01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 05:58
Jamiyat 👁 3,579

“ASKAR ONASI BOʻLISh – BAXT”, – deydi toʻlqinlik Bibisora Qoʻchqorova

“ASKAR ONASI BOʻLISh – BAXT”, – deydi toʻlqinlik Bibisora Qoʻchqorova

Farzandlarining odobli, mehrli, yurt koriga kamarbasta boʻlib ulgʻayishini istamaydigan ota-ona bormi? Ularning yaratgandan soʻraydigan eng oliy tilagi ham farzandlariga uzoq umr, baxt-iqboldir. Farzand kamoli, baxti, ota-onaning eng ulugʻ martabasi-saodatidir.

"Toʻlqin” ovulida istiqomat qiluvchi Bibisora opa Qoʻchqorova ana shunday qutlugʻ kunlarga yetishgan tabarruk onaxonlarning biri.

U 1950-yilda shu ovulda tugʻildi. Oʻrta maktabni  tugatib, Toshkentdagi qishloq xoʻjaligi institutini pillachilik agronomi mutaxassisligi boʻyicha tugatdi va 45-yildan beri shu sohada samarali mehnat qilib kelmoqda.

Bibisora opa ovuldoshi Bozorboy Erdoshev bilan turmush qurib, bir qiz, besh oʻgʻilni munosib farzandlar qilib voyaga yetkazishdi. Qizi Manzura onasi  izdoshi, Ilhom Erdoshev maktabni tugatib, Samarqanddagi oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtini tugatib, dastlab shu yerda ishlab qoldi, keyinchalik Nukusda faoliyatini davom ettirdi. Hozirgi kunda Jizzaxda, podpolkovnik darajasiga yetdi. Keyingi oʻgʻil ham muddatli  harbiy xizmatini oʻtaganidan soʻng, shartnoma asosida shu sohada ishlab qoldi, serjant. Oʻtgan  yili harbiy xizmat vazifasini ado etishdagi fidoyiligi, matonati uchun "Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. Ikromjon fermer xoʻjaligi ishchisi, Qurbonboy ham Ilhom akasi oʻqigan oliy harbiy bilim yurtini muvaffaqiyatli tugatib, shu sohada xizmat qilayapti, podpolkovnik. Kenjatoy oʻgʻil Bahodir ona kasbini tanladi, pillachilik agronomi.

Afsuski bunday kunlarni koʻrish oila sardori Bozorboy akaga nasib etmadi. Otasi vafot etganida Ilhom oliy harbiy bilim yurtini tugatib, oʻz sevgan sohasida endigina xizmatini boshlagan kunlar edi.

Ilhom xizmat vazifasini aʼlo darajada oʻtash bilan bir qatorda onasiga suyanchiq boʻldi, ukalarining ham hayotda oʻz oʻrinlarini topishiga yoʻl-yoʻriq koʻrsatdi.

Bibisora Qoʻchqorova hozir besh kelinning qaynonasi. Halol va fidoyi mehnatlari evaziga 1999-yilda "Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

- Otasi bilan farzandlarimizning yurtimizga halol  va sodiq xizmat qilib, bugungiday kunlarga yetishishini orzu qilganmiz. Xudoga shukr, niyatlarimiz ushaldi, farzandlarimning kamolidan kuch-quvvat olib, 66 yoshimda hamon men ham safdaman, oʻz sohamda  ishlayapman, - deydi Bibisora opa shukronalik bilan.

– Askar onasi, bir-yoʻla uch askarning onasi boʻlish – ulkan baxt. Bu baxtni u har bir soniyada – osuda otgan tonglarda, yurtimizning betashvish, emin-erkin kunlarida his qilib yashaydi. Farzandlarining onam, deb evrilib turishlari, ardoqlashlari, el-yurtimizning uch askarlar onasi, deya sharaflashlaridan kuch-quvvat oladi.

Onaxon erishgan bu martaba har bir inson havas qilgulik.

Yurtimizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanayotgan ushbu farahli kunda Bibisora opani bayram bilan qizgʻin qutlab, doimo sogʻ-salomat boʻling, deymiz.

Oygul RAJABOVA.

Suratda: Bibisora Qoʻchqorova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026