28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:58
Iqtisodiyot 👁 5,177

MILLIY QONUNChILIKDAGI YaNGILIKLAR inson manfaatlariga xizmat qiladi

MILLIY QONUNChILIKDAGI YaNGILIKLAR inson manfaatlariga xizmat qiladi

1990 yillarda davlatimiz ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan tang ahvolga kelib qolgan edi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab muhtaram Yurtboshimiz I.A.Karimov rahbarligida davlatimizning ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini yaxshilash boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirila boshlandi. Eng avvalo, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy tang vaziyatdan chiqish, xalqning yashash sharoitlarini yaxshilashga katta eʼtibor qaratildi.

Aholi salomatligini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirila boshladi. Bu sohadagi chora-tadbirlar 1992-yil 3-iyul kungi "Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida olib borildi. Natijada aholi orasida bir qator yuqumli kasalliklar kamayishiga, baʼzilarining batamom tugatilishiga, aholining oʻrtacha umr koʻrish davri uzayishiga erishildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning rivojlanayotgani, shuningdek, atrof-muhitning oʻzgarayotgani aholi salomatligi xavfsizligini taʼminlash, sanitariya-epidemiologik barqarorlikka erishishning huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishni talab qilmoqda.

Shu munosabat bilan mamlakatimizda aholining munosib va sogʻlom hayot kechirishini taʼminlash, ijtimoiy barqaror muhitni saqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda. Salomatlikni mustahkamlash, tibbiy xizmatni yuqori sifat bosqichiga olib chiqish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, sogʻlikni saqlash tizimi isloh qilinishi natijasida fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi bilan bogʻliq asosiy Qonunimizdagi konstitutsiyaviy huquqlari toʻla roʻyobga chiqarilmoqda.

Joriy yilning 27-avgustida eʼlon qilingan "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan mazkur meʼyoriy hujjatning qabul qilinishi bilan 1992-yildagi  "Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun oʻz kuchini yoʻqotdi. Konstitutsiyaviy meʼyorlarga tayangan holda ishlab chiqilgan yangi Qonun zamirida har bir insonning osoyishta turmushini kafolatlash, jamiyatda sogʻlom hayotni qaror toptirish maqsadlari mujassamdir.

Mazkur Qonunda yuqumli va virusli kasalliklarning oldini olish boʻyicha sanitariya-epidemiologiya tizimini tubdan yaxshilashga alohida eʼtibor berilgan.

Davlat sanitariya-nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligining Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Eʼtiborlisi, Qonunda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar vakolatlari, huquq va majburiyatlari aniq koʻrsatilgan boʻlib, aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning, fuqarolarning, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari huquqiy jihatdan mustahkamlangan.

Yangi tahrirdagi Qonunning eski Qonundan asosiy farqlari:

- birinchidan, Qonunga "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi yangi nom berildi;

- ikkinchidan, sanitariya-epidemiologiya sohasidagi masalalar faqatgina davlat organlari tomonidan nazorat tartibida amalga oshirish yoʻli bilan emas, balki bu organlarning qonun bilan belgilangan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari tartibga solingan, shuningdek, Qonunda fuqarolarning, tadbirkorlik subʼektlarining, jamoat tashkilotlarining, oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining faol ishtirokini taʼminlashning huquqiy poydevori belgilangan;

- uchinchidan, Qonunda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash sohasidagi asosiy tushunchalarga keng taʼrif berilgan;

- toʻrtinchidan, Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi hududini sanitariya jihatdan muhofaza qilish, profilaktik emlashlar oʻtkazish, dezinfektsiya tadbirlari, majburiy tibbiy koʻriklar hamda fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalashga qaratilgan alohida yangi bob kiritildi.

Bugungi kunda aholining osoyishtaligini taʼminlash borasida yuqumli kasalliklarga qarshi milliy emlash jadvali asosida profilaktik emlash ishlari oʻtkazilayotgani uchun bolalar orasida chin chechak, difteriya, koʻk yoʻtal, qoqshol, shol, qizamiq, qizilcha kasalliklari roʻyxatga olinmadi. Virusli gepatit "V” kasalligiga qarshi profilaktik emlash 2001 yildan kiritilishi natijasida 14 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida kasallikning tubdan kamayishiga erishildi.

Xulosa qilib aytganda, Qonun aholining osoyishta turmush kechirishi uchun huquqiy jihatdan poydevor boʻlib xizmat qiladi.

 

A.BAXTIYoROV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi boʻlim katta prokurori.

(Foto - http://samdsenm.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026