SAYYoR QABUL OʻTKAZILADI
Maʼlumki, 2014-yil 3-dekabrdan kuchga kirgan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishda Davlat organlarining rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi belgilab oʻtilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2015-yil 13-yanvardagi tegishli farmoyishiga asosan tizimdagi korxona, tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullarni tashkil etish yuzasidan topshiriq berilgan.
Shunga asosan Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi, "Oʻzbektelekom” AK Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali va "Oʻzbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpogʻiston filiallari rahbarlarining 2015-yil davomida joylarga chiqqan holda oʻtkaziladigan sayyor qabullar jadvallari tegishli tartibda kelishilgan holda tasdiqlangan.
Sayyor qabullar reja jadvaliga asosan joriy yilning 1-yarmi davomida bir qator shahar va tumanlarda joylarga chiqqan holda sayyor qabullar oʻtkazilib, hududlarda yashovchi yuridik va jismoniy shaxslarning turli mazmundagi bir qator murojaatlari ijobiy hal etildi.
Reja-jadvalga asosan joriy yilning 2-yarim yilligida bir qator tumanlarda, shu jumladan 2015 yil 11-avgust kuni soat 10:00dan – 13:00gacha Amudaryo tumani Gurlan koʻchasi raqamsiz uyda, Amudaryo tumani telekommunikatsiya tarmogʻi binosida sayyor uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu sayyor qabul samarali va keng qamrovda oʻtishini taʼminlash maqsadida fuqarolarga sayyor qabullarda oʻzlarini qiziqtirgan savollar va muammolar bilan qantashishi mumkinligini yana bir bor eslatib oʻtamiz.
Z.Radjapov,
Inspektsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶