan şifokor körigiga olib boring.
Şuni unutmangki, bugungi bolaning salomatligi – jamiyat farovonligi va salomatligining, mamlakatimiz kelajagining kafolatidir. Zero, soğlom avlod – soğlom kelajak tamoyili har bir fuqaroning, ayniqsa, ota-onalarning zimmasidagi yuksak masʼuliyat bölib, bu masʼuliyatni unutişga aslo haqqimiz yöq!
ROBIYa YÖLDOŞEVA tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶