HURMAT-EʼZOZDAGI NURONIY
Bizning "Oʻzbekiston” mahallamizda koʻpni koʻrgan, oʻzlarining pand-nasihatlari bilan yoshlarga hayotiy saboq berayotgan, odamlar orasida oʻzaro mehr-oqibat, doʻst-birodarlik barqaror boʻlishiga munosib hissa qoʻshayotgan nuroniy keksalar koʻp. 1928-yilda tavallud topgan Oyjon momo Nurjonova shularning biridir.
Oyjon momo oʻzining yoshlik davrlari haqida gapirsalar, xuddi ertak tinglayotganday boʻlasiz. Chunki, oʻsha vaqtlarda turmush ogʻir, dehqonchilikdagi hamma ishlar qoʻlda bajarilgan. Momo ham koʻpchilik qatori yerlarni paxta ekishga tayyorlashdan tortib, to hosilini yigʻishtirib olishgacha boʻlgan barcha ishlarda, hatto qoʻlda kanal qazishda ham qatnashgan. Keyinchalik mahalla hududidagi maktabda farrosh boʻlib ishlaganlar.
Oyjon momo Nurjonova turmush oʻrtogʻi Oʻrozimbat Nurjonov bilan ahil yashab, olti nafar farzandni odobli, ilmli, kasb-hunarli qilib voyaga yetkazishgan. Ular otasi vafotidan soʻng, onasiga suyanib qolishgan, farzandlari momoni juda ham eʼzozlashadi, koʻngliga qarab, maslahati bilan ish tutishadi. HozirOyjon momo 23 nafar nevaraning, 21 nafar chevaraningva mahalladoshlarining ardogʻida, eʼzozida. Mahallamizda yosh oilalarningtinch-totuvligiga, aholining tinch-osoyishtayashashigamunosibxissa qoʻshib kelayotgan Oyjonmomo Nurjonovaga yana hamuzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.
Maftuna KENJABOYeVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶