01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:34
Jamiyat 👁 4,626

MEHNATLARI ROHATIGA YeTIShGAN NURONIYLAR

MEHNATLARI  ROHATIGA  YeTIShGAN  NURONIYLAR

Hayot haqida turli davrlarning faylasuflari juda koʻp hikmati fikrlar aytishgan. Abdulla Qodiriyning donishmand qahramonlaridan biri esa "Umr - otilgan oʻq emish”, - deydi va bu koʻp keksalarning umrimiz koʻz ochib-yumgunchalik fursatda oʻtdi-ketdi, degan gaplariga hamohangdir. Shunga asosan qaralsa, kechagina palaxmonga kesak joylab, chumchuq qoʻrib, "ishga yarab qolgani” bilan otasini quvontirib, chopqillab yurgan Abdullajon bilan bugungi kunda pir-u badavlat boʻlib umrguzaronlik qilayotgan Abdulla buvaning hayot yoʻliga nazar solib, yuqoridagi fikrlarning tasdigʻini topgandek boʻlamiz. Biroq xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning:

Falak gohi tong, goh shom tutib oʻtgay,

Gohi fol, gohida rom tutib oʻtgay.

Gohi quyosh toʻla limmo-lim kosa,

Goh siniq hiloldan jom tutib oʻtgay, -

deb yozganiday, ana shu oraliqda qancha shodlik onlari-yu, qancha gʻamgin lahzalar kechganini, salkam 90 yillik umrning sakkizdan yetti qismini mehnat qilib oʻtkazgan Abdulla buva bilan hamsuhbat boʻlgan inson bilishi mumkin.

Hozirgi kunda farzandlari, nevara-yu chevaralari davrasida qarilik gashtini surayotgan Abdulla Jumaniyozov 1928-yilda Xitoy ovulida dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi Jumaniyoz Oʻrozimbetov jamoa xoʻjaliklari tashkil qilinayotgan paytda uyidagi butun chorvasi - qoramol va qoʻylarini topshirib, aʼzo boʻlgan, butun umri davomida dehqonchilik bilan shugʻullangan. Bizning qahramonimiz ham 16 yoshidan boshlab jamoa xoʻjaligida mehnat qilib, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilib, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi.

1947-yilda esa Toshkent-Shovot temir yoʻlining Dargʻonota qismida ikki oy davomida ishlab keldi. U yerdagi koʻrgan qiyinchiliklari, ogʻir mehnatlari haqida Abdulla buva: "u yerda oʻtkazgan ikki oy menga ikki yilga tatigulik boʻldi”, deb eslaydi.

Mehnatsevar odam hamma yerda ham kerak. 1947-yilda  shu yerdagi MTS direktori V.V. Stopnik Abdullani mexanizatorlikka oʻtishga taklif qiladi.

Shu davrdagi jamoa xoʻjaligiga raislik qilgan Tojimurod Eshmurodov esa yaxshi ishchini yuborgisi kelmaydi. Oxiri ikki rahbar oʻrtasidagi munozaralardan keyin Abdulla Shoʻroxondagi (hozirgi Toʻrtkoʻl) mexanizatorlar tayyorlash kursida oʻqib qaytadi. Ustozlari Xudoyor Oʻrozimbetov, Amat Tojimurodovlarning koʻmagida texnika ilmini puxta egallaydi. U paytlari Amudaryo quyi oqimida joylashgan Qiziljar hududida tumandagi hamma xoʻjaliklarning chorva mollari boqilib, texnika vositalari va ishchi kuchlari vaxta tarzida yuborib turilardi. Traktorchi Abdulla u yoqda ham mehnatsevarligi bilan ogʻizga tushdi. 

Abdulla Jumaniyozov to nafaqaga chiqqunicha jamoa xoʻjaligida sidqidildan mehnat qildi. Oʻxshatmasdan uchratmas deganlaridek, uning turmush oʻrtogʻi Obodon Nurimbetova ham ishchan va mehnatsevar chiqdi - ham paxta dalasida, ham pilla qurti boqishda hamisha belgilangan rejalarini oshirib bajarib keldi. Ahil turmush kechirib, besh oʻgʻil, besh qizni oq yuvib, oq tarab, voyaga yetkazishdi. "Qush uyasida koʻrganini qiladi”, deganlaridek, oʻgʻil-qizlarining hammasi havas qilarli oilalar boshliqlari-yu uy bekalari boʻlib ketishgan, isteʼdodli shoir Farhod Avezovning:

Ishim bitsin desang borgan joyingda,

Rizqim hozir boʻlsin desang poyingda,

Nasibang oqadi oqar soyingda

Otang duosini olib yur, bolam, - degan satrlaridagi hikmatomuz fikrlariga mos ravishda, el-yurt xizmatiga yaraganlari uchun otalarining koʻnglini shod qilib yurishibdi.

Hamisha jamiyatga ham, oilaga ham manfaatli mehnat bilan shugʻullanib kelgan Abdulla buva hozir ham tinch oʻtirgani yoʻq. Bu haqda hamqishlogʻi, 1961-yildan uchastka agronomi, bosh agronom, 1986-yildan 1998-yilgacha jamoa xoʻjaligi kasaba uyushmasi raisi boʻlib ishlagan Tilovboy Tojimov shunday deydi:

- Abdulla buva faqat texnikaning tilini tushunadigan mexanizator emas, balki mohir bogʻbon hamdir. Avval shirin anorlari bilan mashhur bogʻi bor edi, mana hozir ham yangidan olma nihollari oʻtqazib, bogʻ yaratmoqda.

Abdulla buvamiz hali bardam, yuz-u koʻzidan gʻayrat yogʻilib turibdi. Bunda albatta, birga roʻzgʻor quvonch-u tashvishlarini baham koʻrib kelayotgan umr yoʻldoshi Obodon momomizning xizmatlari beqiyos.

Ozod va obod yurtimizning tinchlik, omonlikda otayotgan har bir tongiga, yaratuvchilik ishlari bilan oʻtayotgan har bir kuniga, Ollohimizning marhamatiga behisob shukurlar aytib yashayotgan Abdulla buva, Obodon momolarga farzandlari, el-yurtimiz oldida yana uzoq hamda sermazmun umr kechirishlarini tilab qolamiz.

Ahmad NAFASOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026