30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:01
Salomatlik 👁 510

AMUDARYo TUMANIDA RESPUBLIKA FTIZIATRIYa VA PULMONOLOGIYa MARKAZI MUTAXASSISLARI TOMONIDAN SAYYoR TIBBIY KOʻRIK OʻTKAZILDI

AMUDARYo TUMANIDA RESPUBLIKA FTIZIATRIYa VA PULMONOLOGIYa MARKAZI MUTAXASSISLARI TOMONIDAN SAYYoR TIBBIY KOʻRIK OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, aholi oʻrtasida yuqumli kasalliklarga chalinish holatlarining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Bu mamlakatimizda oʻrtacha umr koʻrish davriyligining yil sayin oshib, aholi salomatligining mustahkamlanib borayotganida oʻz ifodasini topmoqda. Albatta, bu borada soha vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlarning ahamiyati katta.

Insonning sogʻlom yashashi uning musaffo havodan toʻyib nafas olishini taʼminlovchi oʻpka salomatligiga bogʻliq. Lekin baʼzan inson oʻzi ham bilmagan holda, yuqumli kasalliklar bilan kasallangan yoki oʻpkasi zararlangan, tuberkulyoz, yaʼni sil kasalligiga chalingan bemor bilan birga yashash, muloqotda boʻlish, bemor foydalangan buyumlardan birgalikda foydalanish, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida oʻzi ham yuqumli kasalliklar tashuvchisiga aylanib qolishi hech gap emas. Shu bois, yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis shifokorlar tomonidan tez-tez aholi orasida sayyor tibbiy koʻriklar va uchrashuvlar tashkil etilib, bunday noxush holatlarning oldini olish boʻyicha manzilli tushuntirish va targʻibot tadbirlari oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “2023-2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori va bu boradagi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli 6-sonli Xitoy oilaviy poliklinikasida Respublika Ftiziatriya va pulmonologiya markazining malakali mutaxassislaridan iborat mobil brigadasi tomonidan sayyor koʻrik tashkil etildi. 16-iyun kuni oʻtkazilgan tibbiy koʻrikdan asosiy maqsad aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, oʻpka salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, oʻpka sili boʻyicha xavfli guruhda hisobda turuvchi, yaʼni ushbu kasallikka chalinish ehtimoli yuqori boʻlgan bemorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdir.

Sayyor koʻrik jarayonida Respublika Ftiziatriya va pulmonologiya markazi yetakchi rentgenologi Anar Minajova, Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi bosh ftiziatri Gulora Abdullayeva, ftiziopediatr Muborak Allamurodova, narkolog-shifokor Bahodir Charshamov, Salomatlik markazi shifokori Tamara Saidovalardan iborat guruh tomonidan sil kasalligi boʻyicha roʻyxatda turuvchi va ushbu kasallikni yuqtirib olishga moyilligi bor boʻlgan, xavfli guruhda hisobda turuvchi fuqarolar salomatligi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, har biri bilan alohida tushuntirish ishlari olib borildi.

Maʼlumki, alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qoʻllash, saqlash, ularning noqonuniy muomalasini cheklash, jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit oʻtkazish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Nizom asosida tartibga solinadi. Sayyor tibbiy koʻrik jarayonida aholiga mazkur Nizom talablari yuzasidan zarur tushuntirishlar va tavsiyalar berildi. Ayniqsa, kuchli taʼsir qiluvchi "Zaleplon", "Pregabalin", "Tropikamid", "Tsiklopentolat" "Gabapentin" vositalarining oʻsib kelayotgan yosh avlod qoʻliga tushib qolishining oldini olish boʻyicha kerakli tavsiyalar taqdim etildi.

Boʻlib oʻtgan sayyor tibbiy koʻrik aholining yuqumli kasalliklar, ayniqsa, sil kasalligidan saqlanish borasidagi, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi vositalarning inson salomatligiga, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod miya faoliyatining zararlanishiga olib keluvchi salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi bilim va tushunchalarini mustahkamlab, tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026