30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 2,638

ATROF-MUHIT MUHOFAZASI UMUMMILLIY VA XALQARO AHAMIYaTGA EGA MUHIM MASALA

ATROF-MUHIT MUHOFAZASI UMUMMILLIY VA XALQARO AHAMIYaTGA EGA MUHIM MASALA

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon oʻtgan yillar xalqimiz uchun hayotbaxsh yillar boʻldi deyish mumkin. Negaki ushbu davr mobaynida hayotimizning qay bir sohasiga doir normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmasin, ularning barchasi xalqimiz turmush farovonligini yaxshilash, yurt taraqqiyoti va hamma jabhalardagi yuksalishni nazarda tutgan boʻladi.

Bugungi kunda tabiat insonning boyligi emas, balki uni oʻrab turgan olam, inson esa uning bir boʻlagi ekani yanada oydinlashdi. Odamzodning tabiiy jarayonlarga aralashuvi koʻp hollarda atrof-muhitni oʻnglab boʻlmas oʻzgarishlarga duchor qilmoqda, uning oqibatlarini esa faqat tabiatni muhofaza qilish bilan bartaraf etib boʻlmaydi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan 1972 yildan boshlab 5-iyun "Butunjahon atrof-muhit kuni” deb eʼlon qilingan.

Xalqaro ekologik hamkorlik tamoyillari ilk bor BMTning atrof-muhit muammolariga bagʻishlangan Stokgolm konferentsiyasi deklaratsiyasida umumlashtirildi. Unda global ekologik muammoning mazmun va sabablari haqida soʻz yuritilib, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlikning yoʻnalishlari, zarurati, uning printsiplari bayon etilgan hamda asosiy tamoyil – insonning atrof-muhitda yashash huquqi eʼlon qilingan.

Atrof-muhitni muhofaza qilishdan asosiy maqsad - insoniyatning rivojlanishi bilan musaffo tabiiy sharoitni taʼminlashdan iborat.

BMT tomonidan 1982-yil 28-oktyabrda qabul qilingan Butunjahon tabiat xartiyasida tabiatning roli va unga insonning munosabati tamoyillari haqidagi asosiy qoidalar aks ettirilgan. Unda inson tabiatning bir boʻlagi ekanligi taʼkidlangan.

Dunyoda ikki yuzdan ortiq davlat bor. Ular turli darajadagi iqtisodiy rivojlanishga, turli holatdagi atrof-muhitga, ekologik muammolarni yechish borasida har xil yondashuvlarga ega. Ammo bu davlatlarni bugungi va kelgusi avlod manfaatlari yoʻlida atrof-muhitni musaffo saqlash va tiklash boʻyicha javobgarlik jipslashtirib turadi.

Mamlakatimizda ekologik muammolarni yechish, ayniqsa Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishning qonuniy asoslari shakllandi, barqaror rivojlanish boʻyicha qator strategik hujjatlar qabul qilindi.

Mustaqillik yillari Oʻzbekiston nafaqat mintaqa davlatlarining saʼy-harakatlarini birlashtirish tashabbusi bilan chiqdi, balki ushbu pozitsiyaga toʻla amal qilayotganini ham isbotladi. Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasini tuzish hamda faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga, shuningdek Orol dengizi havzasi dasturini amalga oshirishga salmoqli hissa qoʻshdi.

Bu sohadagi xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarni bajarishning muhim omilidir. Biroq, Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelayotgan koʻplab ekologik muammolar global xarakterga ega boʻlib, faqat bitta davlatning saʼy-harakati bilan yechim topmaydi. Mazkur muammolarni davlatlarning oʻzaro hamkorligi orqaligina samarali va kam xarajatlar bilan hal qilish mumkin. Bu esa hozirgi va kelgusi avlodlar yashashi uchun qulay boʻlgan atrof-muhit sharoitini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Zulxumor BOltabOyeva,

Toʻrtkoʻl tumani FHDYo boʻlimi mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026